|
Sinov ma’lumotlarini qayta ishlash
|
bet | 3/5 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 1,12 Mb. | | #143713 |
Bog'liq Oddiy elektr energiyani uzatish tizimining uch fazali qisqa tuta (1)
Sinov ma‟lumotlarini qayta ishlash quyidagi bosqichlarni o„z ichiga oladi:
ikkinchi transformatorning birlamchi chulg„am shinalarida uch fazali qisqa tutashuv paytida ossillograf yordamida olingan tok va kuchlanishning o„zgarish grafigini tahlil qilish. Qisqa tutashuv ro„y bergan paytda birinchi transformatorning chiqishida kuchlanishning o„zgarishiga e‟tibor berish. Ishlash rejimi buzilgandan keyin tarmoq toki va kuchlanish kuchini aniqlash. Olingan ko„rsatkichlarni dastlabki hisob-kitob natijalari bilan solishtirish. Xulosa chiqarish.
kuchlanish shinasida uch fazali qisqa tutashuv paytida ossillograf yordamida olingan tok va kuchlanishning o„zgarish grafigini tahlil qilish. Qisqa tutashuv ro„y bergan paytda tarmoqning kirish va chiqishida kuchlanishning o„zgarishiga e‟tibor berish. Ishlash rejimi buzilgandan keyin tarmoq toki va kuchlanish kuchini aniqlash. Natijalarni tahlil qilish va xulosa chiqarish.
tarmoq uzunligining o„zgarish paytida uch fazali qisqa tutashuv toklarning bog„liqlik grafigini tuzish va hosil bo„lgan bog„liqlikni tushuntirish.
ikkinchi transformator o„lchamlarining o„zgarishi paytida uch fazali qisqa tutashuv tokining bog„liqlik grafigini tuzish va hosil bo„lgan bog„liqlikni tushuntirish.
Laboratoriya ishi bo„yicha hisobot quyidagilardan tarkib topishi lozim:
standart shakldagi titul varag„i;
ishning maqsadi;
v) elektr energiyani uzatish tizimining chizmasi va o„lchamlari;
g) ishchi topshiriqning qisqacha mazmuni;
tegishli chizma va izohlarni keltirgan holda elektr energiyani uzatishning oddiy tizimining dastlabki hisob-kitoblarining to„liq mazmuni;
elektr zanjiri modelini tuzish tamoyilining izohi;
j) grafik va jadval ko„rsatkichlari keltirilgan holda dastlabki hisob-kitoblar natijalarining to„liq mazmuni;
z) dastlabki hisob-kitob natijalarini va sinov natijalarini tahlil qilish;
bajarilgan laboratoriya ishi bo„yicha xulosa.
|
| |