|
Jahon bozori va uning rivojlanishi
|
bet | 1/8 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 181,5 Kb. | | #108775 |
Bog'liq jaxon bozori va uning shakllari
MUNDARIJA:
|
Kirish…………………………………………………………………..
|
3
|
I-BOB
|
JAHON BOZORI VA UNING RIVOJLANISHI…………………...
|
5
|
2.1
|
Jaxon bozori va uning rivojlanishi. Xalqaro savdoda yetakchi davlatlar………………………………………………………………...
|
5
|
2.2
|
Jahon bozori va uning konhyukturasi…………………………………..
|
11
|
2.3
|
Jahon bozori va jahon iqtisodiyoti. Xalqaro iqtisodiy tashkilot………...
|
13
|
II-BOB
|
ZAMONAVIY JAHON BOZORI……………………………………
|
21
|
2.1
|
Zamonaviy jahon bozorining shakllanishi……………………………...
|
21
|
2.2
|
Jahon moliya va xomashyo bozorlaridagi o'zgarishlar………………....
|
26
|
2.3
|
Oʻzbekistonning Jahon bozoriga kirib borishida imkoniyatlar yanada kengaydi…………………………………………………………………
|
27
|
|
Xulosa……………………………………………………………………
|
40
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxat…………………………………….
|
42
|
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi (Mehnat bozori, Ishchi kuchi bozori). Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Bu tarkiban jahon miqyosidagi eksport va importdan iborat, ularning qiymat boʻyicha nisbati savdo balansi deb yuritiladi.
Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sugʻurta kompaniyalaridan iborat bulgan oʻz infratuzilmasiga ega. Jahon bozori toʻlovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini oʻtovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, maye, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi va yevroda olib boriladi. Jahon bozori ixtisoslashgan xalqaro birjalardan iborat yirik segmentlariga ega. Maye, Chikago don birjasi, Liverpul paxta birjasi va London rangli metallar birjasi va boshqalar. Jahon bozorida savdo-sotiq xalqaro birja bitimlari, ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama birjadan tashqari bitimlar yoʻnalishlarida boradi. Jahon bozori sigʻimi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yigʻindisiga teng. Jahon bozorida sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtiroki ustunlik qiladi va ular tayyor mahsulot bilan qatnashadilar, rivojlanayotgan mamlakatlar asosan xom ashyo va ishchi kuchi eksporti bilan ishtirok etadilar. Jahon bozorining rivojlanishi xalqaro munosabatlarning shakllanishi bilan bog'liq. Ularning intensivligi ko'plab omillarga ta'sir qiladi. Ular orasida iqtisodiyotning holati va davlatlar o'rtasidagi savdo operatsiyalarini o'zaro taqsimlash, hisob-kitoblarning nomutanosibligi, inflyatsiya darajasi o'zgarishi va boshqalar. Jahon bozori ichki tomondan olingan. Vaqt o'tishi bilan uning ortiqcha qismi hosil bo'ladi. Natijada, davlat tovarlarni jahon bozoriga chiqaradi. Jahon bozori xizmatlari hozirgi paytda xalqaro munosabatlarning eng muhim hodisasidir, bu shakllanish bosqichida bo'lishiga qaramay, o'tgan yillar davomida xalqaro savdo ko'lami va xilma-xilligi sezilarli darajada oshdi.
Hozirgi sharoitda jahon bozori tizimida globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi, mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari o’zaro aloqalarining va o’zaro bog’liqliklarining kuchayishi zamonamizning eng muhim xususiyatlaridan biriga aylanmoqda. Globallashuv, ma’lumki, ishlab chiqarish, axborotlar almashinuvi, savdo, transport va boshqa xizmat ko’rsatish soha-laridagi mamlakatlararo aloqalarda namoyon bo’ladi. Bu jarayonlarda mustaqil O’zbekiston ham faol ishtirok etmoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, respublika oldida xalqaro integratsiya jaryoniga jalb qilingan iqtisodiyot, milliy davlatchilikni shakllantirish bilan bog’liq bir qator masalalar paydo bo’ldi. Bugungi kunda O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sub’ekti sifatida jahon bozoriga tobora keng jalb qilinmoqda, dunyoning o’nlab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari bilan mustahkam xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishgan, uning tashqi savdo aylanmasi hajmi yildan-yilga ortib bormoqda Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng rivojlangan va keng tarqalgan shakli hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining o'zi nafaqat jahon bozoridagi o'zgarishlarning miqdoriy xususiyatlarini, balki ushbu o'zgarishlarning sifat jihatlarini ham o'rganishni o'z ichiga oladi.
Kurs ishining ob’yekti: Hozirgi kunda jahon bozorida olib borilayotgan siyosatlar.
Kurs ishining predmenti: Jahon bozori va xalqaro savdoning xalqaro iqtisodiy munosabatlaridagi oʻrni va ahamiyati
Kurs ishining maqsadi: : Jahon bozorining shakllari, ma'nolari va mohiyatini aniqlash; jahon bozorining hozirgi holati va uning rivojlanish tendentsiyalarini o'rganish.
Kurs ishining vazifalari:
1. Jahon bozori rivojlanishi , tuzilishi, vazifalari, shakllari haqidagi malumotlar to’plash va o’rganish.
2. Jahon bozori konhyukturasini, jahon eksporti va importini o’rganish.
3. Hozirgi bosqichda jahon bozori tarkibi xususiyatlarini aniqlash; amaldagi xalqaro savdo siyosatini ko'rib chiqish. Kurs ishining tuzilishi: Ma'ruza matni ko'rsatilgan maqsad va vazifalarga muvofiq tuzilgan: 2 bob, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
|
| |