Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1), Jan., 2023
862
Monopoliyaga qarshi asosiy muammo nimada?
Monopoliyaga qarshi asosiy muammo shundaki,
reklama tomonidan
moliyalashtirilgan bir nechta elektron platformalarning internet bozoridagi kuchi va
informatsion dasturlashtirilgan elektron platformalar o‘rtasidagi raqobat, iqtisodiy
jarayonlar nomutanosibligi kontentlarning onlayn monetizatsiyasiga ta’sir
qiladi va
oqibatda yangiliklarning hayotiy (real) ligiga tahdid soladi. Kattaroq muammo
shundaki, elektron platformalar yangiliklarni tarqatish va saralashga ta’sir qilish
orqali virusli tarkib ( ehtimol, noto‘g‘ri ma’lumot yoki dezinformatsiya)ni
kuchaytiradi va sifatli kontent ishlab chiqarish uchun rag‘batlarni kamaytiradi. Ba’zi
raqobat organlari (masalan,
Avstraliya, Yaponiya va Buyuk Britaniya) noto‘g‘ri
ma’lumot va dezinformatsiya jamoatchilikni tashvishga solayotganini va bu hech
bo‘lmaganda yangilik nashrlari va elektron platformalar o‘rtasidagi murakkab
munosabatlarni o‘z ichiga olgan raqobat muammolari
tufayli kuchayishi
mumkinligini tan oladi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan, asosan, bu yangiliklar mazmunini
ta’minlashda sifat muammosi bo‘lib ko‘rinadi va oqibatda yangiliklarning
hayotiy(real)ligiga tahdid soladi.
OECD (Organisation for Economic Cooperation and Dovelopment) ning
axborot vositalari va elektron platformalar bilan bog‘liq raqobat masalalari bo‘yicha
kuzatishlari raqobat organlari va sharhlovchilar ommaviy axborot vositalari bilan
bog‘liq xavotirlarni keltirib chiqaradigan bir nechta amaliyotni aniqladilar.
Ushbu
amaliyotlarning bir nechtasi yangilik bo‘lmagan kontentning onlayn generatorlariga
ham ta’sir qilishi mumkin.