Issiqlik elektr
markazi
Issiqlik elektr markazi (IEM) —
elektr
energiyasi
bilan birga issiq suv va bugʻ
ishlab chiqaradigan isiqlik
elektr st-yasi
.
Asosiy energe- ) tik agregatlari qatoriga
suv yuradigan quvur (truba) lar
batareyasidan
iborat qozon tizimi, bugʻ
turbinalari, turbogeneratorlar va bugʻ
turbinalarida ish bajargan issiklikni is-
teʼmolchilarga yuboradigan qurilmalar
kiradi. IEM larda qattiq,
suyuq yoki gaz
holatdagi organik yoqilgʻilar aj-ratgan
issiklik qozon tizimida suvni yuqori
bosimli bugga aylantiradi. Bugʻ bosimi
tatlirida
turbinalarning ; parraklari
generatorlarni harakatga keltiradi,
natijada issiklik energiyasi turbina (bug
dvigateli) vositasida mexanik energiyaga
aylanadi,
generator esa uni elektr
energiyasiga aylantiradi. IEM ning f. i. k.
issiklik elektr st-yalarinikiga nisbatan
keskin yuqori, yaʼni t|=60—70% ga teng .
Bunga erishish uchun IEM turbinalaridan
oʻtib ish bajargan bugʻning bir qismigina
sovitkichlar
vositasida qayta suvga
aylantirilib qozon tizimiga yuboriladi,
qolgan qismi esa sanoat korxonalari
ehtiyojlariga hamda uyjoylarni isitishga
sarflanadi.
IEM butun shahar, tuman
mikyosida sanoat korxonalarini, turar joy
binolarini, maishiy muassasalarni elektr
energiyasi, issiq suv bilan taʼminlash va
isitishga xizmat qiladi.
Faqat elektr
energiyasi ishlab chikaradigan issiklik
elektr st-yalariga nisbatan IEM iqtisodiy
jihatdan ancha tejamli, unda 20—25%
yoqilgʻi kam sarflanadi, qulay.
Turbinalardan
sanoat korxonalariga
beriladigan bugning mutlaq bosimi 8—16
at, isitish uchun beriladiganiniki 0,5—2,5
at. IEM da yoqilgʻi sifatida koʻmir, gaz,
mazut va b. ishlatiladi. Ularda
temperaturasi 565°, bosimi 130 at. gacha
boʻlgan bugʻdan foydalaniladi.
IEMning ishi avtomatlashtirilgan. Gaz
turbinalari va
yadro elektr styalarini
ham
IEM tipida qurish mumkin.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=I
ssiqlik_elektr_markazi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu
andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Manbalar