



Samarqand
viloyati Bulung’ur tuman XTMFMTTE bo’limiga qarashli 11-umumiy o’rta ta’lim
maktabi
( IX-sinf )
O’qituvchi: Ergashev Eshboy
Bulung’ur-2016
Mavzu: Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar.
Viloyat - maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va boshqa), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari viloyatlarga boʻlingan. 1924-yil shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V.
Maqsad va vazifalar
Darsning maqsadi: o‘quvchilarga jadval ko‘rinishidagi miqdorlar bilan ishlashni o‘rgatish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarda bir o‘lchovli (chiziqli), ikki oichovli (to‘g‘ri to‘rtburchakli), uch o‘lchovli h.k. jadval ko‘rinishidagi miqdorlar haqida bilim va ko‘nikma hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o‘quvchilami yangi bil- imlar egallashga va qattiyatli bo‘lishga yo‘naltirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilaming kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurla- rini kengaytirish.
O’quv jarayonining mazmuni
Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar, ularning o‘lchovlari, turlari. Jadval ko‘rinishidagi o‘zgaruvchilarni tavsiflash. Jadval ko‘rinishidagi o‘zgaruvchilaming elementlari, indeks, elementlar soni.
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Uslub: Aralash.
M - (Ma’ruza)
AH - (Aqliy hujum)
K - (Klaster)
BST - (Blits – savol – test)
SJ - (Savol – javob)
MY - (Mashq bajarish yoki maisol va masala yechish)
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash Vosita: Elektron resurslar, darslik,
plakatlar, tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reding tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
O’quvchilar jadval ko‘rinishidagi miqdorlar - bir o‘lchovli (chiziqli), ikki o‘lchovli (to‘g‘ri to‘rtburchakli), uch oichovli va hokazo, ya’ni massivlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega boiadilar.
Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar))
O’qituvchi o‘z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
Asosiy tushunchalar:
Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar, jadval elementlari va ulaming indekslari, oichov, massiv.
Darsning blok-chizmasi:
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
Usullar
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
|
2
|
O‘tilganlami takrorlash
|
7 daqiqa
|
SJ , K , BST
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
17 daqiqa
|
M , AH
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15 daqiqa
|
SJ, K, BST, MY
|
5
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
|
O’tilganlami qisqacha takrorlashni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
SJ,
K Avvalgi mavzulardagi materiallar asosida.
MY Darslikning Avvalgi mavzusidagi yoki qo‘shimcha misol va mashqlar.
Mavzuni yoritish:
AH Kundalik hayotimizda foydalanadigan ko‘p turdagi jadval- lar:
dars jadvali, shaxmat yoki futbol o‘yinlari bo‘yicha musobaqa jadvali, «Sportloto» lotosreyasining jadvali, karra jadvali, matema- tik jadval va boshqalar haqida so‘raladi.
Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar
Kundalik hayotda ko‘p turdagi jadvallardan foydalaniladi: dars jadvali, shaxmat yoki futbol o'yinlari bo'yicha musobaqa jadvali, Pifagor (karra) jadvali, kelishiklar jadvali va boshqalar. Jadvalni tashkil etuvchilar uning elementlari deyiladi. Jadval ko'rinishidagi miqdorlar bir o‘lchovli (chiziqli), ikki o‘lchovli (to'g'ri to'rtburchakli), uch o‘lchovli (parallelopipedli) va hokazo bo'ladi. Biz bu darslik chegarasida chiziqli va to'g'ri to'itburchakli jadvallami ko'rib chiqamiz.
Chiziqli jadvallar satr yoki ustun shaklida ifodalanadi. Masalan, sinfmgizdagi o'quvchilar ro'yxati sinf jurnalida ustun shaklidagi jadval ko'rinishida yozilgan. O'quvchilarning familiyalari bu jadvalning elementlarini tashkil etadi. Ularning har biri o'z tartib raqamiga ega va har bir tartib raqamga faqat bitta o'quvchining familiyasi mos keladi.
Ikki o'lchovli jadvallar ustunlar va satrlardan tashkil topadi (matn protsessori va elektron jadvallarga oid mavzularni eslang). Ularning elementlari ustun va satrlar kesishgan kataklarda joylashadi. Bunday jadvallarda biror elementni ko'rsatish uchun uning nechanchi satr va nechanchi ustunda joylashganligini, ya’ni satr va ustun bo'yicha tartib raqamlarini bilish kerak bo'ladi. Demak, ikki o'lchovli jadvalning har bir elementiga ikkita (satr va ustun bo'yicha) tartib raqami mos keladi.
Paskal dasturlash tilida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushunchasi kiritilgan.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur.
Massiv — jadval ko'rinishidagi miqdor bo‘lib, u aniq sondagi bir turli va tartiblangan (ya’ni, tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv elementlarining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi, ya’ni ular
manfiy son bo‘lishi ham mumkin.
Paskalda har bir massiv o‘z nomiga ega bo‘lib, ularni nomlash O’zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan: a5, dars_jadvali, tub_sonlar. Massiv
elementlarining tartib raqami indeks deb ataladi va indeks kvadrat qavs ichida yoziladi. Masalan, a[5] yozuvi — a nomli massivning beshinchi elementini bildiradi, ya’ni massiv nomi — a, indeks — 5.
1 – misol . A nomli 7 ta elementdan iborat chiziqli jadvalni hosil qiling.
Tartib raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Qiymati
|
X
|
A
|
a
|
t
|
r
|
z
|
m
|
Demak, jadval elementlari va ularga mos qiymatlar quyidagicha moslikda ekan:
Jadval element!
|
A[ 1]
|
A[2]
|
A[3]
|
A[4]
|
A[5]
|
A[6]
|
A[7]
|
Qiymati
|
X
|
A
|
a
|
t
|
r
|
z
|
m
|
Ikki o‘lchovli massiv elementlari ikkita indeks orqali aniqlanib, ular o‘zaro vergul bilan ajratib yoziladi va birinchi indeks satr tartib raqamini, ikkinchi indeks ustun tartib raqamini bildiradi. Masalan, S[4,3] yozuvi — S nomli massivning 4-satri va 3-ustuni kesishgan katakda joylashgan elementini bildiradi.
2 - misol. S nomli 4x5 (4 ga 5, ya’ni 4 ta satrli va 5 ta ustunli) to‘g‘ri to‘rtburchakli jadvalni tasvirlang (katakchada ko‘k rangda jadval elementlari yozilgan).
Ustun bo‘yicha tartib raqami
|
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
1
|
3.2
S[l,2]
|
1.37
S[l,3]
|
-1.25
S[ 1,4]
|
7.12
S[l,5]
|
-11.4
S[l,6]
|
2
|
0.5
S [2,2]
|
1.1
S[2,3]
|
1.2
S[2,4]
|
-1,1
S[2,5]
|
4.22
S[2,6]
|
3
|
-0.1
S [3,2]
|
1.01
S[3,3]
|
71.2
S[3,4]
|
4.1
S[3,5]
|
-4.11
S[3,6]
|
4
|
6.3
S[4,2]
|
-7.01
S[4,3]
|
1.5
S[4,4]
|
7.5
S[4,5]
|
-1.09
S[4,6]
|
Jadvaldan ko‘rinadiki, masalan, S[l,3]=1.37, S[2,2]=0.5, S[4,6]= -1.09.
Dasturda massivlar o‘zgaruvchilar kabi albatta tavsiflanishi zarnr. Buning uchun Paskal dasturlash tilining Array xizmatchi so‘zi ishlatiladi. Bu so‘zdan keyin kvadrat qavs ichida massivning birinchi va oxirgi elementlarining tartib raqamlari o'zaro ikkita nuqta (..) bilan ajratib yoziladi. Davomida Paskalning of xizmatchi so'zi va undan keyin massiv elementlarining turi yoziladi. Masalan: var
A: array[1..7] of char; {1-misoldagi elementlari 1 dan 7 gacha tartiblangan char (belgili qiymati) turdagi A nomli chiziqli massiv}
S: array[1..4,2..6] of real; {2-misoldagi satrlari 1 dan 4 gacha va ustunlari 2 dan 6 gacha tartiblangan real (haqiqiy qiymati) S nomli ikki o‘lchovli massiv}
bma: array[-2..100] of integer; {-2 dan 100 gacha tartiblangan butun turdagi bma nomli chiziqli massiv}
Demak, massiv (jadval ko‘rinishidagi miqdor) deganda, yagona nom bilan belgilangan bir turdagi tartiblangan miqdorlarning majmui tushuniladi.
3 - misol. Bir o‘lchovli A jadval beshta elementga ega bo‘lsin:
Tartib raqami
|
-1
|
0
|
1
|
2
|
3
|
Qiymati
|
3
|
2
|
12
|
10
|
-8
|
Paskalda bu jadval elementlari quyidagicha ifodalanadi:
A[-l] := 3; A[0] := 2; A[l] := 12; A[2] := 10; A[3] := -8;
Massiv elementlari indeksini biror butun qiymatli o‘zgaruvchi (masalan, i) orqali ifodalash mumkin, masalan, agar i = 1 bo‘lsa, A[i] = 12, agar i = 3 bo‘lsa, A[i] = -8 bo‘ladi.
4 - misol. Ikki o‘lchovli butun qiymatli B massiv berilgan bo‘lsin:
Massiv elementlariga o‘zimiz tartib raqamlari berib B[0,0], B[0,2], B[1,0], ... kabi yozib olamiz:
bunda i = 0, 1 va j = 0, 1, 2 (i — satr tartib raqami, j — ustun tartib raqami) qiymatlarni qabul qiladi. Bu jadval Paskalda quyidagicha tavsiflanadi: var b: array[0..1, 0..2] of Integer;
Eslatib o‘tamiz, identifikator nomining qaysi registrda yozilishining ahamiyati yo‘q!
Umumiy holda indeks sifatida o‘zgaruvchi yoki ifoda qo‘llaniladi. Masalan, 1=0, J= 2 bo‘lsa, 4-misolda B[I,J] = 5 va (1 1=0 1 = 1 va J-2=2-2=0 bo‘lgani uchun) B[I 1, J-2] = 2 bo‘ladi. Biz jadvallarning faqat chiziqli va to‘g‘ri to‘rtburchakli shakllari bilan tanishdik. Aslida Paskal tilida ko‘p o‘lchovli (255 tagacha) jadval ko'rinishidagi miqdorlardan ham foydalanish mumkin. Bunday jadvallarni tavsiflashga bir necha misol keltiramiz.
-
var s: array[1..4, 1..7, 0..10] of Byte; {s — Byte turli 3 o‘lchovli jadval}
-
var t, k: array [1..100, 1..80, 1..50] of string; {t va k — 3 o‘lchovli satrli jadvallar}
-
var f: array [-5..10, 0.. 10, 2.. 10] of char; { f — 3 o‘lchovli belgili jadval}
Paskal dasturlash tilida tavsiflangan massivlar uchun xotiradan joy zaxiralab qo‘yiladi. Shu sababli xotiraning keragidan ortiq qismini band qilmaslik uchun massiv turidan tashqari nechta elementdan iborat ekanligini bilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umuman, chiziqli
K dan
S gacha tartiblangan massiv elementlari soni
S—K l ta, ikki o‘lchovli satrlari
B dan
M gacha va ustunlari
A dan
G gacha tartiblangan massiv elementlari soni
(M—B l) • (G-A l) ta bo‘ladi. Masalan, 3-misoldagi -1 dan 3 gacha tartiblangan A massivda (3 — (-1) 1=3 1 1=) 5 ta butun qiymatli element,misoldagi satrlari 0 dan 1 gacha va ustunlari 0 dan 2 gacha tartiblangan B massivda ((l-0 l)*(2-0 l)=2*3=) 6 ta butun qiymatli element bor.
Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
SJ Darslikdagi yoki qo‘shimcha savol va topshiriqlar.
MY Darslikdagi 1 -2-3-mashqlar.
1 – variant
-
Excelda absolyut va nisbiy murojaat nima?
-
Paskalda identifikator deganda nima tushuniladi?
-
Jadval ko‘rinishidagi miqdorlar necha oichovli boiishi mumkin?
-
Aniq sondagi bir turli va tartiblangan jadval ko‘rinishidagi miqdorlami
qanday atash mumkin?
A) jadval
B) element D) massiv
E) barchasi
-
A[1..5] necha oichovli jadval?
-
bir B) ikki D) besh E) uch
2 – variant
-
Excelda katakchalar blokiga misol keltiring.
-
Paskaldagi identifikator nomi haqida qisqacha so‘zlab bering.
-
Chiziqli jadvallar qanday shaklda ifodalanadi?
-
Massivga xos tushunchalami aniqlang.
A) indeks
B) element
D) turi
E) barchasi
-
A[1..5, 1..5] necha o‘lchovli jadval?
A) bir
B) ikki
D) besh
E) uch
3 – variant
-
Excelda absolyut murojaatga misollar keltiring.
-
Excel va Paskaldagi eng katta butun sonlami taqqoslang.
-
Ikki o‘lchovli jadvallarga misol keltiring.
-
A nomli 9 ta elementdan iborat chiziqli jadvalni aniqlang.
A) A[11..19]
B) A[9..17]
D) A[-2..6]
E) barchasi
-
Ikki o‘lchovli massiv elementi qanday yoziladi?
A) a[2]
B) m[3,3]
D) b[ 1,2,3]
E) barchasi