Power pointda grafik obyektlarni ajratgan holatda yoki matnlar bilan birgalikda effektlar o'rnatish




Download 345,85 Kb.
bet84/99
Sana16.11.2023
Hajmi345,85 Kb.
#99940
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiya-fayllar.org

47.Power pointda grafik obyektlarni ajratgan holatda yoki matnlar bilan birgalikda effektlar o'rnatish

Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri – bu Microsoft Office ilovasidagi Power Point dasturi. Ushbu dastur grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi.Prezentatsiyalarni tayyorlash natijasida:qatnashuvchilarga tarqatish uchun chop qilingan hujjat;kadoskopda foydalanish uchun kalkalar;slaydoskoplarda foydalanish uchun 35 millimetrli slaydlar;cho‘ntak daftarchasi;elektron prezentatsiyalarni olish mumkin.Microsoft Power Point dasturi 1987 - yilda chiqilgan bo‘lsa ham,prezentatsion grafik ishlarida yetakchi o‘rin tutadi. Bu dasturning keyingi versiyalarida esa shu dasturga yangi qo‘shimcha fikrlar va prezentatsiyalarni qo‘llashning yangi usullari ishlab chiqildi. Microsoft Power Point dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi xoh u yangi ish boshlovchi bo`lsin, xoh tajribali bo‘lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.Microsoft Power Point taqdimotlarni tayyorlash va hosil qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yaratilgan taqdimotlarda oddiy animatsiyalar hosil qilish mumkin.Ma’ruza, biznes reja va hokazolar taqdimoti bo‘lib, har bir taqdimot bir necha slayddan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.Microsoft Power Point universal, imkoniyatlari keng, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kirib, matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.Power Point dasturi Microsoft firmasining prezentatsiyalar (taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish, ba’zi joylarda esa undan ma’lumotlar bazasi sifatida foydalanish mumkin. Ayrim hollarda bu dasturda multimedia vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalari ham bajariladi. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu slayd va prezentatsiya tushunchalaridir.Prezentatsiya (taqdimot) – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Masalan: Prezentatsiya - Power Point dasturi ochilganda, sarlavhalar qatorida paydo bo‘lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik o‘z xohishingizga ko‘ra almashtirishingiz mumkin.Slayd ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlaridir. Unda biror maqsadda yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko‘rgazma kompyuter ekranida, videomanitorda, katta ekranda namoyish qilinadi. Ko‘rgazmani tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini loyixalash va jihozlar demakdir.Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko‘p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog‘liq ekanligini ham unutmaslik lozim.Power Point dasturini ishga tushurish uchun “Pusk”  “Vse programmi”  «Microsoft Office»  “Microsoft Office Power Point” va natijada Power Point dasturi yuklanadi.Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, Power Point dasturining interfeysi ham MS Word dasturi bilan deyarli bir xil. Faqat ishchi varag‘i slaydlar yaratish uchun moslangan. Power Point dasturining standart uskunalar panelidagi uskunalarining barchasi MS Word dasturining standart uskunalar panelidagi kabi bir xil bo‘lib, bir xil amalni bajaradi. Formatlash uskunalar panelida esa MS Word dasturida yo‘q bo‘lgan ba’zi bir uskunalar joylashgan. Quyida ana shu uskunalar va ularning bajaradigan amali to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.Belgilangan sohada so‘zlarning o‘lchamini kattalashtirish.Belgilangan sohadagi so‘zlarning o‘lchamini kichiklashtirish.Slaydlar quruvchisi.Slayd yaratish.Power Point dasturida yangi taqdimot yaratish uchun fayl menyusiga kiramiz va u yerdan buyrug‘ini yoki standart uskunalar panelidagi uskunani sichqonchaning chap tugmachasi yordamida tanlaymiz yoki bo‘lmasa klaviaturadagi [Ctrl+N] tugmalari kombinatsiyasidan foydalanamiz


Download 345,85 Kb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   99




Download 345,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Power pointda grafik obyektlarni ajratgan holatda yoki matnlar bilan birgalikda effektlar o'rnatish

Download 345,85 Kb.