• Havoni konditsionerlash.
  • Sun’iy havo almashinish tizimlari




    Download 42,91 Kb.
    bet9/9
    Sana05.06.2024
    Hajmi42,91 Kb.
    #260603
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish sanitariyasining umumiy tushuncha va tariflari.

    Sun’iy havo almashinish tizimlari. Sun’iy, ya’ni mexanik shamollatish tizimlarida havo almashinishi ventelyatorlar yoki ejektorlar yordamida amalga oshiriladi. Sun’iy havo almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki, ular yordamida xonaning istalgan joyidan iflos havoni haydab chiqarish yoki xonaga toza havo yuborish hamda bu qurilmalarga havoni isitish, namlash va tozalash moslamalarini o‘rnatish mumkin. Bunday shamollatish qurilmalari ventelyatordan, havoni yuborish yoki haydab chiqarish qurilmasidan, havo kanallaridan va filtrdan tashkil topgan bo‘ladi. Ventelyatorlar sifatida markazdan qochma va o‘qli ventelyatorlardan foydalaniladi.
    Shamollatkichlar hosil qiladigan bosimiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: past bosimli (1 kPa gacha); o‘rta bosimli ( 3 kPA gacha); yuqori bosimli (12 kPA gacha).
    Shamollatkichlarni turi va o‘lchami uzatiladigan havoning miqdori, bosimi va muhit sharoitiga bog‘liq holda tanlanadi. Markazdan qochma shamollatgichlarning foydali ish koeffitsienti (f.i.k.) – 0,5-0.6, o‘qli shamollatgichlarniki – 0,5-0,7, ejektorlarniki esa – 0,25 gacha.
    Ventelyatorlarning markasida ko‘rsatilgan raqam, ventelyator ish g‘ildiragining diametrini bildiradi, masalan, №5 ventilyatoridagi 5 soni ventelyator ish g‘ildiragi diametrini Di.g. =500 mm ekanligini ko‘rsatadi.
    O‘qli ventelyatorlar past bosimli havo almashinish talab etiladigan ishlab chiqarish xonalarida o‘rnatiladi. Ular 250-300 N/m2 atrofida bosim hosil qiladi.
    Havoni sovutish moslamalari esa 2 xil: sirt bo‘yicha sovutish va kontaktli sovutish qurilmalariga bo‘linadi. Sirt bo‘yicha sovutish qurilmalari kalorifer shaklida bo‘lib, sovutuvchi sifatida sovuq suv, ammiak yoki freondan foydalaniladi. Kontaktli sovutish qurilmalarida havo, suv kamerasida yuzaga keluvchi yomg‘irli muhit orqali o‘tib soviydi.
    Havoni tozalashda esa turli xil material, yog‘, elektrik va ultratovush filtrlardan foydalaniladi
    Havoni konditsionerlash. Shamollatish qurilmalari xona mikroiqlim sharoitini sanitar talablar asosida doimiy ravishda me’yorlashtirish, ishchilarga qulay sharoit yaratish imkonini bermaydi. Shu sababli, bu maqsadda konditsionerlardan foydalaniladi. Kondensionerlar havoning haroratini, namligini, harakatlanishini va tozaligini avtomatik ravishda rostlash, hamda havoni ozonlash va ionlash imkonini beradi. Konditsionerlar markaziy, ya’ni bir necha xonaga xizmat qiluvchi, yoki mahalliy – bitta xonaga xizmat qiluvchi bo‘lishi mumkin.



    1 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011/p-349.

    Download 42,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 42,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy havo almashinish tizimlari

    Download 42,91 Kb.