Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet siyosatining xususiyatlari va vazifalri




Download 21,23 Kb.
bet2/3
Sana14.12.2023
Hajmi21,23 Kb.
#118584
1   2   3
Bog'liq
moliya abu muslim
Mustaqil ish, o-zbekiston-hududida-amal-qiluvchi-tarif-rejalari, Moliya HUQUQIDAN USLUBIY MAJMUA, Ta\'limda axborot texnologiyalari, Windows operatsion tizimlari Windows, 21, rjet, YURIDIK PSIXOLOGIYA, 4-kurs reja 4 2 hafta pedagogik praktika uzb, 18-dmtt yillik ish reja, l.f.seminar 3, ишло хўжалиги корхоналарида ме натга а тўлашни ху у ий тарти, Nizamliqlar Juman, Sanoq qurilmalar, turlari va ko‘rsatgichlari Bajardi ki101 19-g-hozir.org
Asosiy qisim:
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb 6 yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi.
Byudjet siyosati iqtisodiy siyosatning «yadrosi» hisoblanadi hamda o`zida jamiyat institutlari va aholi o`rtasidagi moliyaviy munosabatlarni yaqqol ifodalaydi. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir. Davlat byudjeti kuchli demokratik davlatning ishonchli moliyaviy tayanchi bo`lib xizmat qilishi kerak. Davlat byudjeti siyosatini yuritishda ikki dastakka egadir. Bular davlat daromad to`lovlar bilan xarajatlardir. Bularni bevosita va bilvosita usullar deb atash mumkin. Byudjet siyosatining bilvosita usullari bo`lib soliqlar va soliqsiz to`lovlar orqali iqtisodiyotga ta`sir ko`rsatish kabi tadbirlar hisoblanadi. Soliq stavkalarini o`zgarishi, soliqlar bo`yicha imtiyozlar yaratish yohud ularni bekor qilish, turli xil to`lovlarni joriy qilish kabi bilvosita usullar orqali mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish mumkin, bunda soliq to`lovlarining moddiy qiziqishlari byudjet siyosatidagi hal qiluvchi rolni o`ynaydi. Byudjet siyosatining bevosita usullariga esa byudjetning xarajatlar qismi orqali ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatish kiradi. Tarmoqlarni moliyalashtirish xarajatlari miqdorini o`zgartirish, nochor korxonalarga dotatsiyalar ajratish, subvensiyalar berish, byudjet ssudalarini ajratish, ular bo`yicha imtiyozlar joriy qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun 9 kafolatlar berish kabi tadbirlar byudjet siyosatining to`¨ridan-to`¨ri usullari hisoblanadi. Byudjet siyosati qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar qabul qilish, daromadlar va xarajatlarni belgilab chiqish, ular ustidan nazorat o`rnatish, byudjet ijrosini ta`minlash, byudjetning kassa ijrosi bajarilishi ustidan nazoratni yo`lga qo`yish, tahlil qilish kabi chora-tadbirlarni qo`llash bilan amalga oshiriladi.
Davlatning moliyaviy faoliyati, eng avvalo, davlat byudjetini shakllantirish, uning ijro etilishini ta’minlash, soliq siyosatini amalga oshirish, bank-kredit tizimini samarali ishlatish, byudjet taqchilligini boshqarish kabi sohalarni qamrab oladi. Davlat byudjeti mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, Davlat byudjeti mablag’larini samarali boshqarish orqali byudjetning iqtisodiyotdagi rolini yanada kuchaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi amaliyotga joriy qilindi. Byudjet 5 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2270 -sonli Qarori 16 Kodeksi1 asosida davlat moliyasini boshqarish tizimida islohotlar amalga oshirilishi iqtisodiyotimiz rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish borasida amalga oshirilagan islohotlar bugungi kunda g’aznachilik orqali o’zining natijalarini namoyon etmoqda. O’zbekiston Respublikasida g’aznachilik tizimida byudjet ijrosini takomillashtirish va xalqaro tajribalaridan samarali foydalanishga e’tibor qaratish, bugungi kun islohotlarida g’aznachilik faoliyatini yaxshilash muhim vazifa etib belgilandi. Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati – 2016-yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yo`nalishlari rejasi mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va modernizatsiyalash, muhim makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning muvozanatini saqlash, davlatning iqtisodiyotda ishtirok etishi ulushini kamaytirish, xususiy mulkning rolini tubdan oshirishning, mamlakatda mustahkam iqtisodiy o`sish va barqarorlikni ta’minlash maqsadida xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash vazifalarini nazarda tutgan.
Xulosa.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.



Download 21,23 Kb.
1   2   3




Download 21,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet siyosatining xususiyatlari va vazifalri

Download 21,23 Kb.