Issiqlik energetikasi




Download 336,76 Kb.
bet5/72
Sana02.12.2023
Hajmi336,76 Kb.
#109797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
1-маърўза Кириш-fayllar.org

1.3.O‟lchash vositalari 

O‟lchashlarda qo‟llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega


bo‟lgan texnik vositalar o’lchash vositasi deyiladi. O’lchash vositalarining asosiy 
turlariga o‟lchovlar, o‟lchash asboblari, o‟lchash o‟zgartkichlari va o‟lchash
qo‟rilmalari kiradi. O‟lchash prinsipini va vositasini belgilab beradigan usullar
majmui o’lchash usuli deyiladi.
O‟lchov–berilgan o‟lchamdagi fizik kattalikni qayta o‟lchash uchun
mo‟ljallangan o‟lchash vositasi.
O‟lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar kiradi.
Standart namuna - modda va materiallarning xossalari yoki tarkibini
xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‟lchov. Masalan,
tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‟rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarining
standart namunasi.
Namuna modda - tasdiqlangan spesifikatsiyada ko‟rsatilgan tayyorlash
shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma„lum xossalarga ega bo‟lgan moddadan
iborat o‟lchov.
Ko‟zautvchi idrok qilishi uchun qo‟lay shakldagi o‟lchov axboroti signalini
ishlab chiqishga xizmat qiladigan o‟lchash vositasi o’lchov asbobi deyiladi.
O‟lchash asboblari ko‟rsatuvchi, qayd qiluvchi, kombinatsiyalashgan,
integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‟linadi.
O‟lchashga doir axborotni o‟zatish, o‟zgartirish, ishlov berish va saqlash uchun
qo‟lay bo‟lgan ammo ko‟zatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‟lmaydigan
shakldagi signalni ishlab chiqish uchun xizmat qiladigan o‟lchash vositasi o’lchash 
o’zgartkichi deb ataladi. O‟zgartiriladigan fizik kattalik kirish kattaligi, uning
o‟zgartirilgani esa chiqish kattaligi deyiladi. O‟lchanayotgan kattalik keltirilgan
o‟lchash o‟zgartkichi birlamchi o’zgartkich deyiladi. Birlamchi o‟zgartkichlar
ko‟pincha datchiklar deb yuritiladi. Uning bevosita o‟lchanayotgan kattalik
ta„siridagi qismi sezuvchan element deyiladi.


Download 336,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Download 336,76 Kb.