|
Rektifikatsion kolonnalarning konstruktiv hisobi (2 soat)
|
bet | 3/7 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 60,88 Kb. | | #152237 |
Bog'liq 3-kurs tmjНефт газ саноати технология жараёнлари ва агрегатлари.2.1.14. Rektifikatsion kolonnalarning konstruktiv hisobi (2 soat) Rektifikatsion kolonalarning diametri aniklanishi:
Kolonnada xarakatlanayotgan bug‘ning chizikli tezligi. Tarelkalarning konstruksiyasi. Suyuqlik va bug‘larning zichligi.
2.1.15. Rektifikatsion apparatlarning konstruksiyasi (4 soat) .
Rektifikatsion apparatlar asosiy guruxlari. Tarelkali, nasadkali (kolonna), plyonkali kolonnalar, rotatsion apparatlar. Tarelkali apparatlarni tarelkalarning tuzilishiga qarab: elaksimon, qalpoqchali, ag‘darilma xolda bo‘lishi.
2.1.16. Ekstraksiya jarayoni va qurilmalari (4 soat).
Ekstraksiya «suyuklik-suyuqlik», «suyuqlik-qattiq jism» sistemalari. Ekstraksiya jarayoni. Ajratib olinayotgan komponentninig konsentratsiyasi. Eksrakt. Rafinat. Ekstragent quyiladigan talablar.
2.3. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1. Neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonlarining moddiy balansini tuzish
2. Neftni fraksiyalarga ajratish qurilmalarini moddiy balansini tuzish
3. Katalitik riforming jarayonini hisoblash
4. Gidrogenizatsiya jarayonlarni hisoblash
5. Moylarni selektiv tozalash jarayonini hisoblash
6. Neft mahsulotlarini deparafinlash jarayonini hisoblash
7. Kreking jarayonini hisoblash
8. Gazlarni tozalash jarayonini hisoblash
9. Gazlarni quritish jarayonini hisoblash
10. Yonilg‘i uglevodorod gazlarni qayta ishlash jarayonlari
11. Tabiiy gazlarni namsizlantirish
12. Olefin gazlarni polimerlash
13. Parafin uglevodorodlarni olefinlar yordamida katalitik alkillash
14. Gazlarni tozalash jarayonini hisoblash
15. Gazlarni quritish jarayonini hisoblash
16. Neft va neft mahsulotlari tarkibidagi suv miqdorini aniqlash
17. Neft va neft mahsulotlarini haydash
18. Quyi oktanli benzinlarni katalitik riforming qilish
19. Neft mahsulotlarini gidrogenizatsiyalash
20. Neft moylarini selektiv tozalash
21. Neft xom ashyosi pirolizi
22. Neft mahsulotlarini tozalash va ajratishning adsorbsion usullari
23. Neft mahsulotlari tarkibidagi oltingugurt miqdorini aniqlash
Talaba amaliy mashg‘ulotlarda nazariy olgan bilimlarini mustahkamlash uchun amaliy masalalar echadi, amaliy mashg‘ulotlarda echiladigan masalalar quyidagi prinsiplarga asosan tanlanadi: fanning mohiyatini anglatuvchi va mavzular orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ma’lum miqdordagi misol va masalalar tanlanadi.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
|
| |