|
Toshkent tibbiyot akademiyasi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchisi Nuriddinov Axmad Muxammadiyevich «Suvga qo‘yilgan gigiyenik talablarni baholashda yangi pedogogik texnologiyalarning o‘rni»
|
Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 14,19 Kb. | | #263658 |
Bog'liq Nuriddinov Axmad тақриз
Toshkent tibbiyot akademiyasi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchisi Nuriddinov Axmad Muxammadiyevich «Suvga qo‘yilgan gigiyenik talablarni baholashda yangi pedogogik texnologiyalarning o‘rni» mavzusida tayyorlagan bitiruv ishiga
TAQRIZ
Oʻzbekiston Respublikasining “Ta'lim toʻgʻrisida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da har tomonlama etuk mutaxassis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilab berilgan. Shu bois, tibbiyot oliygohlari talabalarini hozirgi zamon talabi ruhida tarbiyalash, radialogiya fanlaridan olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash, koʻnikma, malakalarini shakllantirishga qaratilgan koʻpgina ta'lim-tarbiya vositalari, uslubiy shakl yoʻriqlari mavjud. Jumladan, bu borada yoshlarni hayotga tayyorlashda koʻp asrlar davomida qoʻllanilgan usullar, vositalar, tadbir shakllari, urf-odatlar va an'analar, gʻoyalar, hayotiy tajribalardan iborat namunalar majmuasidir.
Ta’lim va tarbiya jarayoni o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to‘plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi.
«Suvga qo‘yilgan gigiyenik talablarni baholashda yangi pedogogik texnologiyalarning o‘rni» mavzusidagi malakani himoya qilish ishida hozirgi yangi pedagogik texnologiya fanining yutuqlari hamda uzoq yillar olib borilgan kuzatishlari, mazkur fanni oʻqitishdagi tajribalarga asoslanib, yangi pedagogik texnologiyaning ilmiy – nazariy va amaliy – metodik asoslari, ta'lim jarayonidagi ahamiyati xususida fikr yuritilgan.
Nuriddinov Axmad Muxammadiyevich «Suvga qo‘yilgan gigiyenik talablarni baholashda yangi pedogogik texnologiyalarning o‘rni» mavzusidagi bitiruv ishi tibbiy-proiflaktika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun muhim mavzularlan biri bo‘lib qolmoqda. Amaliyotda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati organlarida faoliyat yuritish uchun sanitar-gigiyenik laboratoriyalarda bitiruvchilarning fan bo‘yicha nazariy bilimlarini tizimlashtirishda va amaliy mashg‘ulotlarda majmuaning barcha tuzilmalaridan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega.
Тошкент тиббиёт академияси,
Коммунал ва меҳнат гигиена
кафедраси доценти, т.ф.н. Самигова Н.Р.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent tibbiyot akademiyasi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchisi Nuriddinov Axmad Muxammadiyevich «Suvga qo‘yilgan gigiyenik talablarni baholashda yangi pedogogik texnologiyalarning o‘rni»
|