ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2022-yil, 4-son




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/239
Sana14.09.2023
Hajmi2.4 Mb.
#81747
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   239
Bog'liq
4-son 1. Tarix, falsafa
имя прилагательное 1000, Malumotlar bazasi, mustaqil ishimioz, Abdurashid kurs ishi pdf variant, eujem paper, 1-Amaliy mashg’ulot. Pythonni o‘rnatish va ishga tushirish. O‘zg, 5 sinf nemis tilidan test, 3e-23 guruh ro\'yxati, HISOBOT MAKTAB, 9au, Эссе на тему, Elektroforez, Choynak, № E1 E2 E3 E4 E5 E6 E7 E8 E9 E10 E11 E12 Mark-fayllar.org (1)
ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2022-yil, 4-son 
54 
Oʻzbekiston SSR Mehnatkashlar deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalari rahbar 
xodimlarining respublika kengashini misol qilib olishimiz mumkin. Mazkur respublika yigʻilishida 
ijroiya qoʻmitalari rahbarlari tomonidan Prezidium faoliyatiga oid kamchiliklarni aytishlari uchun 
imkoniyat yaratilgan. Kengash qatnashchilari Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi, respublika 
Ministrlar Soveti va ayrim ministrliklar mahalliy Sovetlarning va ijroiya komitetlarining amaliy ishida 
yetarli yordam bermayotgani, ularning ijobiy ish tajribalarini oʻrganish, umumlashtirish va keng 
yoyish masalalari bilan shugʻullanmayotgani hamda joylarda koʻtarib chiqilgan masalalarni ba’zan 
tezkor hal qilmayotganini tanqid qilingan [15, 192-v.]. 
Mazkur respublika yigʻilishida koʻtarilgan Oliy Sovet Prezidiumi faoliyatiga oid 
kamchiliklarni koʻp oʻtmay bartaraf etishga kirishildi. Sh. Rashidov raisligida oʻtgan 1956-yil 23-
apreldagi Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining majlisida kun tartibiga “Oʻzbekiston SSR Oliy 
Soveti Prezidiumi va uning apparati ishlarini yaxshilash tadbirlari toʻgʻrisida”gi masala kiritilgan. 
Unda Prezidium apparatining ishlarini yaxshilash choralari belgilandi [16, 97-v.]. 
Mazkur ish uslubi, Prezidium faoliyatidagi ijobiy oʻzgarishlar albatta Sh.Rashidov shaxsiyati 
bilan bevosita bogʻliq edi. Respublika Oliy Sovet Prezidiumi raisi sifatida ishlagan inson katta bosim 
ostida, toʻliq imkoniyatini ishga solib, tinim bilmay ishlashi, kerak boʻlsa bor kuchi va asablarini 
shunga sarflashi lozim edi. “... Sh.Rashidov shunga harakat qildi va tez orada ma’lum boʻldiki, bu – 
shaxsiy sifatlar, gʻoyalardagi, ish uslubidagi oʻziga xoslik, insonlar bilan amaldorlarga xos emas balki, 
hurmat bilan muoamala qilishda koʻrindi” [5, С.15-16.].  
Xulosa. Xullas, Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining XX asr 1950-yillaridagi faoliyati dinamik 
oʻzgarishlar bilan xarakterlanadi. Mazkur davrda Oʻzbekiston Oliy Sovet Prezidiumining ishida ijobiy 
oʻzgarishlar kuzatilib, davlat boshqaruvida u oʻziga xos mavqega ega boʻla boshladi. Bu jarayon 
Prezidium raisi Sharof Rashidovning rahbarlik, tashkilotchilik, yetakchilik hamda diplomatik faoliyati, 
uning oʻzgacha ish uslubi bilan bogʻliq edi. Bu ish uslubida insonparvarlik, adolat, mehnatkashlik, 
samimiylik va boshqa qator shaxsiy sifatlar mujassam edi. Boshqa tomondan, Sharof Rashidovning 
Oliy Sovet Prezidiumi raisi sifatidagi 9 yillik faoliyati uni yetuk siyosat va davlat arbobi sifatida 
shakllanishida, respublikaning eng dolzarb muammolaridan xabardor boʻlishida, Markaz siyosiy 
doiralarida tanilishiga sabab boʻldi. Keyinchalik mazkur omil, uning birinchi siyosiy rahbar 
(Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi) sifatida uzoq yillar xizmat 
qilishida, xalqning haqli ravishda hurmat va e’tiboriga tushishiga ta’sir koʻrsatdi.

Download 2.4 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   239




Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish