Iqtisodiyotda axborot-komunikatsion texnologiyalar va tizimlar




Download 1.97 Mb.
Sana09.12.2022
Hajmi1.97 Mb.
#33888
Bog'liq
IQTISODIYOTDA AXBOROT Mustaqil ish
65 MMIBDO\' XISOBOTI..., Trening, nauka i praktika 03 2020 khairova, Raqobat muhiti va strategigk kuchlarini tahlil etish ZDS COMP FDU, Ismoilov Sanjar Menejment. Marketing., Algoritmni loyihalashdan 1- topshiriq, 1-mavzu










Автор: Ваше имя







“IQTISODIYOTDA AXBOROT-KOMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR” fanidan

Mustaqil Ishi

Bajardi: Xolboyev Husniddin


Tekshirdi: Gaybullayeva M. O



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI

Mavzu: Iqtisodiy axborotlarni matn redaktori vositalaridan foydalangan holda qayta ishlash dasturlari.


Reja:


  1. Iqtisodiy axborot tushunchasi.

2. Iqtisodiy axborotlarni foydalanuvchiga yetkizishda Word matn muharriridan foydalanish.
3. Word matn muharriridan foydalangan holda grafikli va diagrammali ma’lumotlar yaratish.
«Axborot» so‘zi lotincha «Information» so‘zidan olingan bo‘lib, kutilayotgan yoki bo‘lib o‘tgan voqea, hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘plamini bildiradi. Hozirgi kunda barcha axborotlami shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Texnik axborot.
2. Agrobiologik axborot.
3. Siyosiy axborot.
4. Huquqiy axborot.
5. Iqtisodiy axborot.
6. Ommaviy axborot va h.k.
Axborotning turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, axborot umumiy axborot hajmining 80% ni tashkil qiladi. Iqtisodiy axborotning ta’rifi va o‘lchov birliklari. Iqtisodiy axborot deb, xalq xo‘jaligi tarmoqlarining iqtisodiy va moliyaviy faoliyatlarini ifodalovchi ma’lumotlar to‘plamiga aytiladi. Iqtisodiy axborotni o‘lchashda turli xil birliklardan foydalanish mumkin. Masalan: axborotlami yig‘ish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt, kilobayt (Kb), megabayt (Mb), gigabayt (Gb) o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar sig‘imini o‘lchash uchun terabayt (Tb) va petabayt (Pb), eksabayt (Eb) va h.k. o‘lchovlar mavjud:
- 1 Kb =1024 bayt,
- 1 Mb =1024 Kbayt,
- 1 Gb =1024 Mbayt,
- 1 Tb =1024 Gbayt.
Qayd qilish jarayoniga ko‘ra axborotning olchov birligi sifatida belgi, so‘z, jumla, abzas va boshqa birliklardan foydalanish mumkin. Axborotni uzatish va qabul qilishda BODO kattaligidan foydalaniladi. 1 Bodo 1 simvolga teng. Axborot resurslari — alohida hujjat va hujjatlar to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlar)dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plami. Iqtisodiy axborotning tuzilishi va turkumlanishi. Iqtisodiy axborot tuzilish nuqtayi nazaridan ikkiga bo‘linadi:
1. Jismoniy tuzilish.
2. Mantiqiy tuzilish.
Jismoniy tuzilish iqtisodiy axborotni turli xil tashuvchilarida joylashishini ifodalaydi. Mantiqiy tuzilish esa axborot bolaklari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini ifodalaydi. Iqtisodiy axborotlar asosan jadval redaktorlarida qayta ishlanadi va xisobotlar olinadi. Bunga misol tariqasida Excel, 1C Buxgalteriya, KPI Web dasturlarini misol qilib olishimiz mumkin. Ammo bugun biz bu ma’lumotlarni vizual tarzda foydalanuvchiga yetkizish uchun Word matn muharriridan foydalanib grafikli, diagrammali qilib yetkazishni ko'rib chiqamiz.

Yuqorida ko’rganingizdek bu iqtisodiy ma’lumotlar diagrammalar yordamida foydalanuvchiga chiroyli, qiziqarli va foydali qilib yetkizib berilyabdi. Biz ham biror bir ma’lumotni sizga shu usullar yordamida yetkizib berishga harakat qilamiz.
Iqtisodiy axborotlarni foydalanuvchiga Jadval, Matn redaktori dasturlari orqali yetkizish mumkin. Biz bugun matn redaktorini ko’rib chiqamiz yani Word office dasturini. Biror hozirgi kundagi Iqtisodiy ma’lumotlarni olamiz va uni qayta ishlashni boshlaymiz.
Misol uchun:

  1. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 8 oy mobaynida o'zbekiston asal eksport qilgan davlatlar:

AQSH - 11,2 tonna Koreya - 10 tonna BAA - 3,1 tonna Quvayt - 2 tonna




Shunga o’xshash ma’lumot yaratish uchun nima qilamiz?
1 Kompyuterimizga kerakli png yoki jpeg formatdagi asal rasmini saqlab olamiz.




2 Keyin Вставка bo’limidan kerakli figuralarni tanlab ularni ichiga ma’lumotlarni kiritamiz.
3 Ma’lumotlarni kiritib bo’lganimizdan keyin
Kompyuterimizga saqlab olgan
asal rasmini yuklab olamiz.




4 Rasmni yuklab olish uchun Вставка bolimidan Рисунки bo’limidan foydalanamiz.


Rasmni joylashtirganimizdan keyin bizda ma’lumot tayyor bo’ladi. Va bizda keyingi sahifada ishimiz tayyor bo’ldi. Bu axborotni Matn muharriridan foydalanib boshqacharoq shaklda foydalanuvchiga yetkizib berishga misol bo’la oladi. Endi biz keyingi misollarimizni ko’rib chiqamiz.



Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, o'tgan 8 oy mobaynida o'zbekiston asal eksport qilgan davlatlar:





AQSH – 11,2 tonna



Koreya – 10 tonna



BAA – 3,1 tonna



Quvayt – 2 tonna

Word matn muharririda asosan matnlar yozish Iqtisodiy ma’lumotlarni foydalanuvchiga matn shaklida yetkizib berish uchun qulay. Va rasmlar yuklash har xil tayyor shakllar, 3d tayyor modellar, diagrammalar ham yuklash mumkin. Dasturda jadval ham yuklash mumkin. Ammo jadval ko’rinishidagi ma’lumotlar bilan ishlashga asosan Excel dasturi juda qulay. Keling biz birma bir Word dasturining qulayliklari bilan tanishishni boshlasak.




Biz huddi shu yuqoridagi ma’lumotni tayyor shakllarga, diagrammlarga qo’yib ko’ramiz. Buning uchun Word dasturidan Вставка bo’limdan Smart ART ni tanlaymiz





Bu yerda bizga juda ko’p tayyor shakllar berilgan o’zimizga va ma’lumotimizga maqul keladigan birorta shaklni tanlab ishimizni davom ettiramiz.

Va huddi shunga o’xshash chiroyli shakl paydo bo’ladi buning uchun shaklni tanlab ma’lumotlarimizni kiritish kifoya qiladi. Endi bu ma’lumotlarni mashhur bo’lib ulgurgan aylana diagrammaga qo’yishni o’rganamiz. Buning uchun yana Вставка bo’limidan diagramma ni tanlaymiz.
Va bizga ma’lumotlarni to’ldirish uchun Excelda muloqot oynasi ochiladi biz u yerga ma’lumotlarimizni kiritamiz.

Ko’rib turganingizdek bizda chiroyli foydalanuvchiga yoqimli diagrammali ma’lumot paydo bo’ldi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda Word matn muharriridan juda ko’p maqsadlarda foydalansa bo’ladi. Nafaqat matn terish, jadvallar shakllantirish, rasmlar yuklash, juda ko’p shriftlardan foydalanish mumkin. Bir so’z bilan aytganda bu zamonaviy dasturdan mukammal foydalanish uchun bugundan boshlab bu dasturni, nafaqat bu dasturni Excel Power point dasturlarini ham mukammal o’rganishni boshlashimiz kerak. Zero barcha zamonaviy kasblar shuni taqazo qilmoqda. Kelajakda qaysi kasbni tanlashimizdan qatiiy nazar bu kasb kompyutersiz axborot texnologiyalarisiz bo’lmasligi aniq. Shunday ekan aslida uncha murakkab bo’lmagan bu dasturlarni o’rganishni barchaga tavsiya etaman. Hozirgi zamonda ma’lumot juda ko’pchilikda bor, ammo bu ma’lumotni foydalanuvchiga tez sifatli va mukammal qilib yetkizish juda muhim bo’lib turgan bu global zamonda bu dasturlarni bilmasdan turib biror natijaga erishish shunchaki imkonsiz deb o’ylayman. Siz har kungi yangiliklarni Telegram dan Daryo yoki Kun uz kanallaridan ko’rib borasiz. Siz nimaga gazeta yoki televizorni kuzatmaysiz chunki bu qulay oson va tez amalga oshyabdi. Siz televizorda yangiliklarni keyingi sonini kutib o’tirguncha bu sayt muhbirlari tezda uni kanalga yuklab borishyabdi. Bular o’rtasida ham kuzatuvchi uchun kurash kechmoqda yani siz yo Daryo uz ni yoki Kun uz tanlaysiz. Chunki siz o’zingiz ko’rmoqchi bo’layotgan vizuallikni shu saytdan bittasida topasiz va shuning azosi bo’lasiz. Shu sababli bu saytlar har bitta yangilikni aniq sifatli va chiroyli qilib video va fotosuratlari bilan yuklash uchun qanchadan qancha muhbirlar va ishchilar mehnat qilmoqda. Bularning bari shu zamonaviy dasturlarda amalga oshiriladi. Biz shunchaki tayyor holini ko’ramiz va u bizga yoqadi. Qisqa qilib aytganda zamon bilan hamnafas bo’lish uchun bu dasturlarni o’rganib qo’yish zarar qilmaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. https://uz.wikipedia.org/

  2. https://elib.buxdu.uz/

  3. https://fayllar.org/axborot-haqida-tushuncha-uning-turlari-xususiyatlari.html

  4. https://www.stat.uz/uz



Download 1.97 Mb.




Download 1.97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda axborot-komunikatsion texnologiyalar va tizimlar

Download 1.97 Mb.