J. J. Murodov «Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport»




Download 2,21 Mb.
Sana09.01.2024
Hajmi2,21 Mb.
#133132
Bog'liq
Turizm va uni o‘qitish metodikasi
TOIFA 2022 testlar to\'ldirildi, Turizmda taklif., туризмSILLABUS , Нормуродов Ҳусан Султон ўғли (6), Mustaqil ish ma\'vzulari TJABT, Инновационная деятельность учителя



Ushbu ishchi dastur Buxoro Davlat universiteti Ilmiy kengashi 2020-yil “ 28 ”avgustdagi sonli yig’ilishi bilan tasdiqlangan “Turizm va uni o’qitish metodikasi” o’quv fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Ushbu ishchi dastur “Turizm va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha yaratilgan bo’lib, unda mazkur fanning o’quv dasturi, ishchi dasturi, ma’ruza, seminar mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi va amaliy mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi jamlangan.
Mazkur ishchi dastur oliy o’quv yurtlarining bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan.


Tuzuvchi:

J.J.Murodov - «Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport » kafedrasi


katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
Ma’murov B.B. - Jismoniy madaniyat fakulteti dekani p.f.d.professor.

A.E.Sattorov «Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport» kafedrasi


mudiri p.h.d.

Ushbu ishchi o`quv dasturi Buxoro Davlat universiteti Ilmiy kengashi 2021-yil “ dagi sonli yigi’ilishi bilan ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan .


Kirish

Ushbu o‘quv dasturi “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun mo‘ljalangan bo‘lib, “Turizm va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv fani sifatida bakalavrlarni jismoniy tarbiya o‘qituvchisini kasbiy faoliyatiga nazariy va amaliy tayyorlashni ta’minlovchi sohaning o‘rganish fani hisoblanadi. SHuningdek, turizm xaqida umumiy tushunchalar va ularning paydo bo‘lishi, jismoniy tarbiya tizimida turzmning moxiyati va o‘rni, turizmning me’yoriy dasturi (Alpomish va Barchinoy me’yori) va tashkiliy asoslari tavsifi, turizmda texnika va taktika, turizmda O‘zbekiston Respublikasida o‘lkashunoslik va turistik tushunchalar, tabiatni muxofaza qilish, turizm elementlari bo‘yicha ommaviy tadbirlar va musobaqalar haqida ma’lumotlarini qamraydi.




O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga turizm va uni o‘qitish metodikasini kursining turli bilimlari, asosiy mazmunini tushuntirish, turizmning forma va metodlari, turistik poxodlarni tashkil qilish, kerakli nazariy bilimni egallash va amalda ularni qo‘llay bilish mahoratini o‘rganish.
Fanni vazifasi - turistik poxodlarda sportcha chamalab topish, turistik tabdilarni tashkil qilish usullari, turistik sayoxatlarga tayyorlanish va unga kerakli bo‘lgan jixozlar, oziq –ovqatlar, dori-darmonlar hamda shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari, topografik va shartli belgilar bilan talabalarni tanishtirish. SHuningdek, o‘lkani o‘rganish, jamoat joylarda foydali xizmatlar ko‘satish, tabiatni muxofaza qilish ishlarini olib borishga doir materiallaridan foydalanish.
Mustaqil O‘zbekistonda turizm xalqaro axamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy- madaniy, siyosiy, iqtisodiy va tarbiyaviy jarayon sifatida mavjuddir. Mamlakatning geografik sharoiti va ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy tuzilmalari asosida turizm ikki yo‘nalishga (ichki va xalqaro turizm) ajratilgan. Ular asosan sayr (ekskursiya) va sayoxatlar (piyoda va turli ulovlarda yurish) shaklida olib borilishi ko‘zda tutiladi.
Bir kunlik (ko‘p kunlik) turistik sayoxatni tashkil qilish va o‘tkazish, unda qo‘rsatilgan masofani piyoda yurib o‘tish, turistik texnikaga doir musobaqalar tashkil qilish, topografiyadan turli mashg‘ulotlar o‘tkazish, marshrut sxemalarini ishlash qonun-qoidalarini o‘rgatishdan iborat.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan
talablar

“Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishining talabalari «Turizm va uni o‘qitish metodikasini» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:



  • turizm xaqida umumiy tushunchalar;

  • turizmning paydo bo‘lishi,

  • jismoniy tarbiya tizimida turzmning moxiyati va o‘rni;

  • turizmning me’yoriy dasturi va tashkiliy asoslari tavsifi; turizmda texnika va taktika;

  • turizmda O‘zbekiston Respublikasida o‘lkashunoslik va turistik tushunchalarini bilish kerak;

Ko‘nikma - talabalar turizmning forma va metodlari, turistik poxodlarni tashkil qilish, turistik poxodlarda sportcha chamalab topish, turistik tabdilarni tashkil qilish usullari, turistik sayoxatlarga tayyorlanish va unga kerakli bo‘lgan jixozlar, oziq – ovqatlar, dori-darmonlar hamda shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlari, nazorat me’yorlarni (Alpomish va Barchinoy test me’yorlarni) olish, topografik va shartli belgilarni aniqlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
Malaka - talabalar o‘lkani o‘rganish, jamoat joylarda foydali xizmatlar ko‘satish, tabiatni muxofaza qilish ishlarini olib borishga doir materiallarini o‘rganish. Bir kunlik (ko‘p kunlik) turistik sayoxatni tashkil qilish va o‘tkazish, unda qo‘rsatilgan masofani piyoda yurib o‘tish, turistik texnikaga doir musobaqalar tashkil qilish, topografiyadan turli mashg‘ulotlar o‘tkazish, marshrut sxemalarini ishlash loyixalash malakalariga ega bo‘lishi kerak;


Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi

Turizm va uni o‘qitish metodikasi fani asosiy umumkasbiy fan hisoblanib, 4


- semestrda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida berilgan umumiy psixologiya, umumiy pedagogika, o‘qituvchi nutq madaniyati, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi, sport tibbiyoti-DJM va JT gigienasi, jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi, gimnastika va uni o‘qitish metodikasi, engil atletika va uni o‘qitish metodikasi, sport va harakatli o‘yinlar va uni o‘qitish metodikasi, jismoniy madaniyat tarixi va boshqarish, suzish va uni o‘qitish metodikasi, sport psixologiyasi maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda sport turlari sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish va hakamlik qilish kabi fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.


Fanning ta’limdagi o‘rni

Turizm va uni o‘qitish metodikasi fani mutaxassislik fan bo‘lib, bo‘lajak jismoniy madaniyat bo‘yicha mutaxassis kadrlarga turizm kursi bo‘yicha to‘liq bilim beradi. Insonning sog‘lom baquvvat bilimdon bo‘lib rivojlanishiga o‘rgatadi, jismoniy sifatlarini tarbiyalashga, takomillashtirishga ko‘maklashadi, shuningdek, ularning bilimi harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. SHu munosabati bilan jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha chiqarilgan davlat derektiv xujjatlarga javob berishida etakchi rol’ o‘ynaydi.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning turizm va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi innovatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan va sport jihozlaridan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


Asosiy qisim


Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni

Jismoniy tarbiya tizimda turizmning moxiyati va o‘rni


Turizmni o‘qitishdagi maqsad va vazifalar. Turizmning tarbiyaviy sog‘lomlashtirish va ta’limiy ahamiyati.
Turizm turlarining klassifikatsiyasi: sayr qilish, ekskursiya, poxodlar, tayyorgarlik poxodlari, ekspeditsiya, xavaskorlik sayoxatlarini ahamiyati.
Turizm turlarining klassifikatsiyasi tashkil qilish va o‘tkazish ko‘nikmalarini egallaydi.


Turizmning me’yoriy dasturi va tashkiliy asoslari tavsifi
Jismoniy tarbiya tizmida O‘zbekistn Respublikasi axolisining jismoniy tayyorgarligi, salomatlik darajasini aniqlashda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testalari me’yoriy dasturini ahamiyati.
Turizm bo‘yicha razryadlar va toifa (kategoriya) qiyinchiligi. Sayoxatlar soni va mazmuni. Sayoxatlarning qiyinchilik toifalarini (kategoriyalarini) aniqlash belgilari. Piyoda yurish turizm. Tog‘ turizmi (masofalar haqida tushuncha).
Kasb-xunar kollej, akademik litsey, umumta’lim maktablarda turizmning ahamiyati. O‘lka shunoslik va ijtimoiy foydali ishlar.
Bolalar jamoalarida turizmni tashkil qilish. Turistik to‘garklarni tashkil qilish.
Turizm ishlarini rivojlantirish ma’lumotlariga ega qilish.


Turizmda texnika va taktika
Texnika tushunchasi: piyoda yurish sayoxatini tashkil qilish va o‘tkazish, yo‘lda yurish qoidalari. Turistik sayrlarni tashkil qilish va uni yakunlashda o‘kuvchining roli. Sayrlarda har xil tadbirlarni o‘tkazish.
Turistik sayrlarda ovqatlanish.
Tibbiy ko‘rik va shifokor nazaorati. Jaroxatlanganda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish tadbirlari bilan tanishtirish.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lkashunoslik va turistik tushunchalar, tabiatni muxofaza qilish
Sayrlarda o‘lkashunoslik va qidiruv ishlari. Meteorologik kuzatishlar: Xavo yaxshi bo‘lishning belgilari.
Ob-xavo tuzilishining belgilari, Topografik kuzatishlar, Giologik kuzatishlar, er tuzilishining o‘rganish, Gidrologik kuzatishlar, Botanik va zoologik kuzatishlar, Fenalogik kuzatishlar, Temir yo‘l, suv va xavo yo‘llari, Daryo va dengiz yo‘llari, Tabiatni muxofaza qilish ma’lumotlariga ega qilish.


Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg‘ulotlarda talabalar turli xil turizm bo‘yicha texnik taktik piyoda yurish harakat jarayonlarini, turlari bo‘yicha shakli (formalarini) o‘tish, topografik chizma modellarini yaratish va amalda ko‘rish hamda nazorat qilishni o‘rganadilar.


Amaliy mashg‘ulotlar To‘dako‘l hududiy dam olish oromgohida o‘tkaziladi. Amaliy mashg‘ulotlar quyidagi marshrutlar bo‘ylab:

  • Xududiy – dam olish oromgoxi va sport oromgoxlariga marshrut bo‘yicha yurishlar tashkil qilish.

  • Bir kunlik va ko‘p kunlik turizm sayrlarini (poxodlarini) tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Amaliy mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular.

  1. Turizm tarixi va ularning paydo bo‘lishi.

  2. Jismoniy tarbiya tizimda turizmning moxiyati va o‘rni.

  3. Turizmning hozirgi kundagi roli va axamiyati.

  4. Jismoniy tarbiya tizimida turizmning moxiyati va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni.

  5. Turizmning me’yoriy dasturi va tashkiliy asoslari tavsifi.

  6. Turizm elementlari bo‘yicha ommaviy tadbirlar va musobaqalar.

  7. O‘zbekiston Respublikasida o‘lkashunoslik va turistik tushunchalar, tabiatni muxofaza qilish usullarini o‘rgatish.

  8. Turizmda texnika va taktikasini o‘rgatish.

Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi. Unda talabalar asosiy ma’ruza mavzulari bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulotlar orqali yanada boyitadilar. SHuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materialllardan foydalanish, sport maydonlarini ko‘rish, ularni maketlarini tuzish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalarning bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi.


Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar turizm bo‘yicha texnik taktik piyoda yurish harakat jarayonlarini, turlari bo‘yicha shakli (formalarini) o‘tish, topografik chizma modellarini yaratish va amalda ko‘rish hamda nazorat qilish haqida nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega ekanliklari aniqlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida quyidagi marshrut bo‘ylab xududiy – dam olish oromgoxi va sport oromgoxlariga marshrut bo‘yicha yurishlarni topografik chizmalar yordamida ishlab chiqishni tashkil etadilar.
SHuningdek, ma’ruza mashg‘ulotlaridagi mavzular bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni, bir kunlik va ko‘p kunlik turizm sayrlarini (poxodlarini) tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nazariy bilim va malakalarga qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlanadi, baxolanadi hamda ularni bilimlari yanada mustaxkamlanadi.
Seminar mashg‘ulotlarida tavsiya etiladigan mavzular.


Jismoniy tarbiya tizimda turizmning moxiyati va o‘rni Turizmni o‘qitishdagi maqsad va vazifalar. Turizmning tarbiyaviy sog‘lomlashtirish va ta’limiy ahamiyati.
Turizm turlarining klassifikatsiyasi: sayr qilish, ekskursiya, poxodlar, tayyorgarlik poxodlari, ekspeditsiya, xavaskorlik sayoxatlarini ahamiyati.
Turizm turlarining klassifikatsiyasi tashkil qilish va o‘tkazish ko‘nikmalariga ega ekanligi aniqlanadi va baxolanadi.


Turizmning me’yoriy dasturi va tashkiliy asoslari tavsifi
Jismoniy tarbiya tizmida O‘zbekistn Respublikasi axolisining jismoniy tayyorgarligi, salomatlik darajasini aniqlashda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testalari me’yoriy dasturini ahamiyati.
Turizm bo‘yicha razryadlar va toifa (kategoriya) qiyinchiligi. Sayoxatlar soni va mazmuni. Sayoxatlarning qiyinchilik toifalarini (kategoriyalarini) aniqlash belgilari. Piyoda yurish turizm. Tog‘ turizmi (masofalar haqida tushuncha).
Kasb-xunar kollej, akademik litsey, umumta’lim maktablarda turizmning ahamiyati. O‘lka shunoslik va ijtimoiy foydali ishlar.
Bolalar jamoalarida turizmni tashkil qilish. Turistik to‘garklarni tashkil qilish. Turizm ishlarini rivojlantirish ma’lumotlariga ega ekanligi aniqlanadi va baxolanadi.


Turizmda texnika va taktika
Texnika tushunchasi: piyoda yurish sayoxatini tashkishl qilish va o‘tkazish, yo‘lda yurish qoidalari.
Turistik sayrlarni tashkil qilish va uni yakunlashda o‘kuvchining roli.
Sayrlarda har xil tadbirlarni o‘tkazish. Turistik sayrlarda ovqatlanish.
Tibbiy ko‘rik va shifokor nazaorati. Jaroxatlanganda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish tadbirlari bilan tanishtirish bo‘yicha ma’lumotlariga ega ekanligi aniqlanadi va baxolanadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lkashunoslik va turistik tushunchalar, tabiatni muxofaza qilish
Sayrlarda o‘lkashunoslik va qidiruv ishlari. Meteorologik kuzatishlar: Xavo yaxshi bo‘lishning belgilari.
Ob-xavo tuzilishining belgilari, Topografik kuzatishlar, Giologik kuzatishlar, er tuzilishining o‘rganish, Gidrologik kuzatishlar, Botanik va zoologik kuzatishlar, Fenalogik kuzatishlar, Temir yo‘l, suv va xavo yo‘llari, Daryo va dengiz yo‘llari, Tabiatni muxofaza qilish ma’lumotlariga ega ekanligi aniqlanadi va baxolanadi.


Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlari hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • topografik chizmani chizish va marshurut bo‘yicha yurish variantlarini ishlab chiqish;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzular ustida ishlash;

  • turizmda ishlatiladigan sport anjomlarini o‘rganish;

  • talabaning o‘quv – ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy ta’lim.

Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari:

  • Turizm turlarining klassifikatsiyasi: sayr qilish, ekskursiya, poxodlar, tayyorgarlik poxodlari, ekspeditsiya, xavaskorlik sayoxatlarini ahamiyati.

  • Jismoniy tarbiya tizmida O‘zbekistn Respublikasi axolisining jismoniy tayyorgarligi, salomatlik darajasini aniqlashda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testalari me’yoriy dasturini ahamiyati.

  • Turizm bo‘yicha razryadlar va toifa (kategoriya) qiyinchiligi. Sayoxatlar soni va mazmuni.

Sayoxatlarning qiyinchilik toifalarini (kategoriyalarini) aniqlash belgilari.

  • Piyoda yurish turizm.

  • Tog‘ turizmi (masofalar haqida tushuncha).

-Kasb-xunar kollej, akademik litsey, umumta’lim maktablarda turizmning ahamiyati. O‘lka shunoslik va ijtimoiy foydali ishlar.
-Texnika tushunchasi: piyoda yurish sayoxatini tashkishl qilish va o‘tkazish, yo‘lda yurish qoidalari.
-Turistik sayrlarni tashkil qilish va uni yakunlashda o‘quvchining roli.
-Sayrlarda har xil tadbirlarni o‘tkazish.
-Jaroxatlanganda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish tadbirlari.
-Sayrlarda o‘lkashunoslik va qidiruv ishlari.
Meteorologik kuzatishlar: Xavo yaxshi bo‘lishning belgilari.
-Balandlikka chiqish, tushish, chodirlarni tez o‘rnatish, ryukzakka kerakli buyum va jixozlarni joylash, ovqat pishirish kabilar bo‘yicha estafetalar tashkil qilish, devoriy gazeta tayyorlash, rasmlar ko‘rgazmasini namoyish etish.

  • Video tasmalariga tushirish hamda bukletlar tayyorlash.

Dasturning informatsion - uslubiy ta’minoti
Turizm va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘rgatish hamda o‘zlashtirishda yangi pedagogik texnologiyasidan (klaster, bumerang, zanjir, torozi, echim daraxti), zamonaviy texnika vositalaridan, ko‘rgazmali qurollardan, musiqalardan, videokassetalardan ko‘rsatish va boshqalardan foydalanishni o‘rgatiladi.
Foydalanilgan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar

  1. Abdumalikov R., Xoldorov T. Turizm “O‘qituvchi” Toshkent., 1999 y.

  2. Xoldorov T., Tulenova X.B Turizm va uni o‘qitish metodikasi , TDPU bosmaxonasi, Toshkent., 2007 y

  3. Tulenova X.B ., Xoldorov T Turizm - sayyoxlik “Iqtisod -moliya” Toshkent., 2010 y



Qo‘shimcha adabiyotlar



  1. Tulenova X, Mirsagatov B Umumta’lim maktablarida darsdan tashqari tadbirlarning xususiyatlari. Ilmiy maqola “Pedagogik ta’lim” jur. № 4 soni Toshkent TDPU 2005 yil

  2. Xoldorov T., Tulenova X, K.Raximqulov Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, turizm, xalq milliy uyinlarining nazariy va amaliy asoslari. Metodik qo‘llanma TDTU bosmaxonasi, 2007, uslubiy qo‘llanma

  3. Tulenova X.B. Talabalar ta’lim-tarbiya jarayonida “Buyuk ipak yo‘li” haqida. Aktualnыe problemы turizma-2010 ejegodnыy sbornik nauchnыx trudov. Vыpusk 2. Toshkent-2010

Download 2,21 Mb.




Download 2,21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



J. J. Murodov «Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport»

Download 2,21 Mb.