|
Issiqlik texnikasi fanining maqsadi va vazifalari. Termodinamika asoslari ma’ruzachi: Abatov n mashg’ulot rejasi
|
bet | 1/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,87 Mb. | | #245041 |
Bog'liq Maruza 1 Termodinamika ISSIQLIK TEXNIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI. TERMODINAMIKA ASOSLARI Ma’ruzachi: Abatov N Mashg’ulot rejasi: Issiqlik texnikasi tariyxi va rivojlanish tendenciyalari Issiqlik texnikasi umumtexnik fundamental fanlardan biri bo‘lib, texnikada issiqlikni hosil qilish usullarini, issiqlikni energiyaning boshqa turiga aylantirish usullarini, issiqlikni uzatish usullarini va issiqlik ishlatilishini o'rgatadi. Sanoatning metallurgiya, mashinasozlik, tog‘-kon ishi va boshqa sohalarida issiqlik berish va uning ajralib chiqishi, issiqlik almashuvi, mashina, qurilmalarda sodir boladigan issiqlik jarayonlari hamda elektr energiya va issiqlikdan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Issiqlik texnikasi fani yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tarbiyalab tayyorlashda asosiy o‘rin tutadi. Bu fan talabalarni ilmga qiziqtirish, qonunlar texnikada qo‘llanilishi, termodinamik jarayonlarni hisoblash, issiqlik kuch qurilmalarining optimal holatlarini aniqlashga tayyorlashda yordam beradi. Issiqlik texnikasi fani yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tarbiyalab tayyorlashda asosiy o‘rin tutadi. Bu fan talabalarni ilmga qiziqtirish, qonunlar texnikada qo‘llanilishi, termodinamik jarayonlarni hisoblash, issiqlik kuch qurilmalarining optimal holatlarini aniqlashga tayyorlashda yordam beradi.
Issiqlik texnikasi fani uch bo‘limdan iborat:
texnikaviy termodinamika;
issiqlik uzatilishi;
issiqlik energetik qurilmalari.
Termodinamika so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib ≪termos≫— issiqlik, ≪dinamikos≫ — kuch degan ma’noni bildiradi.
Texnikaviy termodinamika issiqlik effektlari bilan sodir bo'ladigan turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga o‘tishi, ya’ni issiqlikning ishga va ishning issiqlikka aylanishini o'rganadigan fan.
Texnikaviy termodinamika fan sifatida M.V. Lomonosov (1746-y.) tomonidan energiyaning aylanish va saqlanish qonuni ochilishi tufayli yuzaga kelgan.
M.V. Lomonosovning ≪Issiqlik va sovuqlik sabablari≫ (1747-y.) degan ishi issiq moddalar mikrozarrachalarining harakatdaligini isbotlashga bag'ishlangan.
Rus mexanigi I.I.Polzunov tomonidan birinchi universal bug' mashinasining kashf etilishi (1765-y.) natijasida universal porshenli dvigatellarining chizmasi va termodinamikaning ikkinchi qonuni yaratildi.
|
| |