• Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish QOIDALARI
  • I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: akkreditatsiya attestati
  • Ishlab chiqarish xavfsizligi ekspertizasini o’tkazish va hujjatlari Reja




    Download 127.1 Kb.
    bet2/4
    Sana05.04.2022
    Hajmi127.1 Kb.
    #19329
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Qosimov Abdumalikning mustaqil ishi
    2990 03.04.2018, gulshoda, 1-Amaliy.Foydalanuvchining interfeysi va uning elementlarini o’rnatish, 3 -amaliyot, Sattorov Shoxrux, Test savollari, HISOBLASH VA RAQAMLITEXNIKA ASOSLARI56, aktyorning-rol-ustida-ishlashi (1), a (10), 1, Kimyoviy bog`lanish turlari, Albert-Ejnshtejn
    Boshliq I. XOLMATOV
    Toshkent sh.,
    2009-yil 9-sentabr,
    172-son
    O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 9-sentabrdagi 172-son buyrug‘iga ILOVA
    Sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish
    QOIDALARI
    Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish tartibini hamda ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
    I. Umumiy qoidalar
    1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
    akkreditatsiya attestati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat;
    buyurtmachi — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirishga ariza bilan murojaat qilgan tashkilot;
    sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi o‘rinlarda ekspert deb yuritiladi) — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan attestatsiyadan o‘tkazilgan mutaxassis;
    sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb yuritiladi) — ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
    xavfli ishlab chiqarish obyektida ishlatiladigan texnik qurilmalar — xavfli ishlab chiqarish obyektida ishlatiladigan jihoz, uskuna, mexanizm, agregat, asbob va shu kabilar bo‘lib, ulardan foydalanish xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya yoki noxush hodisalarga olib kelishi mumkin;

    Download 127.1 Kb.
    1   2   3   4




    Download 127.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish xavfsizligi ekspertizasini o’tkazish va hujjatlari Reja

    Download 127.1 Kb.