chizma. Bozor segmetlash belgilari




Download 70,42 Kb.
bet4/6
Sana16.11.2023
Hajmi70,42 Kb.
#99881
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozorni va iste’molchilarni o‘rganish

1chizma. Bozor segmetlash belgilari
Bozor segmentini aniqlashning uchta usuli mavjud. Birinchi – tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Bunda iste’molchilar qanday tovarni xohlayotganligiga qarab segmentni aniqlash tushuniladi. Ikkinchi usul – iste’molchilarning xulq-atvorini hisobga olgan holda segmentlash. Uchinchi usul – iste’molchilar xarakteriga qarab segmentlash hisoblanadi.
Tovarning afzalligiga qarab segmentlash. Firmalar yangi tovarlarga bo‘lgan talabni o‘rganish maqsadida tovarning afzalligi, muhimligiga qarab segmentlashdan ham foydalanadi. Shu yo‘sinda, talab qondirilmagan segmentlar uchun yangi tovarlar taklif etiladi. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin. Masalan, qahva ko‘p tarqalgan ichimliklardan hisoblanadi. Uning tarkibida kofein moddasi mavjud. Bugungi kunda shunday iste’molchilar ham mavjudki, ular kofeinsiz qahvani xohlaydilar. Demak, bozorning ana shu segmenti iste’molchilari uchun ham kofeinsiz qahva ishlab chiqish zaruriyati tug‘iladi. Yoki tovarning afzalligiga qarab segmentlashga televizor orqali tarkibida spirt bo‘lmagan pivo haqida beriladigan reklamani ham kiritish mumkin.
Iste’molchilarning xulq-atvoriga qarab segmentlashning yana bir turi xaridorlarni qanday tovar markasini xalrid qilganligiga qarab identifikatsiyalash emas, balki qanday tovar nomenklaturasini xarid qilganligiga qarab identifikatsiyalash hisoblanadi. Iste’molchilarni tovar nomenklaturasiga qarab aniqlashda raqobatchilar tovarlari haqida ham ma’lumot to‘plash mumkin bo‘ladi. Mana shu olingan ma’lumotlar asosida korxona iste’molchilarning kengroq guruhini qamrab olish strategiyasini ishlab chiqadi. Shuningdek, tovar nomenklaturasiga qarab bozorni segmentlashning maqsadlaridan yana biri tovarlarning faol iste’molchilarini topishdan iboratdir. Faol iste’molchilar esa, ularning tovarni xarid qilish davriga qarab aniqlanadi.
Iste’molchilar tavsifiga qarab segmentlash. Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, bozorni segmentlashning uchinchi usuli – bu iste’molchilarni tavsifi bo‘yicha guruhlash hisoblanadi. Bu yerda asosiy belgi bo‘lib iste’molchilarning demografik, geografik tavsiflari va ularning hayot tarzi hisoblanadi.
Demografik segmentlash deganda iste’molchilarni daromadlar darajasi, yoshi, jinsi, millati, kasbi-kori, oilaviy ahvollari kabi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish tushuniladi.
Geografik segmentlash – geografik kartani qo‘llashga asoslangan eng oddiy usul hisoblanadi. Bu usulni aholining madaniy urf-odatlarida va ular yashayotgan hududlarning iqlimida farq bo‘lganda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Geografik belgi bo‘yicha segmentlash bozorning har xil geografik zonalariga bo‘linishini nazarda tutadi.
Hayot tarzi bo‘yicha segmentlashda iste’molchilar qarashlari, qiziqishlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Bunga iste’molchilarni jamiyat manfaati yo‘lida qayg‘uradiganlar, o‘z sog‘ligini sevuvchilar, oilasi uchun qayg‘uradilganlar guruhlariga ajratish misol bo‘la oladi.
Korxonaning raqobat kurashida g‘olib chiqishi bozor segmentlari qanchalik to‘g‘ri tanlanganligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bunda bozor segmentlashsining me’zonlarini bilish zarur. Quyida bozor segmentining asosiy me’zonlari va ularning tavsifi keltiriladi:
1. Segmentning miqdoriy o‘lchamlari. Segment miqdorining o‘lchami deganda bozor sig‘imi, qancha potensial iste’molchilar borligi va ular qanday maydonlarda yashashlari tushuniladi. Bular asosida korxona qanday ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lishlari va sotish tarmog‘ining hajmini belgilab oladilar.
2. Segmentning ochiqligi. Segmentning ochiqligi deganda korxona mahsulotini sotish uchun qancha miqdorda sotish kanallariga ega bo‘lishligi, ularning quvvati, tashish va saqlash bo‘yicha aniq ma’lumotlarning mavjudligi tushuniladi.
3. Segmentning muhimligi. Segmentning muhimligi deganda u yoki bu iste’molchilar guruhining bozor segmentida qanday o‘rin egallab turganligi tushuniladi. Korxona ana shu segmentning o‘rniga qarab o‘z faoliyatini tashkil etadi.
4. Segmentning foydaliligi. Segmentning foydaliligi deganda korxonaning ma’lum bir segmentda ishlashi uning qanday rentabellik darajasini ta’minlashi tushuniladi. Korxona u yoki bu bozor segmentining foydaliligini baholashda foyda me’yori, qo‘yilgan kapital hajmida daromadning hissasi, aksiya dividentlarining miqdori va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanadi.
5. Segmentning samaradorligi. Segmentning samaradorligi korxonaning mazkur tanlangan bozor segmentida ishlash tajribasi, mazkur segmentda ishlovchi xodimlarning mahsulotni siljitishga qanchalik tayyor ekanligi kabi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.
Umuman olganda, bozorni segmentlash korxonaning muayyan bozorda samarali faoliyat ko‘rsatishining muhim omillaridan biri hisoblanadi.



Download 70,42 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 70,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



chizma. Bozor segmetlash belgilari

Download 70,42 Kb.