• SOHAGA DOIR ZAMONAVIY LEKSIKANING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI Oxunjon Abdullayev
  • Исследование в XXI века август, 2022 г 130 O‘zbek va qoraqalpoq tillarida axborot-kommunikatsiya va maishiy




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana23.01.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #143554
    TuriИсследование
      1   2
    Bog'liq
    Oxunjon Abdullayev.



    Международный научный журнал № 1 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI века» август, 2022 г 
    130 
    O‘ZBEK VA QORAQALPOQ TILLARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA VA MAISHIY 
    SOHAGA DOIR ZAMONAVIY LEKSIKANING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI 
     
    Oxunjon Abdullayev.
    TDO‘AU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish 
    markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi uslubchisi
    Bugungi kunda ilm-fanning barcha sohalarida zamonaviy yondashuvlar asosida ilmiy-
    tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tilshunoslik, shu jumladan turkologiyada ham islohotlar 
    negizida yangi ilmiy-nazariy qarashlar shakllanmoqda. Turkiy tillar qardosh tillar bo‘lganligi 
    bois ularda o‘ziga xosliklar bilan birga umumiy jihatlar ham ko‘p. Turkiy tillarning 
    grammatik belgilarini ilmiy tadqiq qilish har bir turkiy til lisoniy xususiyatlarining tarixiy 
    daraklarini, rivojlanish usullarini aniqlash va yoritish imkonini beradi. Bu esa turkologiya 
    uchun dolzarb masalalardan biri sanaladi. Lug‘at boyligida zamonaviyligi jihatidan ikki 
    asosiy qatlam mavjud: zamonaviy qatlam va zamondosh qatlam. Ma’lumki, har qanday til 
    oʻzaro munosabatga kirishar ekan, buning natijasida tilning leksikasida oʻzgarishlar yuzaga 
    kela boshlaydi.
    Bu oʻzgarishlar til lugʻat boyligining yanada boyishida muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Tillardagi lugʻat tarkibni har tomonlama tahlil va tadqiq etish tilshunoslik sohasining 
    rivojida kata rol oʻynaydi. Shu ma’noda oʻzbek va qoraqalpoq tillaridagi zamonaviy leksika 
    mavzusi tilshunoslikning bugungi kundagi dolzarb masalasiga bag‘ishlangan. Mazkur 
    maqola oʻzbek va qoraqalpoq tillarida yangi(zamonaviy) leksikasidagi oʻzlashma soʻzlar va 
    ularning ma’no taraqqiyotini tadqiq etish hamda imlo masalasiga qaratilgan. Oʻzbek va 
    qoraqalpoq tillari leksikasida oʻzlashma soʻzlarning tutgan oʻrni, ularning ma’no taraqqiyoti, 
    tematik guruhi va leksikografik talqini kabilarni yoritish mavzuning dolzarbligini koʻrsatadi. 
    Ikki til doirasida ularga boshqa tillarning ta’siri va bir-biriga ta’sirida leksikaning rivojlanishi 
    masalasini yoritish muhim hisoblanadi. 
    Zamonaviy qatlamga bugungi til amaliyotida odatdagi, rasmona deb qaraluvchi 
    leksemalar kiritiladi. Bu qatlamdagi leksemalar na yangilik va na eskilik bo‘yog‘iga ega 
    bo‘lmaydi. Leksemalarning ko‘pchiligi – xuddi shunday. Zamonaviy qatlamga mansub deb 
    belgilashda leksemaning yakka shaxslar nutqidagi mavqeyi emas, balki umumtildagi 
    mavqeyi asosga olinadi. Leksemani zamonaviy qatlamga kiritishda ularning nutqda 
    ishlatilish miqdori ham asosga olinmaydi. Nutqda ko‘p ishlatiladigan leksema odatda 
    zamonaviy qatlamga mansub bo‘ladi. Zamonaviy qatlamga, bulardan tashqari, nutqda oz 
    ishlatiladigan leksemalar ham kiritiladi. Shunga qaramay terminlar zamonaviy qatlamga 
    kiritilaveradi. Yangilik bo‘yog‘i bor leksemaga neologizm deyiladi (yunoncha neos - yangi) 
    [1: 156]. Neologizm tilga umuman mansub bo‘lishi yoki yakka shaxs nutqiga xos bo‘lishi 


    Международный научный журнал № 1 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI века» август, 2022 г 
    131 
    mumkin. Birinchisi umumtil neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi deb 
    yuritiladi.
    Leksemikada, asosan, umumtil neologizmi o‘rganiladi. Individual nutq neologizmi 
    uslubga xos hodisa deb qaraladi. O‘zbek va qoraqalpoq tili leksikasida yangi o‘zlashma 
    so‘zlar o‘ziga xos tizimga ega. Ijtimoiy hayotdagi rivojlanishlar ta’sirida tilning lugat 
    sarhadlari kengayadi va o‘sib boradi, ba’zan esa so‘zlar lug‘atlardan uzoq joy egallay olmay, 
    tushib qoladi. O‘z navbatida, o‘zgarishlar yoki keskin rivojlanishlar madaniyat, san’at, fan va 
    texnologiya taraqqiyoti tufayli sodir bo‘ladi. Istiqloldan soʻng oʻzbek tili va qoraqalpoqtili 
    lug‘at boyligi ham shunday soʻzlar hisobiga kengaydi va taraqqiy etdi. Buning sababi 
    sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin.
    1. Mustaqillikdan soʻng jamiyat hayotida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va 
    boshqa sohalarda boʻlgan oʻzgarishlar. 
    2. Jahon miqyosidagi ilf-fan, texnik taraqqiyot ta’siri. 
    3. Xorijiy tilda muloqot qiluvchi yurtdoshlarimizning yangi (zamonaviy) oʻzlashma soʻz 
    va terminlarni oʻz nutqlarida koʻplab qoʻllashlari.
    Oʻzbek tilining izohli lug‘atida oʻzlashma soʻzlarning qaysi tilga tegishli ekani alohida 
    shartli qisqartmalar asosida koʻrsatilar ekan, ularning oʻz tilidagi lug‘aviy ma’nosi va 
    tilimizga oʻzlashganidan keyingi monosemantik yoki polisemantik xususiyati alohida 
    koʻrsatib berilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, oʻzbek tilining izohli lug‘atida oʻzlashma 
    soʻz olib kirgan tillar sifatida 16 ta til soʻzlaridan misollar berilgan. Bular sirasiga arab, 
    fransuz, fors-tojik, golland, hind, ingliz, ispan, italyan, lotin, moʻg‘ul, nemis, polyak, rus, 
    xitoy, yunon, chex tillari kiritilgan.[2: 208] 
    Zamonaviy lekisika fan va texnologiya hamda iqtisodiyot sohalarining rivojlanishi 
    bilan, ayniqsa, tez sur’atlar bilan ko‘payadi. Bugungi kunda maishiy leksikaning so‘zlashuv 
    tilida va hatto badiiy asarlarda ham juda ko‘plab qo‘llanayotganiga guvoh bo‘lishimiz 
    mumkin. Bular, ayniqsa, kundalik ishlatadigan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-
    kechak nomlari bilan bog‘liq. O‘zbek va qoraqalpoq tillariga bunday leksemalarning 
    o‘zlashishi yoki tilning ichki imkoniyatlari asosida yuzaga kelayotgan bunday atamalar 
    so‘zlashuv tilida juda faol bo‘lsa ham hanuz o‘z izohini yoki muqobilini topib adabiy tilga 
    kiritilgani yo‘q.
    Maqolada shu kabi masalalarga to‘xtalinib, ular misollar yordamida izohlanib berilgan. 
    Maishiy va axborot-kommunikatsiya sohalarida keng qo‘llanilayotgan bu leksemalar xalqqa 
    tushunarli va sodda qilib izohlab o‘tilgan. Misollarda keltirilgan bu leksemalar ikkala tilda 
    ham birday qo‘llanilib, faqat ayrim jihatlari bilangina ma’nosida o‘zgarish yuzaga kelgan 
    bo‘lishi mumkin. Maqolada keltirilgan misollar vaqtli matbuot va jurnalistikaga doir 
    materiallar asosida yig‘ilgan. 
    Sayt [ingl. site – o‘rin, joy] leksemasi hozirda faol leksemadir. Internetda muayyan 
    mavzu yo‘nalishi bo‘yicha to‘plangan va shakllantirilgan, doimo yangilanib, to‘ldirib 


    Международный научный журнал № 1 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI века» август, 2022 г 
    132 
    boriladigan, o‘z nomi (sarlavhasi)ga ega bo‘lgan ma’lumotlar yig‘indisi ma’nosida ishlatiladi, 
    o‘rni bilan elektron sahifa leksemasi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. 
    Viktorina –muayyan bir soha doirasida yoki bir necha sohalar yuzasidan o‘tkaziladigan 
    savol-javob orqali o’tkaziladigan tanlov. Viktorinada faqat savol-javob emas balki har 
    turdagi shartlar asosida ham olib borilib, bir necha qatnashchilar orasidan g‘olibni aniqlash 
    maqsadida o‘tkaziladi. 
    Virtual –har qanday axborotni yuborish, qabul qilish va qayta ishlash amallarini 
    masofadan turib internet orqali amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Maktublar, 
    arizalar, shikoyatlarni tegishli muassasaga yuborishda bevosita joylardan turib jo‘natishni 
    ta’minlash. 
    press-sekretar [ingl. presse-secretary] leksemasi esa prezident yoki bosh vazirning 
    matbuot bo‘yicha kotibi ma’nosida matbuot kotibi leksemasi bilan erkin almashinish 
    xususiyatiga ega. 
    Reportyor [ingl. reporter] leksemasi tilimizga arab tilidan o‘zlashgan muxbir leksemasi 
    bilan erkin almashish xususiyatiga ega.[3: 19] 
    Desert – restoranlar, kafelar yoki ziyofatlarda asosiy taomlardan keyin tortiladigan 
    yengil parhezbop yeguliklar. Desertga har xil go‘shtsiz salatlar yoki shirinliklar kirishi 
    mumkin. Fransuzlarda desertga, asosan, bir bo‘lak shokoladli shirinlik tortiladi. 
    Brifing –mas’ul hodimning yoki tegishli shaxsning ommaviy axborot hodimlariga 
    tashkil qiladigan matbuot anjumani. Brifingning matbuot anjumanidan farq qiladi. Odatda, 
    brifing 5-15 daqiqa davom etadi va matbuot anjumanidagi kabi jurnalistlar savol 
    berishmaydi. Istisno tariqasida tushunarsiz masalaga oydinlik kiritish uchun ko‘pi bilan 
    ikkita savol berilishi mumkin. Brifingda ko‘tarilgan masalaga oid ma’lumotlar, hisobotlar 
    beriladi. 
    Dispetcher –bir necha aloqa liniyalarini bir liniyaga yoki o‘zaro bog‘lovchi shaxs 
    tushuniladi. Simsiz mobil aloqalar bo‘lmagan paytda bu termin o‘rniga kommutator termini 
    ishlatilgan. Hozirda dispetcherlik ko‘plab sohalarga targ‘ib qilinmoqda. 
    Mustaqallikdan so‘ng tilimizga yangi so‘zlarning kirib kelishi qanchalik tezlashgan 
    bo‘lsa, ko‘pgina so‘zlarning tilimizning leksik qatlamidan chiqib ketishi shunchalik tezlashdi. 
    Shu bilan bir qatorda tilimizga flesh, multimedia, blutus, multimillioner, intranet, peyjering 
    kabi neologizmlar ham kirib keldi. 

    Download 0,71 Mb.
      1   2




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI века август, 2022 г 130 O‘zbek va qoraqalpoq tillarida axborot-kommunikatsiya va maishiy

    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish