• YONG’IN XAVFSIZLIGI
  • UCHQO’RG’ON TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABINING “ YO’L HARAKATI QOIDALARI” XONA TEXNIKA XAVFSIZLIGI
  • OG’IR SHAROITLARDA ISHLOVCHILARGA QO’YILADIGAN TALABLAR
  • Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish




    Download 39,33 Kb.
    Sana19.06.2024
    Hajmi39,33 Kb.
    #264476
    Bog'liq
    texnika xavfsizligi


    BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH
    Har qanday sharoitda ham jarohatlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish jarohat og’rig’ini kamaytirishda yoki jarohatlangan kishining hayotini saqlab qolishda muhim ro’l o’ynaydi. Shu sababli, har bir kishi birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini puxta bilishi zarur.
    Singan yoki chiqqan qo’l-oyoqlarga taxtakach faner yoki karton qo’yib bog’iash tavsiya etiladi.
    Jarohatlanib qon ketgandayaraga material qo’yishda unga dastlab yod tomizish lozim. Yaraga qo’yiladigan materialdagi yod o’rni varadan kata bo’lishi kerak.
    Yarani bog’lashda oldin uning atrofini tozalash va yara atrotiga yod surtish zarur.
    Agar qon kuchli ketsa, qon oqavotgan joyni ta’minlovchi tomirlarni maxsus bog’ich yoki tasma bilan bog’iash iozim. Bog’ich bog’langan joyda puls urishi mavjud bo’lsa uni to’g’ri bog’langan hisoblanadi. Bunday holda uni yechib qaytadan qattiqroq bog’iash kerak.
    YONG’IN XAVFSIZLIGI
    Yong’inning kelib chiqiqshini oldini olish tadbirlaridan eng asosiysi, uning sabablarini puxta bilish va shunga mos holda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishdan iboratdir.
    Yong’inning asosiy sabablariga quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: ta’qiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan foydalanish, yong’in xavfsizligi bo’yicha texnologik jarayonlarni buzish, ularga amal qilmaslik.
    Static elektr zaryadlariga qarshi texnik qurilmalardan foydalanmaslik. Yong’inning oldini olish tizimi yong’in. sodir bo’lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuadan iboratdir.
    Ma’lumki yong’inni o’chirishga nisbatan uning oldini olish ham oson, ham foydalidir. Shu sababli har bir shahs yong’in xavfsizligi qoidalarini to’liq bilishi, rioya qilishi va yong’inning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi lozim.

    UCHQO’RG’ON TUMAN 2-SON KASB-HUNAR MAKTABINING YO’L HARAKATI QOIDALARI” XONA TEXNIKA XAVFSIZLIGI



    1. Xonadagi elektr tarmoqlariga o’qituvchilarni ruhsatisiz yaqinlashmaslik.

    2. Deraza romlami ruhsatsiz ochmaslik.

    3. O’zboshimchalik bilan elektr shitlarini ochib, har-xil ishlarnii olib bormaslik.

    4. Xona oynalarini artayotganda extiyotkorlik choralarini ko’rish kerak.

    5. Darsga kelib-ketishda yo’l harakati xavfsizligi qoidalariga to’liq amal qilish.

    6. Kasb-hunar maktabi oldida avtomobillar harakatiga halaqit bermaslik.

    7. O'qituvchining ruhsalisiz laboratoria jixozlariga tegmaslik.

    8. Dastgoxlarga o’qituvchi ruxsatisiz tegilmasin.

    9. O’quv mashg’uloti yakunlangandan so’ng sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ishni yakunlash.



    OG’IR SHAROITLARDA ISHLOVCHILARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

    Og’ir sharoitli ishlar noqulay mehnat sharoitli ishlar deb ham yuritiladi. Mehnat sharoitlariga qarab, ishlarni turlicha guruhlarga bo’linadi. Bulardan alohida e’tibor berish lozim bo’lganlari yuqori xavfli va zararli sharoitli ishlar hisoblanadi.


    Yuqori xavfli ishlar deganda ishchiga ish vaqtida yuqori darajadagi jarohatlanish, shikastlanish va baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ishlar kiradi.
    Yuqori xavfli ishlarda xavfni yuzaga keltiruvchi asosiy sabablar - tashkiliy, texnik, sanitar-texnik, gigienik va psixo- fiziologik sabablarga bo’linib, bu sabablar yuqori xavf sababli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar asosida belgilanadi. Bunday ishlarga ish o’rnida ishlash uchun ish joyiga jihozlangan taglik-moslama, ish joyining yuqoriligi, yuqoridan noqulay shakl va hajmdagi yuklarni tushirish, tuproqli chuqurliklarda ishlash, me’yoridan ortiqcha namlik sharoitli ishlar, havo bosimi va harorati me’yoridan ortiq yoki past bo’lgan ishlar, zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlash, portlash xavfi yuqori ishlar, radioaktivlik darajasi me’yoridan yuqori bo’lgan kabi ishlarni kiritish mumkin.
    Ishlovchilarga qo’yiladigan talablar: 18 yoshga to’lmagan kishilar uchun 1 kunda 4 soatdan oshmagan holda, rahbari - usta, o’qituvchi boshchiligida nazorat ostida ishlashiga ruxsat beriladi. Xomilador ayollarga ishlash ruxsat berilmaydi.
    Og’ir sharoitli ishlarda ishlovchilar qo’shimcha oziq-ovqat bilan qonun asosida bepul ta’minlanadilar. Bular bir yilda ikki marta bepul tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.

    Download 39,33 Kb.




    Download 39,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

    Download 39,33 Kb.