Pedagogik nazokatni egallash tartibi




Download 1,4 Mb.
bet25/126
Sana21.01.2024
Hajmi1,4 Mb.
#142208
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126
Bog'liq
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

Pedagogik nazokatni egallash tartibi. Pedagogik nazokat pedagogik mahorat bilan birga yillar davomida ustozlar tajribasini o’rgangan holda va o’z hayotiy hamda kasbiy faoliyati tajribalaridan kelib chiqib shakllantirilib boriladi. O’qituvchining ma’naviy etuklik darajasi, nazokat sirlarini o’rganishda o’quvchilar bilan muloqot qilish ko’nikma va malakalarini egallashi, maxsus psixologik bilimlarga ega bo’lishida, o’z ustida tinimsiz mehnat qilishi natijasida erishiladi. Avvalo bu bilimlar o’quvchilar psixologiyasini (va bolalarning individual xarakterini) bilish bilan bog’liq.
Axloq asoslarini bilish, hatti-harakatlarda axloqiy ma’noni kasb ettirish ham katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga o’quvchi ruhiyatiga ijobiy-tarbiyaviy ta’sir etish yo’llarini bilish o’qituvchilarning kundalik faoliyatiga aylanishi lozim:

  • o’quvchilarni chin ko’ngildan sevish, o’z muhabbatini o’zaro munosabatda ko’rsata olish;

  • o’quvchilar xulqi va ruhiyatidagi yashirin ichki tuyg’ularni anglashga harakat qilish, ko’rish va kuzatish;

  • sinf jamoasidagi har qanday sharoit va muhitga moslashish;

  • sinf jamoasi bilan o’zaro hamkorlikni, ta’lim-tarbiyaviy maqsadga muvofiq yo’lini tanlash;

  • o’quvchilar bilan norasmiy suhbatlarda o’z ichki hissiyotini sezdirmaslik, aksincha ular ishonchini qozonish.

Pedagogik nazokatning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’qituvchiga muloqotni ijobiy hissiyotlar asosida qurishga, bolalar bilan psixologik hamkorlikka kirishish uslublarini saqlashga yordam beradi. Pedagogik nazokat xususiyatlari hozirgi kunda quyidagi vaziyatlarda muvaffaqiyat poydevori hisoblanadi:

    • o’qituvchi pedagogik nazokat talablariga amal qilib, o’zida muloqotning erkin demokratik asosini shakllantiradi;

    • sinf jamoasida ongli intizomni vujudga keltiradi; o’quvchilar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishadi;

    • o’qituvchi sinfda yakka (avtoritar) hukmronlikdan, erkin muloqotga o’tib, demokratik printsiplar asosida pedagogik faoliyatga kirishish shaklini qo’llaydi;

    • o’quvchilarni ongli ravishda tartib-intizomga muloqot asosida o’rgatadi.

Pedagogik nazokat asosida o’qituvchi o’quvchilar bilan muloqotda qarama-qarshilikka yo’l qo’ymasligi o’zaro munosabatni to’g’ri tashkil etishga yordam beradi. Ma’lumki, o’qituvchining fikr-mulohazalarida nisbiylik va sub’ektivlik alomatlari ham mavjud. U hammaga birdek, to’g’ri munosabatda bo’la olmasligi tabiiy holdir, lekin u mohiyatan barcha o’quvchilarga holis niyatli, yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga ishonch uyg’otishi kerak. Bu holat pedagogik nazokatning muhim xususiyatidir.

Download 1,4 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   126




Download 1,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik nazokatni egallash tartibi

Download 1,4 Mb.