|
Ishni bajarish maqsadi: Nusxa ko‘chirishdan himoyalash usul va vositalari bilan tanishish. Ishni bajarish tartibi
|
bet | 2/2 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,49 Mb. | | #240703 |
Bog'liq 9-amaliyAmaliy qism. Dastlab Windows ishchi oynasida yorlig‘i bilan dastur ishga tushiriladi. Ishga tushirish natijasida quyidagi oyna ochiladi:
1-rasm. Enigma Protektor ishchi oynasi
2-rasm. Kirish ma’lumotlari.
2-rasmda biz yaratgan dastur joylashgan katalog va dastur himoyalangandan so‘ng saqlanadigan katalog ko‘rsatiladi. Keying qadamda asosiy xususiyatlar(Key Properties) bo‘limi tanlanadi(3-rasm).
3-rasm. Asosiy xususiyatlar.
Bu bo‘limda kalitlarning xususiyatini tanlash mumkin. Masalan, faqat apparat bilan bog'langan kalitlarni qabul qilish va/yoki faqat kunlar cheklangan kalitlarga ruxsat berish.
4-rasm. Registratsiya oynasi.
Keyingi bo‘limlarda registratsiya oynasida bir nechta tanlanadigan bandlar mavjud. Keyingi qadamda biz proyektimizni saqlab olamiz, bu keyingi qadamlarning zaruriy sharti hisoblanadi.
5-rasm. Proyektni saqlash bosqichi.
Keyingi qadamda ekran pastida Himoyalash(Защитить) tugmasi bosilib proyektimiz himoya qismi amalga oshiriladi.
6-rasm. Himoya funksiyasi
7-rasm. Ishga tushirish.
Ishga tushirish tugmasi bosilganda dasturni o‘rnatish oldidan ro‘yxatdaan o‘tgan foydalanuvchi nomi va kaliti so‘raydigan oyna chiqadi. Biz bu yerdan Hardware Id raqamini nusxalab olamiz. U bizga kalit generatsiyasida kerak bo‘ladi.
8-rasm. Tekshirish jarayoni.
Va barcha qo‘shimcha oynalarni yopib, enigma protector ishchi stoliga qaytamiz. BDA252-08DD32 Ishchi stolidagi menyular qatoridan Vositalar(Инструменты) bo‘limidan kalit generatori(Генератор ключей) bandiga kiriladi
9-rasm. Vositalar menyusi.
10-rasm. Kalit generatori.
Kalit generatori oynasiga kerakli sozlamalar kiritiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi nomi ixtiyoriy va oldin nusxalab olgan Hardware Id raqami kiritiladi. Kalit xususiyatlaridan keraklilari tanlanadi. Kerakli sozlamalar kiritilganidan so’ng, pastdagi generatsiyalash tugmasi bosiladi.
Kalit log fayllari
Foydalanuvchi nomi
Kalitni fayl shaklida saqlash tugmasi
Hardware Id kiritiladigan qism
11-rasm. Kalit generatsiyalash jarayoni.
Bu qo‘shimcha oynalarni yopib asosiy ishchi oynasi pastidagi Himoyalash(Защитить) tugmasi bosililadi. Jarayon tugaganda ishga tushirish(Запустить) tugmasi bosiladi va biz o‘zimiz yaratgan dasturni Enigma Protektor yordamida ish tushiramiz
12-rasm. Himoyalash(Защитить) jarayoni.
Keyingi bosqichda ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumotlarni tekshirish jarayoni ishga tushadi.
Sozlamarda generatsiyalangan kalit
Sozlamalarga kiritlgan foydalanuvchi nomi
13-rasm. Kalitni tekshirish jarayoni.
Kerakli ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tish tugmasi bosiladi. Ma’lumotlar to‘g‘riligi tasdiqlansa, ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tilganligi haqida oyna chiqadi va dasturimiz ishga tushadi.
14-rasm. Namunaviy dastur.
Topshiriq:
Amaliy ishning ketma-ketligi bilan tanishing;
Amaliy ish bo‘yicha tahlil o‘tkazing va hisobot tayyorlang.
Enigma Protector dasturi yordamida yaratilayotgan dasturga kalit generatsiyalash jarayonini ketma-ketlikda bajarib, hisobot tayyorlang.
Nazorat savollari:
Ruxsatsiz nusxa ko‘chirishdan himoyalash ahamiyati va zaruriyati nimalarda?
Ma’lumotlarni ruxsatsiz olishdan himoya qilish usullari qaysilar?
Ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tizimlari usullari qaysilar?
Enigma Protector amaliy dasturiy paketi qanday imkoniyatlarga ega?
|
| |