Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги




Download 1,4 Mb.
bet29/126
Sana21.01.2024
Hajmi1,4 Mb.
#142208
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126
Bog'liq
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

2-savol bayoni:
Murabbiyning tashqi qiyofasi, turli holatlarda o’zini tutishi, his-hayajonini boshqarishi yoshlarning ta’lim va tarbiya olishlarida ulkan ahamiyatga ega.
O’qituvchining tashqi qiyofasi deganda, uning tana tuzilishi, qaddi-qomati, bo’y-basti bilan bir qatorda, gavdasini tutishi, kiyinishi, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi, harakatlari, yurish-turishi tushuniladi. Bunda yuz harakatlarning ta’sirchanligi, gavda va ayrim a’zolarning o’zaro muvofiq harakatlanishi, gapirganda so’z va harakatning uyg’unligi e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
O’qituvchining tashqi qiyofasida mavjud bo’lgan hamma narsa bir maqsadga qaratilishi, ya’ni yoshlarning komil inson bo’lib shakllanishiga yo’naltirilishi zarur. O’qituvchining tashqi qiyofasi, ochiq chehrasi, g’ayrat-shijoati, ruhan tetikligi, so’z va harakatlarning chuqur o’ylab bajarilishi, hech qachon o’zini «yo’qotib» qo’ymasligi, har qanday sharoitda o’zini munosib tutishi bilan yanada ta’sirchanroq bo’ladi.
Hissiy holatni boshqarish.
Har bir inson o’ziga xos hissiy xususiyatlarga ega bo’lib, u sharoitga qarab ichki va tashqi omillarning ta’sirida o’zgarib turadi. Bu bir tomondan individual-ruhiy imkoniyatlarga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan o’z-o’ziga ta’sir etish va o’zini boshqarish qobiliyati asosida namoyon bo’ladi.


Tana harakati.
Tana harakati o’qituvchini o’quvchilar oldida xushbichim, ko’rkam, yoqimli qilish bilan birga, ta’lim-tarbiyaviy mazmunga ham ega bo’ladi. Qaddi-qomatni tik tutib, ishonchli qadam bosish, o’qituvchining o’ziga, bilim va mahoratiga ishonchni ifodalaydi. Bo’shangliq boshning egikligi, sudralib qadam tashlash, bukchayish o’ziga ishonchsizlik va befarqlikni anglatadi.


Yuz harakati.
O’quvchilarga ta’sir etishning kuchli vositalaridan biri, o’qituvchining yuz harakatlaridir. Yuz harakatlar ba’zan so’z bilan ifodalash qiyin bo’lgan hissiyotlarni o’quvchilarga etkazishi mumkin. Aksariyat hollarda yuz harakati so’zning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.







Download 1,4 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   126




Download 1,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

Download 1,4 Mb.