• Kalit so’zlar
  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet siyosatining xususiyatlari va vazifalri




    Download 21,23 Kb.
    bet1/3
    Sana14.12.2023
    Hajmi21,23 Kb.
    #118584
      1   2   3
    Bog'liq
    moliya abu muslim


    IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA BUDJET SIYOSATINING XUSUSIYATLARI VA VAZIFALRI.
    Maqsudov Firdavs Xayitbek o’g’li
    Toshkent moliya instituti Andijon Fakulteti
    “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”gruhi 2-bosqich talabasi

    Annnotatsiya: Ushbu ilmiy izlanishning qisqacha bayonida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida byudjet siyosatini haqida to’plangan ma’lumotlar boshqa ilmiy izlanuvchilarning yondashuvlari hamda yakuniy xulosa haqida so’z boradi…
    Kalit so’zlar: moliyaviy siyosat, moliyaviy siyosat, davlat byudjeti, YAIM, kodeks, profitsit, defitsit, byudjet daromadlari

    Kirish.
    Moliyaviy munosadatlarni boshqarishning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta`minlashga qaratilgan. Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko`p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog`liq. Bu esa o`z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag`laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo`lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo`lib soliq yukining iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o`rtasida optimal nisbatini belgilashdir. Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Darhaqiqat, mamlakat milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga, ya`ni tarmoq, vazirlik va maqsadli kesimlarda va vertikaliga, ya`ni boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarning sodir bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash, iqtisodiyot sektorlarining investitsiyaviy jozibadorligi va faolligini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirilishi makroiqtisodiy 4 ko`rsatkichlar yuqori sur`atlarda o`sishiga va aholi farovonligi oshishiga erishishda qo`shimcha turtki bo`ldi. Buning natijasida qator yillar mobaynida Davlat byudjeti profitsit bilan ijro etib kelinmoqda, shu jumladan iqtisodiyotga soliq yuki izchil kamayib borayotgan bir sharoitda uning daromad qismi bajarilishi ta`minlanmoqda, shuningdek, uning xarajat qismini ijtimoiy yo`naltirilganligi saqlab qolinmoqda.



    Download 21,23 Kb.
      1   2   3




    Download 21,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet siyosatining xususiyatlari va vazifalri

    Download 21,23 Kb.