|
Jahon sug‘urta bozori rivojlanishining umumiy tendensiyalari Tayyorladi: Xasanxonov Saidakramxon Tursunov Xayotbek Xasanov Sardor
| bet | 3/7 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 118,47 Kb. | | #274206 |
Bog'liq SUG\'URTA AMALIYSug’urta xizmatlarining taklif etilishi etarli darajada ixtisoslashgan va moliyaviy barqaror, ehtimoldagi sug’urtalanuvchilarning talablarini qondirishga layoqatli sug’urta tashkilotlarining mavjud bo’lishi orqali ta’minlanadi. Investorlarning sug’urta tashkilotiga qiziqishi, sug’urta tariflarini hisoblab chiqish uchun zarur statistik va axborot bazasining mavjudligi, moliya bozorining sug’urta tashkilotlarining investitsiyalarining qaytarilishini va daromadliligini kafolatlaydigan darajada samarali faoliyat ko’rsatishi, shuningdek, sug’urta tashkilotlarida malakali menejerlarning va sug’urta xizmati anderraytingi bo’yicha mutaxassislarning mavjudligi sug’urta bozorini shakllantirishning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida hayotni sug’urta qilish bozori umumiy sug’urta xizmati bozoriga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Masalan, AQSh, Yaponiya va Yevropaning ba’zi davlatlarida sug’urtalovchilar tomonidan to’plangan jami sug’urta mukofotlari tarkibida hayotni sug’urtalash bo’yicha yig’ib olingan sug’urta mukofotlari katta salmoqqa ega. Dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida hayotni sug’urta qilish bozori umumiy sug’urta xizmati bozoriga qaraganda yuksak darajada rivojlangan. Masalan, AQSh, Yaponiya va Yevropaning ba’zi davlatlarida sug’urtalovchilar tomonidan to’plangan jami sug’urta mukofotlari tarkibida hayotni sug’urtalash bo’yicha yig’ib olingan sug’urta mukofotlari katta salmoqqa ega. Sug’urta munosabatlarini rivojlantirish zamonaviy iqtisodiy tizimlar faoliyatini olib borishda strategik muhim vazifa hisoblanadi. Barqaror sug’urta tizimi milliy iqtisodiyotning rivojlanishini rag’batlantiradi. Sug’urta tizimini nazariy jihatdan tadqiq etishda sug’urta va sug’urta faoliyatiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Ma’lumki sug’urta jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy manffatlarini himoya qiluvchi samarali vosita sifatida insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan. Sug’urta moliyaning integratsiyalashgan shakllaridan hisoblanadi. Dunyoning yirik sug’urta kompaniyalari, birgalikda sug’urtalash va qayta sug’urtalash operatsiyalarini amalga oshirish uchun birlashadilar. Ko’pgina mamlakatlarda xorijiy sug’urta kompaniyalarini milliy bozorlarga kirishiga ruxsat etilgan. Masalan, 1992 yildagi Maastrixt shartnomasiga asosan, Yevropa mamlakatlarida xorijiy kapitalni cheklash bo’yicha barcha to’siqlar olib tashlandi va Yevropada yagona sug’urta bozorini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar boshlandi. Shunday bo’lsada, milliy sug’urta bozorlari o’ziga xos xususiyatlarni saqlab qolmoqda. Bu xususiyatlar birinchidan, sug’urta sohasining tarkibi va taklif etilgan sug’urta himoyasining turlariga taalluqlidir
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jahon sug‘urta bozori rivojlanishining umumiy tendensiyalari Tayyorladi: Xasanxonov Saidakramxon Tursunov Xayotbek Xasanov Sardor
|