Iqtisodiyotda matematik modellardan foydalanishga doir masalalar




Download 77.97 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2024
Hajmi77.97 Kb.
#133153
  1   2   3
Bog'liq
IQTISODIYOTDA MATEMATIK MODELLARDAN FOYDALANISHGA DOIR MASALALAR
4-маъруза ХФХ, YERNING TORTISHISH KUCHI, Amonashvili Shalva Aleksandrovichning shaxsiy-insonparvarlik yon-fayllar.org, УХОД ЗА БОЛЬНИМИ С ПИЩЕВАРЕНИЯ, Пирназарова Насиба Баймановна, TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI, TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI.KARATEODORI PRINSIPI VA KARNO SIKLI.

IQTISODIYOTDA MATEMATIK MODELLARDAN FOYDALANISHGA DOIR MASALALAR
Mundarija


KIRISH
I-BOB. Kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llashning ahamiyati.
1.1. Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchasi, mazmuni va ahamiyati.
1.2.Iqtisodiy tahlilda qo’llaniladigan matematik usullar va ularga qo’yiladigan talablar.
XULOSA.
FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR RO’XATI.

KIRISH
O’zbekiston respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ Talim to’g’risida”gi qonunning qoidalariga asoslangan bo’lib, unda uzluksiz ta’lim tizimini barpo etishning yangi bosqichlarini, yangi o’quv darsliklarini yaratish, zamonaviy didaktik, uslubiy ta’minotni ishlab chiqishini va ularni talim jarayonida qo’llash tamoyillarini belgilab berdi.


Talimda qo’yilgan talablardan biri bu o’qitishda yangi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdir. Ayniqsa fizika fanida ma’ruza labaratoriya mashgulotlarini tashkil qilib, diafilm, kinofilm va boshqalar bilan bir qatorda kompyuter dasturlaridan juda unumli foydalanish mumkin.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga tadbiq etish, iqtisodiy samara berishi bilan bir qatorda, o’quv jarayonida yangi o’qitish uslublarini qo’llashga keng imkoniyatlar ochadi. Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llash, asosan, shaxsiy kompyuterlar va axborot texnologiyalarining pedagogik-dasturiy vositalari yaratilishi bilan bog’liq.
Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida o’quv-materiallarini obrazli ko’rinishda ifodalashdek muhim imkoniyat mavjud. Ma’lumotlarni matn sifatida emas, balki obrazlar vositasida taqdim etish axborot texnologiyalarining ta’lim tizimida o’ziga xos inqilobiy jarayon ekanligidan dalolat beradi. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish o’qitishga va fikrlashga keskin ravishda ta’sir etishi mumkin. Buning sababi, obrazlar ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallari matn ko’rinishidagiga nisbatan inson tomonidan oson o’zlashtirilishi (chunki bilimlarning 65-70 foizi ko’rish orqali olinadi) va unga ijobiy ta’sir etishidir. Obrazlar ko’rinishida ma’lumotlarni taqdim etish matn ko’rinishidagiga nisbatan prinsipial jihatdan farq qilib, insonning fikrlashi uchun juda muhim vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Buning isboti sifatida o’tmishdagi mashhur donishmand allomalar Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va A.Eynshteynlarning obrazlar ko’rinishida fikr-mulohaza yuritganliklarini ko’rsatish mumkin. Dars jarayonini obrazlar asosida tashkil etish, bir tomondan, o’quvchilar diqqatini maksimal darajada jalb qilishga olib kelsa, ikkinchi tomondan, matn ko’rinishida berilayotgan o’quv materiallaridan tubdan farq qiladi. Bu esa axborot texnologiyalari asosida o’quv jarayonini yangi o’qitish metodikasi asosida tashkil qilish bugungi kunda dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
Ta’lim tizimiga axborot texnologiyalarini tadbiq etish sohasida yaratilayotgan dasturiy vositalarni tahlil qilganda shu narsaning guvohi bo’lamizki, ma’lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish bir qator tadqiqotlarda nazarda tutilgan. Shuning bilan bir qatorda, kompyuterda o’quv dasturi yaratayotgan ko’pgina mualliflar bir-birlariga bog’liq bo’lmagan holda, o’quv-ilmiy materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etishning o’ziga xos metodlarini yaratmoqdalar.
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an’anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. Ehtimol bunday o’qitish an’anaviy metodikaga nisbatan ma’lumotlarni inson aqliy rivojlanishining yangi shahobchasiga mos keladigan obrazli ko’rinishda taqdim etishi, muloqot tillari bilan bog’liq muammolarni yechishga va jahondagi kommunikativ jarayonlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish metodikasi yordamida o’quvchilar bilim olish jarayonining hamma tarkibiy qismlariga u yoki bu tarzda ta’sir etish mumkin. Ayniqsa, bu o’rinda o’quvchilarni o’quv materiallarini qabul qilish, ma’nosini anglash, esda qoldirish, ularni takrorlash kabi jihatlarini ko’rsatishi mumkin. Bundan tashqari, bu uslub o’quvchilarning o’qishga nisbatan emosional yondashishini rivojlantiradi va ularni ko’p vaqt sarf qilmasdan o’quv materiallarini o’zlashtirishiga erishishni ta’minlaydi. Bu sifatlarni ana’naviy o’qitish va yangi metodika bilan taqqoslab ko’ramiz.
Ana’naviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati deyarli mavjud emas. Bunday ko’rinishda berilayotgan o’quv materiallarini o’quvchi tomonidan o’zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu sababli ularni esda qoldirish va o’zlashtirish juda sust bo’ladi.
Yangi o’qitish metodikasida o’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o’qitish metodikasida o’quv materiallari matn va formula ko’rinishi bilan bir qatorda, obrazlar ko’rinishida ham taqdim etiladi. Bu ma’noda axborot texnologiyalari asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarni rivojlantiradi. O’quv materiallarini obrazlar ko’rinishida taqdim etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko’rinishida yaratish yuqorida qo’yilgan masalalarni ijobiy xal etishga olib keladi.
Hisoblash texnikasining rivoji sonli tajriba va imitatsion modellashtirish kabi yangi tipdagi izlanish yo’llarini o’chib berdi. Algoritmlarni yozish va ularni qaysidir algaritmik tilga o’tqazib qo’llash matematika, fizika, ximiya kabi fanlarga o’qitishda modellashtirish dasturlarini ko’paytirishga imkon yaratdi. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib matematika kursining barch bo’limlarida ma’ruza, labaratoriya mashg’ulotlarini kompyuterda tashkil qilish talim to’g’risidagi qonunga qo’yilgan talablardan biridir.

Download 77.97 Kb.
  1   2   3




Download 77.97 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotda matematik modellardan foydalanishga doir masalalar

Download 77.97 Kb.