|
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
| bet | 22/126 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #142208 |
Bog'liq Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлигиNazorat savollari:
-
Muloqotning munosabat ko’rinishlarini aniqlang.
-
Odamlarni muloqotga kirishishga da’vat etish turini aytib bering.
-
Qaysi uslubda har bir o’quvchining imkoniyatlari va qobiliyatlari hisobga olinadi?
-
Hamkorlikda ijodiy faoliyat yuritish va dustona munosabat asosidagi muloqot usullarining uzviy bog’liqligi va tafovutlarini izohlab bering.
-
Masofa saqlab mulohazada bo’lish, qo’rqitish, mazax qilish orqali muloqot qilishni qanday baholaysiz? Fikringizni misollar bilan yozma bayon eting.
-
Pedagogik nazokatning mohiyati va asosiy xususiyatlarini og’zaki bayon eting.
-
Nazokat insonlar hayotida qanday vazifani bajaradi?
-
Pedagogik nazokatni qanday tushunasiz?
-
Nazokat va pedagogik nazokat tushunchalarini qiyosiy tahlil qiling.
Mustaqil ish topshiriqlari:
-
Pedagogik muloqatning ahamiyatini izohlang.
-
O’qituvchi muloqat uslublarini ta’riflang.
-
O’zingiz bilgan biror o’qituvchining muloqat mahoratini tahlil qilib chiqing.
-
O’z faoliyatingizda muloqatga qanchalik e’tibor berishingizni tekshiring.
-
O’z muloqat mahoratingizni shakllantirish yuzasidan amallarni bajarib ko’ring.
-
Pedagogik nazokatning mohiyatini tahlil qiling.
Mavzu bo’yicha asosiy xulosalar:
-
Pedagogik muloqot- o’qituvchi va o’quvchilarning qulay psixologik muhit yaratishga yo’naltirilgan dars va darsdan tashqari vaqtdagi professional muloqotdir.
-
Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funktsiyalar bilan xarakterlanadi: shaxsni anglab etish, axborot almashinuv, faoliyatni tashkil etish, rollarni almashinuv, hamdard bo’lishlik, uz mavqeini anglab etish.
-
Pedagogik nazokat bu- o’qituvchining o’quvchilarga maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatishi, mohirona samarali muloqot o’rnatish me’yoridir.
-
Rahbarlikning asosan uchta uslubi uchraydi:
Avtoritar uslub.
Demokratik uslub.
Liberal uslub.
Bularning barchasi pedagog uchun ham xosdir.
|
| |