|
Reja: Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari
|
bet | 1/6 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 70,42 Kb. | | #99881 |
Bog'liq Bozorni va iste’molchilarni o‘rganish
Bozorni va iste’molchilarni o‘rganish
Reja:
Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari
Bozor kon’yunkturasi va unga ta’sir qiluvchi omillar
Bozorni segmentlash va uning mohiyati
Iste’molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillar
Tovar bozori tushunchasi va tovar bozori turlari
Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilarning majmui tushuniladi.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi.
Iste’mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuidan iborat bo‘lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilma-xilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.
Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o‘z navbatida ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat tashkilotlari bozoriga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori deganda boshqa tovarlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi korxonalar va shaxslarning majmui tushuniladi.
Davlat tashkilotlari bozori deganda esa o‘z faoliyatlarini yuritish uchun tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchi yoki ijaraga oluvchi hamma bo‘g‘indagi davlat tashkilotlari tushuniladi.
Ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori kam sonli xaridorlarga egaligi, lekin tovarlarning katta miqdorda sotilishi bilan xarakterlanadi.
Bozorda kim yetakchilik qilishiga qarab bozorlar “sotuvchi bozori” va “xaridor bozori”ga bo‘linadi.
“Sotuvchi bozori” - unda tovarga bo‘lgan talab taklifdan oshib ketadi. Bunday bozorda sotuvchi hukmronlik qiladi, xaridorning esa faol ishtirokchi bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda “pul tovar orqasidan yuguradi”.
“Xaridor bozori” - bunday bozorda taklif talabdan ko‘p, shuning uchun xaridorlar (iste’molchilar) taklif etilayotgan tovarlar va xaizmatlar orasidan hohlaganini tanlash imkoniyatiga ega. Bunday bozorda xaridorlar ustunlikka ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar bozorning eng faol ishtirokchilariga aylanadilar. Bunday holatda “tovar pul orqasidan yuguradi”.
Talab va taklifning miqdori va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishini “muvozanatli bozor” deb yuritiladi. Muvozanatli bozorni ta’minlashning asosiy yo‘llari quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni to‘yintirish; yetarli darajada mahsulotlar zahirasini barpo etish; xaridorgir mahsulotlar narxini oshirish va aksincha, talab uncha mavjud bo‘lmagan mahsulotlar narxini pasaytirish va boshqalar.
|
| |