Oʻzbekistonning Jahon bozoriga kirib borishida imkoniyatlar yanada kengaydi




Download 181,5 Kb.
bet7/8
Sana30.11.2023
Hajmi181,5 Kb.
#108775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jaxon bozori va uning shakllari

2.3. Oʻzbekistonning Jahon bozoriga kirib borishida imkoniyatlar yanada kengaydi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirmoqda. Sobiq Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda tashqi iqtisodiy aloqalar olib borish imkoniyatidan mahrum etilgandi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon savdosida ishtirok etilmasdi. Bu masalalarda o‘zining intellektual salohiyatdan, iqtisodiy va tabiiy resurslari potensialidan to‘lig‘icha foydalana olmagan. Respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarda ishtirok etishi barcha masalalari markaz ko‘rsatmasi ostida hal qilinardi. Endi O‘zbekiston mustaqillikka erishgach jahon hamjamiyatining huquqli a’zosiga aylandi. Respublika nufuzi katta sanoat potensiali, malakali mehnat resurslari mavjudligi bilan mustahkamlanmoqda. Bular yuqori texnologiyali mahsulotlar: samolyotlar, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari va taraqqiy etgan mamlakatlarga xos boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Respublikani xorijiy mamlakatlar bilan tashqi-iqtisodiy aloqalarini kengaytirish, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etishi uchun katta imkoniyatlari mavjud. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida tashqi savdo sur’atlari sezilarli o‘sdi. 1992-2005 yillar orasida tashqi savdo hajmi qariyib 3,6 marta ko‘paydi. Birgina 2005 yilda tashqi savdo oboroti 17,3 % ga ko‘paydi. Savdo operatsiyalari tobora xilma-xil bo‘lib, tovar va xizmatlarning keng turlarini qamrab olayapti, respublika korxonalarini yangi mahsulot turlari bilan to‘ldirayapti.
Tovar aylanmasining o‘sishi mamlakat korxonalarining eksport faoliyati faollashuvi evaziga, ham chetdan va xizmatlar harid qilish hajmi kengayishi hisobiga amalga oshdi. Eksport sur’atlari o‘sishi import o‘sishidan o‘rtacha 2-3 marta o‘zib ketdi. Mamlakatning to‘lov balansi mustahkamlandi. 1998 yildan buyon respublikada tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo ta’minlanayapti. Bu esa milliy valyutaning mustahkamlanishi va uning ichki va tashqi konvertatsiyasida yutuqlarga erishish uchun ob’ektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Eksport. O‘zbekistonda iqtisodiy islohatlar yillarida eksport va import tuzilishi anchagina takomillashdi. 1990-2005 yillar davomida respublika eksportida xomashyo resurslari realizatsiyasi 98 % dan 60 % ga yaqin kamaydi. Shu bilan birga mustaqillikning birinchi yillaridagidek paxta tolasi eksport ulushi respublika eksportining 1/5 ni tashkil qilmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, bir vaqtning o‘zida eksportda paxta gazlamalari, iplar, trikotaj buyumlar va boshqa paxtadan tayyorlangan to‘qimachilik materiallari salmog‘i anchagina oshdi. Eksportning o‘sishida to‘qimachilik mahsulotlari esa 2005 yilda 16 % darajada baholandi. Hozirgi kunda mamlakat eksport nomenkulaturasi ro’yxatini polietilen, paxta sellyulozasi, shisha tolasiga asoslangan quvurlar, yangi turdagi kabel-o‘tkazgichlar, elektrotexnika mahsulotlari va juda ko‘p boshqa tovarlar egallamoqda. Eksport tarkibida mineral va kimyo mahsulotlari, rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mashina, asbob va uskunalar, boshqa tovarlar ulushi ham ko‘paymoqda. Turli xil pudrat ishlarining hajmi, respublika norezidentlari tomonidan ko‘rsatilayotgan moddiy harakteridagi xizmatlar turi ko‘lami ortib bormoqda. Import. Bu davrda respublika importida oziq-ovqat tovarlari va mahsulotlarini harid qilish ulushi 80 % dan 13 % ga qisqardi. Yangi uskunalar, texnikalar, yangi texnologiyalar sotib olish esa 0,2 % dan 35-45 % ga ko‘paydi. 2005 yilda mashina, asbob va uskunalar sotib olish qariyib 300 mln. dollarga yetdi. Import ulushida ishlab chiqarish vositalari ham o‘sdi. Import tuzilishi sifat jihatidan o‘zgardi. Importda doimiy ravishda texnik-ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulotlar, mashina, asbob va uskunalar salmog‘i borgan sari oshayapti.
Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda, – deydi iqtisod fanlari doktori Nodir Jumayev.
Jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishida muhim o‘rin tutadi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz. Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi Darhaqiqat, globallashuvning zarurati mamlakatimiz tashqi savdodasida hamkor davlatlarning ahamiyati va integratsiyaning zaruratini o‘zida aks ettirmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’atlarini mustahkamlash, savdo munosabatlarnini erkinlashtirish blan birga kapital va ishchi kuchi xarakatini soddalashtirilishida integratsion jarayonlarning roli o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda. So‘nggi vaqtlarda Jahon Savdo Tashkiloti (JST), YevroOsiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) haqida, unga mamlakatimizni qo‘shilish qo‘shilmaslik masalalari, umuman olganda xalqaro iqtisodiy integratsiyalarning foyda va zararlari xususida turlicha qarashlar paydo bo‘ldi. Ta’kidlash lozimki, jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan globallashuv va so‘nggi kuzatuvlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, xalqaro savdo, moliya, kapital va kreditlar hamda axborot oqimi, shuningdek, integratsiyalashgan bozorlarning kengayishi va tobora chuqurlashi yuz bermoqda. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishi ta’sirini baholash uchun tadqiqot o‘tkazmoqda. Iqtisodiy globallashuv – bu tarixiy jarayon bo‘lib, inson kashfiyotlari va texnologik taraqqiyotning natijasidir. U jahon iqtisodiyotida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallik bilan o‘sib borishini (xususan, savdo va kapital oqimlari orqali) anglatadi. Bu tushuncha ba’zan insonlar (ishchi kuchi) va ilm-fanning (texnologiya) xalqaro hududlar bo‘ylab harakatini ifodalashda ham ishlatiladi. Bundan tashqari, globallashuv tushunchasi keng madaniy, siyosiy va iqtisodiy holat bilan bog‘liq o‘lchovlarni ham qamrab oladi. Bu tushunchaning ishlatilishi XX asrning 80- yillarida ommaviy tus olgan bo‘lib, u o‘zida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishni soddalashtiruvchi va tezlashtiruvchi texnologik imkoniyatlarni aks ettirgan. U inson iqtisodiy faoliyatining turli darajalarida asrlar davomida amal qilib kelgan o‘sha bozor kuchlarining milliy chegaralarni e’tiborga olmay uzluksiz kengayishini anglatadi.Bozorlar raqobat va ishchi kuchining ixtisoslashuvi orqali samaradorlikni rag‘batlantiradi, ya’ni insoniyat imkon qadar samaradorlikka intiladi. Global bozorlar insoniyatga jahon bo‘ylab ko‘proq va kattaroq bozorlardan foydalanish borasida kengroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu shuni anglatadiki, ular yanada ko‘proq kapital oqimi, texnologiya, arzon import va yirik eksport bozorlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Lekin bozorlar samaradorlikning oshishidan ko‘riladigan manfaatlarni barcha uchun teng taqsimlanishini kafolatlay olmaydi. Globallashuv kechagina sodir bo‘lgan voqelik emas. Ba’zi tahlilchilar jahon iqtisodiyoti 100 yillar oldin ham bugungi kundagidek globallashganligini e’tirof etadilar. XIX asr oxirlariga kelib, milliy daromad tarkibidagi tashqi savdo oqimining ulushi deyarli bugungi kundagidek edi, zero, kapital, transferlar nisbatan yirikroq, insonlarning ko‘chib o‘tishi darajasi immigratsiyaga to‘siqlarning mavjudligiga qaramay bugungi kunga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Lekin shuni tan olishimiz kerakki, bugungi kunda tijorat va moliyaviy xizmatlar avvalgi davrdagiga nisbatan ancha taraqqiy etgan va chuqur integratsiyalashgan.
Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik Oʻzbekistonga nima beradi? Maʼlumki, Jahon savdo tashkiloti (JST) — mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Xoʻsh, ushbu tashkilotning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Global dunyo uchun qanday ahamiyat kasb etadi? Unga aʼzo boʻlish qanchalik samara keltiradi? Keling, quyida shular haqida fikr yuritamiz.
Vazifalar va kutiladigan natijalar
Avvalo qayd etish lozimki, JST (WTO, ingl. World Trade Organization)ning asosiy maqsadlaridan biri oʻzini oʻzi himoya qilishni kuchaytirish va proteksionizm qoʻllanishini bekor qilishdan iborat. Mazkur tashkilot xalqaro tijorat uchun qulay huquqiy tizimni taqdim eta oladigan cheksiz imkoniyat eshigi. Oʻzaro qabul qilingan muhim hujjatlar davlatlarning oʻz savdo siyosatlarini kelishilgan mezonlarda olib borishlarida masʼuliyat yuklaydi. Bundan koʻzlangan maqsad — jahon bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga koʻmak berishdir. Xalqaro savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini taʼminlash, iqtisodiy oʻsish va xalq farovonligini oshirish JSTning asosiy funksiyalari sirasiga kiradi. JST unga aʼzo boʻlgan mamlakatlardan ichki bozorni erkinlashtirishni qatʼiy talab qiladi. Ushbu vazifani bajarish esa unchalik oson kechmaydi. Sababi arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalariga raqobat qila olmagan milliy korxonalar tanazzulga uchrashi ayni haqiqatdir. Shunday ekan, Oʻzbekiston uchun kutiladigan natija nima boʻladi? Albatta, har bir ishning samaradorligi oʻsha -davlat, muhitdagi yaratilgan sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga chambarchas bogʻliq kechadi. Buning uchun:
— iqtisodiyotni erkinlashtirish va sanoat tarmoqlari baravar rivojlanishini tartibga solish;
— narx-navoni tartibga solish va maqbul soliq tizimini vujudga keltirish;
— alohida sektorlar va ishlab chiqarishda subsidiyalarni saqlash;
— tovarlarni standartlash va sertifikatsiya qilish tizimini tartibga solish;
— xorij sarmoyalari jozibadorligini oshirish;
— import va eksport boj toʻlovlari tarifini tartibga solish talab qilinadi.
Har bir davlatning bu tashkilotga aʼzo boʻlish jarayoni oʻrtacha 8 — 10, baʼzi davlatlar uchun esa 10 — 15 yilni tashkil etadi. Oʻzbekiston 1995-yilda ariza topshirgan boʻlishiga qaramasdan, faqat 2017-yildan boshlab, ijobiy siljish kuzatilyapti. Lekin ustuvor sohalarning boshqaruvi 30 yildirki, monopolistlarning qoʻlida turibdi. Masalan, transport sohasida yagona aviakompaniya, temir yoʻl kompaniyasi xohlagan narxini oʻrnatadi, jamiyat, -davlatchilik ular bilan samarali kurasha olmaydi. Bundan Oʻzbekiston iqtisodiyoti koʻp yildirki, aziyat chekmoqda.
Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, Gʻarbiy Yevropa davlatlari, -Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblaymiz. Ichki monopolistlardan qutulish muammosi hal boʻladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi.
Tarixi va tuzilishi qanday?
Mavzuni kengroq ochib berishda mazkur tashkilotning tarixi va tarkibiy tuzilishiga alohida toʻxtalib oʻtish joiz. JSTga 1995-yil yanvarda asos solingan. 1994-yil 15-apreldagi Marokash deklaratsiyasida «uning natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlaydi va butun dunyoda savdoni, investitsiyalarni kengaytirib, ishchi kuchi bandligi, daromadlarning oʻsishiga olib keladi. Shuningdek, u jamoaviy bahslar, muzokaralar va taqdimlash orqali mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini rivojlantiruvchi platforma hisoblanadi», deb yozib qoʻyilgan.
1994-yildagi mahsulotlar savdosi haqidagi bitim, xizmatlar savdosi haqidagi bosh bitim, intellektual mulk haqidagi bitim Jahon savdo tashkilotining tarkibiy qismlariga kiradi. Mazkur hujjatlar aʼzo mamlakatlarning parlamentlari tomonidan tasdiqlangan. 1995-yildan faoliyatini boshlagan bu tashkilotga ayni vaqtda aʼzo boʻlgan 164 davlat uchun yangi bozorlar ochiq hisoblanadi. Oʻndan ziyod turli yoʻnalishdagi bitimlar uning normativ-huquqiy bazasini tashkil etyapti. Mazkur hujjatlar talabini bajarish tashkilotning barcha aʼzolari uchun majburiy sanaladi. Aʼzo boʻlishni istagan davlatlar oʻz milliy qonunchiligini ularga muvofiqlashtirishi kerak.
Tashkilotda qarorlar ishtirokchi mamlakatlar yordamida konsensus — umumiy ovoz berish orqali qabul qilinadi. Nizomda qaror koʻpchilik ovozlar evaziga qabul qilinishi belgilab berilgan boʻlsa-da, hozir bunday voqea tashkilot tarixida yuz bermadi. Qarorlar qoidaga koʻra,ikki yilda bir marta chaqiriladigan Vazirlar konferensiyasi tomonidan qabul qilinadi. Borayotgan ishlar borasida javobgar boʻlgan Bosh kengash yigʻinlarini tashkilotning maʼmuriy qarorgohi joylashgan Jeneva shahrida bir yilda bir marta oʻtkazadi. Yigʻilishlarda tashkilotga aʼzo mamlakatlar vakillari, elchilar ishtirok etadi. Bosh kengash qoshida nizolarni hal etish va savdo siyosati tahlillari bilan shugʻullanadigan organlar bor (jami 650 xodim ishlaydi). Bundan tashqari, uning tarkibida savdo va rivojlanish boʻyicha qoʻmita, savdo balansi borasida cheklovlar oʻrnatuvchi qoʻmita hamda byudjet, moliya va maʼmuriy masalalar bilan shugʻullanadigan qoʻmita faoliyat yuritadi. Bosh kengashdan quyi pogʻonada yana uchta kengash: tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash va intellektual mulk huquqi boʻyicha kengash faoliyat yuritadi.
Afzalliklar koʻp, muammolarchi?
Tashkilotga aʼzo boʻlishning ijobiy jihatlari koʻp.
Birinchidan, uning zamirida iqtisodiy manfaat turadi. Yaʼni toʻsiqlarsiz oʻzaro mahsulot ayirboshlashga erishiladi va tovar ayirboshlanishi yuksak texnologiyalarning qoʻllanilishi hamda rivojiga hissa qoʻshadi.
Ikkinchidan, xalqning turmush darajasini yaxshilashga turtki beradi, insonlarga sifatli mahsulot isteʼmol qilish imkonini yaratadi.
Uchinchidan, eksport qilinayotgan mahsulotlar hisobiga milliy mahsulotlar tannarxi tushirilishiga xizmat qiladi.
Toʻrtinchidan, milliy ishlab chiqarish hajmini oshirib, byudjetga pul tushumlarini koʻpaytiradi, savdo liberallashuvi mamlakat va alohida vatandoshlarimizning daromadlarini oshiradi. Beshinchidan, mehnat bandligiga ijobiy taʼsir etadi. BMTga aʼzo aksar davlatlar JSTga ham aʼzo boʻlib kirgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan keyin 2012-yilda, Qirgʻiziston 1998-yilda, Tojikiston 2012-yilda, Qozogʻiston 2015-yilda aʼzolikka qabul qilindi. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon JSTga aʼzolikni “energetika mustaqilligiga erishish va aholini oziq-ovqat bilan taʼminlash” sari tashlangan muhim qadam, deb baholagan. Ammo bu jarayon silliq kechadi, degani emas. Demak, hukumat birinchi navbatda mahalliy shirkatlarni himoya qilishga qaratilgan jiddiy tadbirlarni ishlab chiqishi kerak boʻladi.
Bu oʻrinda tashkilotga aʼzolikning afzalliklarini Xitoy davlati misolida koʻrib chiqish ayni muddaodir. -Xitoy 15 yillik murakkab muzokaralar olib borgandan soʻng, ushbu kelishuvlar asosida 2001-yil 11-dekabrda tashkilotga 143-aʼzo boʻldi. Biroq hukumatga bu borada qator ogʻir va mashaqqatli talablarni ilgari surishdi. Tarifni pasaytirish, AQSH kompaniyalari uchun zarur boʻlgan sanoat mahsulotlari tariflarini 25 foizdan 7 foizgacha qisqartirish, Amerika fermerlari uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxini 31 foizdan 14 foizgacha arzonlashtirish, bank sektori, sugʻurta, telekommunikatsiya va kasbiy xizmatlar kabi muhim sohalardagi qator tarmoqlarni keng miqyosda ochish, tizimli islohotlar olib borish, oshkoralik masalasida chuqur islohotlarni oʻtkazish, Xitoyda faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniyalarga toʻsiqlarni bartaraf etish shular jumlasidandir. Koʻrinib turibdiki, Xitoyning JSTga aʼzo boʻlishi bilan bogʻliq asosiy muammo bozorga kirish imkoniyati emas, balki iqtisodiy rejimning shaffofligi, huquqiy, maʼmuriy va institutsional tizimni shakllantirish majburiyatlarini bajarish mexanizmi boʻlgandi. Muzokaralarning yakuniy bosqichida XXRgayana ushbu vazifalar ham qoʻyildi: eksportni rejalashtirish va eksport-import rejalarini amalga oshirish siyosatini rejalashtirish tizimini bekor qilish; tashqi savdo rejimining shaffofligi, litsenziyalash va kvota tizimi, davlat xaridlari bozori, xorijiy ishbilarmonlarga ichki bozor xizmatlaridan foydalanishni erkinlashtirish;eksport subsidiyalarini olib tashlash; davlat korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan voz kechish va qishloq xoʻjaligini himoya qilish. Mazkur tahlildan xulosa shuki, Oʻzbekiston zimmasiga ham JST tomonidan siyosat va iqtisodda ochiqlikni taʼminlash, eksport-import va boshqa iqtisodiy tizimlarda rejalashtirishdan voz kechish, qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini import qilish boʻyicha davlat monopoliyasini bekor qilish yuklanadi. Ammo Xitoy bu shartlarni qabul qilishni davr zarurati, jahon iqtisodi qoidasini hurmat qilish, deb tushundi. Shunchalik murakkablik boʻlishiga qaramasdan, Xitoy hukumati JSTga aʼzo boʻlishning qiyinchiliklaridan koʻra, imkoniyatlari koʻproq boʻlishiga qattiq ishondi.
Tarixiy qarorga kelganidan soʻng, mamlakat ikki masalada yutdi: JSTga aʼzolik tufayli 2008-yilda boshlanib, hozirga qadar davom etayotgan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida arzon boʻlgan Xitoy mollari uchun cheklovli kvotalar olib tashlandi, xalqaro mehnat taqsimotidagi eng foydali jihati — arzon ishchi kuchini eksport qilishga erishildi. Hozirgi kunda xorijda ishlayotgan 70 million muhojir (Gonkong va Tayvandan tashqari) yiliga taxminan 70 milliard dollar mablagʻni Xitoyga yuborib turadi.
Shu oʻrinda mamlakatimiz uchun bu borada qanday muammolar yuzaga keladi, degan haqli savol tugʻiladi. Birinchidan, Oʻzbekistonning JSTga aʼzoligi bojxona soliqlarini 8 — 10 foizgacha qisqartirishga olib keladi. Bundan esa Davlat byudjeti zarar koʻradi. Biroq, oʻz navbatida, bojxona tariflarining keskin qisqarishi Oʻzbekiston bozorlarida mahsulotlarning arzonlashuviga xizmat qiladi. Ikkinchidan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni xususiylashtirish, bozor erkinligiga davlat aralashuvini cheklash borasida tugallanmagan ishlar turibdi. Uchinchidan, respublika ichkarisida zamon talabiga mos bozorbop mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xususan, paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻzbek fermerlari arzon va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi Xitoy, Hindiston, BAA savdo shirkatlariga raqobat qila olmasligi xavfi tugʻiladi. Oqibatda qishloq xoʻjaligi daromadsiz sohaga aylanib qolishi, bu esa 49,5 foizi qishloqlarda yashaydigan aholi uchun yangi infratuzilmani yaratish zaruratini keltirib chiqaradi. Qishloqqa sanoat tarmoqlari kirib kelishi Gʻarb mamlakatlarida boʻlganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy oʻzgarishiga va ijtimoiy faolligiga olib keladi. Intellektual mulk huquqi tizimi va bozorining shakllanmaganligi, ixtirolarni amaliyotda qoʻllash, qaroqchi (pirat) mahsulotlar bozorining avj olganligini bartaraf etish yoʻnalishida ham muammolar toʻplangan. Xususan, adabiy va badiiy asarlarni himoya qilishga doir Bern konvensiyasi (1971-yil 24-iyulda qabul qilingan Parij hujjati), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonunga zid ravishda respublikamizdagi va chet el mualliflarining yaratilgan asarlarini noqonuniy takrorlash — litsenziyasiz (qaroqchi) mahsulotdan foydalanish, kontrafakt mahsulotlarni CD, DVD, VCD, VHS, mp3 shaklidagi disklarga koʻchirib, qalbaki nusxasini bozorlarda bemalol sotib, daromad koʻrish holatlari mamlakatimiz miqyosida avj olgan. Savdoga oid intellektual mulk huquqlari haqidagi bitim (TRIPS), gʻoya va ixtirolar uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, nohalol raqobat majburiyatlari boʻyicha ham qator vazifalar hamon yechilmagan.
Xitoydek boʻla olamizmi?
Endi Oʻzbekiston tajribasidaJSTga aʼzo boʻlish afzalliklari va ayrim kamchiliklarimiz xususida mulohaza yuritsak. Bugungi kunda ekspertlar guruhi (“Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2018-yil 24-dekabrdagi hukumatning 1040-son qarori) tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mutasaddi boʻlgan maxsus komissiya sezilarli tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirganiga shubhamiz yoʻq. Shunday boʻlsa-da, bu borada matbuotda yetarli axborot berilmaganligi bois, tahlilimiz asosida quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligiga eʼtiboringizni qaratmoqchi edim. Birinchidan, mamlakat fuqarolari ijtimoiy guruhlarida daromadlar darajasining jiddiy farqlanishi “boʻshliq”ni yuzaga keltiryapti. Xuddi shu “boʻshliq” boshqa sohalarda islohotlarni oʻtkazishga xalaqit bermoqda. Ayni chogʻda mamlakatimizdagi kambagʻallik darajasi 12 — 15 foiz atrofida ekanligi maʼlum qilindi. Bu 4-5 million aholi yetarli daromad manbaiga ega emasligi, ijtimoiy himoyaga muhtojligini bildiradi. Bizningcha, muammoning yagona yechimi shuki, “Yashash minimumi toʻgʻrisida”gi qonun va konsepsiyani tezroq qabul qilishimiz lozim. Yuqoridagi komissiya “isteʼmol savatchasi” va “yashash minimumi”ni belgilash boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish ishlarini tugallashi maqsadga muvofiq. Hozirgi murakkab pandemiya sharoitiga qaramasdan, mazkur qonunga ehtiyoj kundan-kunga oshib boraveradi. Ikkinchidan, ana shu muammoni tan olgan holda, JSTga aʼzolikni istab, yaqin yillarda erkinlashtirish va raqobatni jadallashtirish dasturlarini qoʻllagudek boʻlsak, jamiyatda ijtimoiy muammolar battar koʻpayadi. Jahon bankining hisob-kitoblariga koʻra, Oʻzbekistonda 4 milliongacha boʻlgan fuqarolarning ishlamasligi, qishloq joylarida ishsizlarni qoʻshgan holda, ularning soni taxminan 6 millionga yetishi, Rossiyada 3 million kishining mavsumiy asosda ishlashini hisobga olmaslik mumkin emas. Mamlakatning JSTga aʼzo boʻlishidan eng koʻp zararni qishloq aholisi koʻradi. Uchinchidan, 2010 — 2019-yillarda YAIM (yalpi ichki mahsulot)ning aholi jon boshiga dinamikasi bir tekis rivojlanmagani, 2017-yilda bu koʻrsatkich 1491 AQSH dollarini tashkil etgani, Oʻzbekistonning JSTgaaʼzo boʻlishi natijasida Xitoy tajribasida boʻlgani singari ishsizlar sonining koʻpayib ketishiga va subsidiyalar asosida moliyalashtiriladigan mashinasozlik, dehqonchilik tarmoqlari ahvolining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Toʻrtinchidan, mamlakat yirik tarmoqlarining bu iqtisodiy jarayonga tayyor emasligi, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ichki bozor narxlari tashqi bozor narxlaridan yuqori ekanligi bilan xarakterlanadi. Oddiy misol: 2020-yil iyul oyida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan “UzAuto Motors” AJda “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablari buzilishi boʻyicha deputat soʻrovi koʻrib chiqildi. Qoʻmitaning maxsus komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi. Unga koʻra, avtomobillar narxlari 3 million soʻmdan 19 million soʻmgacha asossiz oshirilgani aniqlandi. Bunga oʻxshagan holatni boshqa monopol korxonalar misolida ham koʻrsa boʻladi. Oʻzbekiston tashkilotga qoʻshiladigan boʻlsa, ijobiy jihat shuki, 1996-yildan beri “UzAuto Motors” kabi avtomobil sanoatidagi proteksionizm siyosatidan voz kechilishiga, monopoliya tugatilishiga va aholi turmush farovonligi oshishiga erishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining JSTga kirishini tezlashtirish boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga BMTning Taraqqiyot dasturi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Xalqaro rivojlanish boʻyicha AQSH agentligi (USAID), Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyati (GIS) texnik koʻmak berayotganini ham taʼkidlab oʻtish lozim.
Maʼlum boʻlishicha, 2020-yilning 7-iyul kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida videokonferensiya shaklida Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi boʻyicha ishchi guruhining 4-yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Oʻzbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir oʻrinbosari,investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzoqov boshchilik qilgan. Yigʻilish doirasida Oʻzbekistonning tashqi savdo rejimi toʻgʻrisida kengaytirilgan Memorandum muhokama qilingan.
Yangicha yondashuvlar va istiqbol yoʻli
JST — global platforma, undan mamlakat yaxshi foyda koʻradi. Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishdagi -imkoniyatlarini qisqacha baholasak, bular — keyingi yillarda jiddiy islohotlarni boshidan kechirgan turizmning rivojlanishi, integratsiyalashuv imkoniyatlari ortishi, notarif cheklovlarning kamayishi, iqtisodiyotda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ulushining oshishi, davlat monopoliyasining qisqarishida koʻzga tashlanadi. Lekin bu masalaning tashqi tarafi, shakli, xolos. Bizningcha, asosiy masala ichki tashkiliy-tuzilmaviy va texnologik tarafida — mazmunida boʻlib qolgan. Xulosa shuki, Oʻzbekistonning xalqaro tashkilot vakillari bilan muzokaralari 2-3 yilga choʻzilishi ehtimoli mavjud. JSTga aʼzolik masalasi oson hal boʻlmaydi, oldinda juda murakkab bosqichlar turibdi.
Bir maqolada masalaning barcha jihatlarini batafsil yoritishning imkoni yoʻq. Mavzu va muammolar koʻlami shu qadar kengki, ularning birortasini koʻzdan qochirish yangi muammoni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, togʻ-kon, neft-gaz sanoati, energetika, temir yoʻl, havo yoʻllari sohalarida xususiylashtirish hali oxiriga yetkazilmaganligi jiddiy muhokama qilinishi lozim.
Eng muhim jihat shundaki, Oʻzbekiston, birinchi navbatda, oʻzining ichki iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilishi kerak. Geoiqtisodiyot bilan ham jiddiy shugʻullanishga toʻgʻri keladi. Bir vaqtning oʻzida ikki tashkilot kuzatuvchisi sifatida ham JST, ham YEOII bilan hamkorlik qilinayotganligi rahbariyat oldida oʻta murakkab vazifalarning oqilona yechimini topishni koʻndalang qoʻyadi. Ushbu dolzarb masalalarning ijobiy yechimiga erishish uchun Oʻzbekistonning milliy taraqqiyot yoʻli va yuksak farovonlikka erishishiga xizmat qiladigan yangicha yondashuv hamda qarashlar belgilab olinadi, deb ishonamiz.
JSTga aʼzolik, avvalo, monopolist boshqaruvga barham beradi va erkin raqobat muhitini yaratadi. Bunday dadil qadam esa yurtimiz istiqboli uchun, shubhasiz, muhim rol oʻynaydi.


XULOSA

O'tgan asrning mashhur amerikalik iqtisodchilari K.R. MakConell va S.L. To'shak yozadi "bozor butun muassasa yoki sotib oluvchi va ma'lum bir mahsulot yoki xizmatni sotuvchilarni birlashtiradigan mexanizmdir" deb yozadi. Umuman olganda, bozor mahsulotlar sifatida mehnat mahsulotlari iste'mol xususiyatlaridan farqli ravishda almashish tizimi. Yetkazib beruvchilar va xaridorlar o'rtasidagi almashinuv bepul emas, ammo qoplanadigan asosda amalga oshiriladi. Bundan kelib chiqadiki, bozor iste'molchilarning iste'mol xususiyatlari bo'yicha turli xil mehnat mahsulotlari va turli egalarning egalarining mavjudligini anglatadi. Bozorning paydo bo'lishi va rivojlanishi mehnat va tovar ishlab chiqarishning ommaviy bo'limi rivojlanishi bilan bog'liq. Bozor rivojlanib bormoqda va bozor ishlab chiqaruvchilar tomonidan iste'mol qilinishidan ko'ra sotish uchun mo'ljallangan mahsulotlarni almashish usuli. Jahon bozori individual mamlakatlarning xalqaro ishlab chiqarish ixtisosligiga asoslanadi va u keng tarqalgan ko'payishni ta'minlash uchun u bitta mamlakat, boshqa mahsulotlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan almashtiriladi. Global bozorda tovarlar almashinuvi - bu kengayishning uzluksizligini ta'minlaydigan jarayon. Shu sababli, turli mamlakatlarning tovarlar almashinuvi orqali amalga oshiriladigan aloqalarni kengaytirish, miqyosda o'sish sur'atlar bilan o'sib borayotgani bilan bog'liq. Konyunkture - yetkazib berish va talab o'rtasidagi nisbat. Bozor konyunkturasi yuqori bo'lishi mumkin. Bunday holda, taklif kamroq talabga ega bo'lmaydi. Bu past bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra, taklif talab etiladi. Shuningdek, bozor holati muvozanat. Bu turli xil omillarga bog'liq. Biroq, global iqtisodiyotning umumiy holati va yirik davlatlarning iqtisodiy tizimlari nisbati muhim ahamiyatga ega. Jahon bozorida global iqtisodiyotning makroiqtisodiy doirasida milliy bozorlar va individual bozorlar bir to'plam integratsiya iqtisodiy guruhlari. umuman alohida milliy bozorlarni kiritish xalqaro munosabatlarda mamlakat o'zi jalb etish darajasiga ko'ra belgilanadi va uning to'liq darajada oddiy aksiyalari ifodalanadi. Sub'ektlarining nuqtai nazaridan jahon iqtisodiyoti, jahon savdo ishtirok global bozor jami talab va taklifni shakllantiradi bu munosabatlar oqimini ta'minlash uchun iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar, tashkilotlar va vositachilar, jumladan, xalqaro iqtisodiyot, bir tizim hisoblanadi. Jahon bozorida siyosiy iqtisod nazariyasi nuqtai nazaridan savdo va individual shaxslar jahon iqtisodiyotiga o'rtasida turli tovarlar (xizmatlar) xarid birikmasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jahon savdo birjasida tayyor mahsulotlarning o'sish tendentsiyasi paydo bo'lmoqda, ammo rivojlanayotgan davlatlar tarkibida tovarlarga ixtisoslashuv mavjud. Shuni ta'kidlash kerakki, xom ashyoni iste'mol qilish ortib bormoqda, ammo turli xil zaxiralarni yaratish orqali boshqa mahsulotlarning savdo darajasi orqada qolmoqda. So'nggi yillarda yuqori texnologiyali tovarlar almashinuvi ortib bormoqda, kimyo mahsulotlari savdosi ham jadal rivojlanmoqda. Jahon savdosiga ta'sir ko'rsatadigan eng yirik tovar bozorlari orasida mashinalar va transport uskunalari bozori, tabiy yoqilg'i bozori, shuningdek, qora va rangli metallar bozori mavjud. Zamonaviy sharoitda yarim tayyor mahsulotlar almashinuvi katta ahamiyatga ega.



Download 181,5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 181,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekistonning Jahon bozoriga kirib borishida imkoniyatlar yanada kengaydi

Download 181,5 Kb.