Tayyorladi: xta. 20/3-guruh talabasi Najimova Aziza




Download 1,59 Mb.
Sana25.01.2024
Hajmi1,59 Mb.
#145230
Bog'liq
Tibbiy


Mavzu: Shikastlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish
Fan:Hayot faoliyati xavfsizligi
Tayyorladi: XTA. 20/3-guruh talabasi Najimova Aziza
Mavzu: Shikastlangan kishilarga dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish
Fan: Hayot faoliyat xavfsizligi
Tayyorladi: XTA. 20/3-guruh talabasi Najimova Aziza
Reja:
1.Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida umumiy malumotlar
2.Hushdan ketganda va zaharlanganda birinchi tibbiy yordam
3.Suyak singanda va qon ketganda birinchi tibbiy yordam haqida malumot
Birinchi yordam — baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini asrab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; shifokor yetib kelguncha yoki ularni shifoxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam oʻz-oʻziga yoki boshqalar tomonidan (oʻzaro) koʻrsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini oʻzi bogʻlay olsa, zaharlanish alomati boʻlganida, mast, koʻp suyuqlik ichib meʼdani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, oʻz-oʻziga Birinchi yordam koʻrsatishi mumkin.
Keyingi koʻrsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik toʻgʻri koʻrsatilganligiga bogʻliq. Mast, suyak ochiq singanda bogʻlov va shina (taxtakach)ning tez va toʻgʻri qoʻyilishi (qarang Immobilizatsiya), koʻpincha shok va boshqa ogʻir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi.
Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini oʻz ichiga oladi: 1) tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan ogʻir narsa va boshqalar) taʼsirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, oʻt tushgan joydan olib chiqish va boshqalar); 2) shikastlanish tarziga qarab Birinchi yordam koʻrsatish (bular haqida q. Suyak chiqishi, Suyak sinishi, Zaharlanish, Hushdan ketish, Jarohatlanish, Kuyish va b.); 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam toʻsatdan betob boʻlib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar roʻy berganida, albatta tez yordam chakirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Hushsizlik, hushdan ketish — miyaning qon bilan taʼminlanishi buzilishi natijasida qisqa muddat roʻy beradigan holat. Ruhiy iztirob (qoʻrqish, hayajonlanish), ogʻriq (buy-rak, jigar ogʻrigʻi), ichak sanchigʻi, oftob urishi taʼsirida, baʼzida gorizontal holatdan tik holatga oʻtganda va boshqalarda uchraydi. Koʻpincha oʻta toliqqan, och qolgan, infeksion kasalliklar bilan ogʻrigan kishilarda kuzatiladi. Hushsizlik markaziy nerv sistemasi yoki yurak faoliyati buzilganlik belgisi boʻlishi mumkin. Hushsizlik oldidan bemorning boshi aylanadi, boʻshashadi, koʻzi tinadi, qulogʻi shangʻillaydi, qoʻl-oyoqlari uvushadi; baʼzan Hushsizlik holati shu belgilar bilan oʻtib ketishi, bemor hushini butunlay yoʻqotmasligi ham mumkin.
Hushsizlikda bemorning nafas olishi sustlashib, koʻz qorachigʻi torayadi, soʻng kengayadi va yorugʻlikdan taʼsirlanmaydi, pulsi zaiflashadi, tanasini muzdek ter bosadi, rangi oqarib, toʻsatdan yiqiladi. Hushsizlik bir necha sek. dan 1—2 min. gacha, baʼzan undan koʻproq davom etishi mumkin.
Hushsizlikda bemorni hushiga keltirish uchun u yotgan xona sof havo bilan shamollatiladi, siqib turadigan kiyimlari boʻshatiladi, bosh tomo-nini pastroq qilib yotqiziladi; yuzi va koʻkragiga sovuq suv purkaladi yoki sochiq hoʻllab bosiladi; nashatir spirti hidlatiladi va chakkasiga surtiladi (sirka yoki odekolon surtsa ham boʻladi), oyogʻiga issiq grelka qoʻyiladi yoki dagʻalroq narsa bilan ishqalanadi. Bemor hushiga kelgach issiq shirin choy yoki kofe ichiriladi. Hushsizlik roʻy berganda, albatta, vrach chaqirish kerak.
Zaharlanish — zaharli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaharlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bogʻliq, Odamlarda zaharlanishning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir zaharlanish tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi
Ovqatdan zaharlanganda meʼda yuvilgandan keyin qorin va qoʻloyoqqa grelka qoʻyiladi. Koʻplab issiq ichimlik, quyuq kofe ichiriladi. Alkogoldan zaharlangan kishiga ehtiyotkorlik bilan novshadil spirta hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi.
Suyak sinishi - shikastlanish oqibatida suyak butunligining buzilishiga olib keladi. Suyak sinishi travmatik va patologik turlarga boʻlinadi. Travmatik Suyak sinishi sogʻlom suyakka toʻsatdan kuchli mexanik kuch taʼsir etishi natijasida roʻy beradi. Patologik Suyak sinishi esa biror kasallik (mas, suyak sili, suyak oʻsmasi, osteomiyelit, osteoporoz va h.k.) oqibatida moʻrt boʻlib qolgan suyakka kuchiz tashqi taʼsir tufayli yuzaga keladi.
Suyagi singan joyni tezda mavjud narsalar (karton, faner, taxtacha va boshqalar) yoki shina qoʻyib, ustidan doka, roʻmol yoki bint bilan siqib bogʻlash va bemorni zudlik bilan tegishli kasalxonaga olib borish zarur.
Qon ketishi, qon oqishi - jarohatlangan tomirlardan qon oqishi bilan kechadigan patologik holat. Shikastlanishlar va turli xil kasalliklar oqibatida yuzaga keladi. Arterial (arteriya tomirlaridan och qizil rangdagi qon otilib chiqadi), venoz (vena tomirlaridan qoramtir qon оqadi), kapillyarlar va parenximatoz aʼzolar (jigar, taloq, buyrak va boshqalar)dan qon ketadi. Qon ketishi tezligi shikastlangan tomirlarning kattakichikligi va uning devorlari holatiga bogʻliq. Qon birorta aʼzo (meʼda, ichak, miya va boshqalar)ga yoki tashqariga oqadi.
Qon ketishini vaqtincha va tamoman toʻxtatish mumkin. Vaqgincha qon toʻxtatishda jgut, bosuvchi bogʻlamlar bogʻlanadi, tomir toraytiruvchi moddalar, muz ishlatiladi. Tamoman qon toʻxta-tishda jarrohlik usullari (tomirlarni bogʻlash, tikish, shikastlangan aʼzolarni olib tashlash), shuningdek, qon quyish, qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar va dorilar qoʻllaniladi.
E'tiboringiz uchun rahmat !!!
Download 1,59 Mb.




Download 1,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorladi: xta. 20/3-guruh talabasi Najimova Aziza

Download 1,59 Mb.