|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universitetining
|
bet | 1/2 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 44,36 Kb. | | #141647 |
Bog'liq 535-sonli buyruqqa ichki buyruq (2)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT
TEXNIKA UNIVERSITETINING
QO`QON FILIALI
|
|
MINISTRY OF HIGHER EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATIONS
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
KOKAND BRANCH OF
TASHKENT STATE TECHNICAL UNIVERSITY NAMED AFTER
ISLAM KARIMOV
|
BUYRUQ
2023 yil “___”_________ №___________ Qo‘qon sh.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 20-dekabrdagi 535-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2024-yilda o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari rejasi va tinglovchilar kontingentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-dekabrdagi 535-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2024-yilda o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari rejasi va tinglovchilar kontingentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-dekabrdagi 535-son buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Filial o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (R.Anorov), o‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i (M.Mansurov), kafedra mudirlari (N.Xolmirzayev, V.Otakuziyeva, R.Siddoqov, B.Xaminov, G‘.Urozaliyev), yuristkonsult (X.Usuvaliyev)larga:
- 2024-yilning 3-yanvaridan boshlab tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini 1-3-ilovalarda keltirilgan reja-grafik hamda Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti portali www.bimm.uz da keltirilgan ro‘yxatga muvofiq belgilangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga to‘liq jalb etilishini ta’minlash;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan pedagog kadrlarning yillik o‘quv yuklamasini to‘g‘ri rejalashtirilishini biriktirilgan mas’ul direktor o‘rinbosari tomonidan shaxsan nazoratga olinishini ta’minlash;
- tinglovchilar tomonidan elektron portfolio tizimiga kiritilgan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
- uch yoshga to‘lmagan yosh bolasi bo‘lgan ayollar, pensiya yoshidagilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni oliy ta’lim muassasasi Kengashining tavsiyasi asosida. masofadan o‘qitish shakllari orqali amalga oshiriladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jalb etish choralarini ko‘rish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan pedagog kadrlar tomonidan egallangan yangi kompetensiyalarni ommalashtirish maqsadida ochiq darslar, seminarlar o‘tkazilishini muntazam yo‘lga qo‘yish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etgan hamda kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishayotgan pedagog kadrlarni rag‘batlantirib borish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yakunida attestatsiyadan o‘tmagan rahbar va pedagog kadrlarni belgilangan tartibda kurslarda takroriy o‘qishi va attestatsiyada to‘liq ishtirok etishini ta’minlash;
- qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari yakunida attestatsiyadan takroran o‘tmagan pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni qonunchilikda belgilangan tartibga qat’iy amal qilgan holda rasmiylashtirilishini ta’minlash;
- Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institut portali www.bimm.uz tarkibidagi elektron monitoring tizimidagi ko‘rsatkichlar asosida rahbar va pedagog kadrlarning kurslardagi o‘quv faoliyati va attestatsiya natijalarini har sikl yakunlari bo‘yicha muhokama etib borish vazifalari yuklatilsin.
3. Mazkur buyruq ijrosining nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
|
| |