|
Ishi oddiy elektr energiyani uzatish tizimining uch fazali qisqa tutashuv rejimida ishlab turishini tadqiq etish ishning maqsadi
|
bet | 2/5 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #143713 |
Bog'liq Oddiy elektr energiyani uzatish tizimining uch fazali qisqa tuta (1)
Sinov tadqiqotlari quyidagilardan iborat:
LR1 elektr energiyani uzatishning oddiy tizimi modelining faylini ochish.
elektr tizimi modelining elementlar o„lchamlarining darchasini ketma-ket ochib turib, dastlabki hisob-kitoblar natijasida olingan raqamli ma‟lumotlarni kiritish.
o‟chirgich o„lchamlarini to„ldirish paytida uni “ochilgan” boshlang„ich holatiga o„rnatish. Uchirgichning ishga tushish vaqtini 1 soniyaga teng qilib o„rnatish.
modellashtirishni yurg„izish va uning yakunlanguniga qadar kutish.
ossillograflar yordamida tokning bir zumdagi ko„rsatkichlari va vaqt makondagi kuchlanishning o„zgarish qonuniyatlarini nazorat qilib turish.
ossillograf yordamida hosil bo„lgan egri chiziqlarni keyinchalik tahlil qilish va hisobotni tayyorlash maqsadida eslab qolish.
LR12 elektr energiyani uzatishning oddiy tizimi modelining faylini ochish. Shunga e‟tibor berish kerakki, qisqa tutashgich ikkinchi transformatorning chiqish Joyiga ulangan bo„lishi kerak. Ushbu amallar ikkinchi transformator
o„lchamlarining qisqa tutashuv tok kuchiga ta‟sir ko„rsatishini tahlil qilish uchun bajarilgan.
1.3-rasm. Elektr energiyani uzatishning oddiy tizimi modeli
elementlar modeli o„lchamlarini oldin bajarilganidek o„rnatish (1.3-rasm).
model simulyasiyasini yurg„izish va uning yakunlanguniga qadar kutish.
ossillograflar yordamida tokning bir zumdagi ko„rsatkichlari va vaqt makondagi kuchlanishning o„zgarish qonuniyatlarini nazorat qilib turish.
tizim elementlaridagi tok va kuchlanishning o„zgarish jadvalini keyinchalik tahlil qilish va hisobotni tuzish maqsadida eslab qolish.
ossillograf yordamida yuklanish shinalarida qisqa tutashuv paytida tok va kuchlanishning o„zgarishini kuzatish.
ossillograf 1 va 2 yordamida hosil bo„lgan toklarning o„zgarish qonuniyati bo„yicha birinchi transformatorning ikkilamchi chulg„am tokning va kuchlanishning amaldagi ko„rsatkichlarini aniqlash. Olingan ko„rsatkichlarni tokning tarmoq uzunligiga bog„liqlik ko„rsatkichlari aks ettiradigan jadvaliga kiritish.
tarmoq o„lchamining darchasini ochish va uning uzunligini ikki barobarga kamaytirish;
model simulyasiyasini yurg„izish va u yakunlangach, birinchi transformatorning ikkilamchi chulg„am toki va kuchlanishini o„lchash. Olingan ko„rsatkichlarni jadvalga kiritish.
tarmoq o„lchamining darchasini ochish, avval uzunlikning oldingi o„lchamlarini qayta tiklab, keyin esa uni ikki barobarga oshirish. Model simulyasiyasini yurg„uzish va tok miqdorini o„lchash. Olingan ko„rsatkichlarni jadvalga kiritish.
huddi shu tadqiqotni tarmoqning uzunligini avval uch, keyin to„rt va besh marta oshirgan holda qayta takrorlash.
ikkinchi transformator o„lchamlarining hisoblangan miqdori sharoitida model simulyasiyasini yurg„izish. Qisqa tutashuv tokining ko„rsatkichlarini ulchash va tokning qisqa tutashuv qarshilik kuchiga ta‟siri aks ettirilgan jadvaliga kiritish. Bazis ko„rsatkichi deb oldin hisoblangan qisqa tutashuv qarshiligini qabul qilish.
ikkinchi transformator o„lchamlarining darchasini ochish. Transformatoning birinchi va ikkinchi chulg„amdagi faol qarshiligi va induktivliligini ikki barobarga oshirish.
model simulyasiyasini yurgizish va u yakunlangach, birinchi transformatorning ikkilamchi chulg„am tokini va kuchlanish tokini o„lchash. Tok miqdorini o„lchash. Olingan ko„rsatkichlarni jadvalga kiritish.
huddi shu tadqiqotni qarshilikni avval uch, keyin to„rt, besh va olti marta oshirgan holda qayta takrorlash.
tadqiqot yakunlangach o„qituvchiga natijalarni ko„rsatish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ishi oddiy elektr energiyani uzatish tizimining uch fazali qisqa tutashuv rejimida ishlab turishini tadqiq etish ishning maqsadi
|