• Chavandoz
  • Jackson Pollock Template




    Download 1,25 Mb.
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,25 Mb.
    #241900

    “Tasviriy sanatda animalistik janr va uning tasvirini ishlash metodikasi”

    • Animalistik janr o‘zgacha tasviriy san’at turidir.
    • U lotincha «anima» –hayvonot olami degan ma’noni bildiradi. Animalist – rassom hayvonot dunyo siga zo‘r qiziqish va mahorat bilan yondashadi.
    • Hayvonot dunyosi ibtidoiy odamlar hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
    • O‘sha davrda ular g‘orlarning devorlarida kiyik, qo‘tos, mamontlarning suratlarini chizganlar
    • Qadimgi Yaponiya va Xitoyda hayvonlarning tasvirlari dekorativ naqshlar tuzishda hamda monumental kompozitsiyalar yaratishda asosiy hisoblangan.
    • XVII asrga kelib hayvonot olami anatomiyasini buyuk musavvirlar Leonardo da Vinchi va A. Dyurerlar ishlab chiqdilar
    • Rossiyada birinchi animalist rassom I.Groot edi.
    • Keksa haykaltarosh va grafi k musavvir V.A.Vatagin o‘zining asarlarida hayvonot olamini haqqoniy va ishonchli tasvirlaydi.
    • O‘rta Osiyodagi dastlabki haykaltaroshlik yodgorliklari knyaz Romanov saroyi (Toshkent) oldiga o‘rnatilgan hayvonlar haykali (it, kiyik), Sitorai Mohi Xosa (Buxoro) eshigi oldidagi sherlar haykali hisoblanadi.
    • 1886-yili Toshkentdagi ko‘rgazmada usta To‘xta Sodiq Xo‘jayev alebastrdan yasagan ot va kiyik haykalchasini namoyish etgani ma’lum.
    • Tasviriy san’atning animalistik janrida rassom P.Mordvinsev tomonidan yaratilgan «Jimlik» nomli asarda ot va qulunning yaylovdagi tasvirini ko‘rish mumkin.
    • Animalistik janrda, asosan, haykaltaroshlarimiz salmoqli ijodiy asarlar yaratganining guvohi bo‘lamiz. 60-yillardan boshlab M. Musaboyev, A. Boymatov, J. Quttimurodov kabi o‘nlab iste’dodli haykaltaroshlar ijod olamiga kirib keldilar.
    • Ular o‘zbek xalqining o‘tmishi, bugungi kuni, turmushi, mehnat faoliyati va ijodiy ishlarini o‘z haykallarida ifodalaganlar.
    • Abdumo‘min Boymatov 1934-yili Farg‘ona viloyatining Beshbola qishlog‘ida tavallud topdi.
    • O‘zbekiston xalq rassomi. Animalistik haykal janri bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirgan.
    • Mustaqillik davri haykaltaroshlik san’atining mahobatli turida ishlangan ilk tarixiy asarlar sifatida A.Temurning mahobatli otliq haykali (I. Jabborov)ni qayd etish joizdir.
    • Bu davrda dastgohli haykaltaroshlik san’ati vakillari tomonidan T.Tojixo‘jayevning «Chavandoz», J.Quttimurodovning «Oqqush» kabi ko‘plab asarlari yaratildi.

    Download 1,25 Mb.




    Download 1,25 Mb.