Jahonda ishlatilayotgan gidroakkumulyatsion elektr stansiyalar samaradorligi




Download 0,59 Mb.
Sana14.08.2024
Hajmi0,59 Mb.
#269497
Bog'liq
Jahonda ishlatilayotgan gidroakkumulyatsion elektr stansiyalar

Jahonda ishlatilayotgan gidroakkumulyatsion elektr stansiyalar samaradorligi

USMONAV ZOURBEK

  • Gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi (GAES), nasosli akkumulyatsiyalovchi elektr stansiya — ishlash tarzi boshqa elektr stansiyalardan olinadigan elektr energiyasini suvning potensial energiyasiga aylantirib (akkumulyatsiyalab), keyin zarur boʻlganda uni qayta elektr energiyaga aylantirib energiya tizimi (energosistema)ga beradigan gidroelektr stansiya. GAESning gidrotexnika inshootlari, asosan, baland-past joylashgan ikkita suv hovuzidan va biriktirish quvurlaridan iborat. GAES binosidagi gidroagregatlar uch yoki ikki mashinali boʻlishi mumkin.
  • Birinchi holda bitta val ga elektr mashina (dvigatel-generator), gidroturbina va nasos, ikkinchi holda esa elektr mashina va gidromashina oʻrnatiladi. Gidromashina aylanish yoʻnalishiga qarab ham nasos, ham turbina sifatida ishlaydi. Yangi qurilayotgan GAES larga iqtisodiy jihatdan tejamli boʻlgan ikki mashinali agregatlar oʻrnatiladi. Elektr tarmoqlarida ortiqcha elektr energiya bor paytlarda (mas, kechasi) shu ortiqcha energiya GAES uchun suvni pastki hovuzdan yuqorigi, akkumulyatsiyalovchi hovuzga koʻtarishga sarflanadi. Elektr tarmoqlarda koʻproq energiya talab qilinganda yuqori hovuzdagi suv, quvurlardan GAESning turbina rejimida ishlaydigan gidroagregatlariga yuboriladi. 
  • GAESda olingan tok elektr tarmoqlarga qaytarib beriladi. Suv esa pastki hovuzga yigʻiladi. Akkumulyatsiyalanadigan elektr energiyaning miqdori hovuz hajmiga va GAESning ish bosimiga bogʻliq boʻladi. Yuqorigi hovuz sunʼiy yoki tabiiy (mas, koʻl) boʻlishi; pastki esa daryoga oʻrnatilgan toʻgʻonda hosil boʻlgan suv havzasi boʻlishi mumkin. GAESning f.i.k. 0,66 dan oshmaydi. AQSH, Angliya, GFR, Avstriya, Fransiya, Yaponiya, Rossiya va b. mamlakatlarda GAESlar qurilgan. Bir necha minutda GAESni yurgizib yuborish va ish rejimlarini oʻzgartirish mumkin.

Download 0,59 Mb.




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahonda ishlatilayotgan gidroakkumulyatsion elektr stansiyalar samaradorligi

Download 0,59 Mb.