Muhokama uchun savollar:
1. Rumiy o’zining «Masnaviy ma’naviysi»da qanday ta’limotni bayon
qilgan? Bu ta’limotga sizning munosabatingiz qanday?
2. «Masnaviy ma’naviy» ning bosh g’oyasi nima?
2-amaliy mashg’ulot. Rashod Nuri Guntekin
Dars maqsadi: Rashod Nuri Guntekin ijodining turk adabiyotidagi o’rni va ijodiy faoliyati to’g’risida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1. Rashod Nuri Guntekinning hayoti haqida so’zlaydi.
2. Rashod Nuri Guntekin romanlaridagi ayollar obrazi to’g’risida fikr
yuritadi.
3. Uning ijodiga xos bo’lgan yo’nalishlardan xabardor bo’ladi.
Ishni bajarish taritibi:
Rashod Nuri Guntekinning 20-yillardagi ijodini o’rganish;
R.Nuriga olamshumul shuhrat keltirgan romanini aniqlash;
«Choliqushi» romanining asosiy g’oyasi o’sha davr uchun muhim bo’lgan turk jamiyatida ayol erki masalasi haqida fikr yuritish:
Yozuvchining asarlarida yoshlarning hayotini ijtimoiy voqelik bilan bog’lab ko’rsatganligi, hamda asarlarida psixologik tahlilga alohida e’tibor bergan o’rinlarni aniqlash;
Mashg’ulotni yakunlash.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Yozuvchining falsafiy asarlari haqida gapiring. (3.18-24b)
2. «Sirli qo’l» va «Tamg’a» asarlari nimadan bahs etadi?
3. R. Nuri romanlaridagi ayollar obrazi haqida fikringizni izohlang.
Asosiy adabiyotlar:
1. R.N. Guntekin «Choliqushi» -T.: 2000 yil.
2. R.N. Guntekin «Tamg’a» -T.: 1977 yil.
3. A.Alimbekov XX asr turk nasri taraqqiyoti -T.: 2001 yil 18-24 betlar.
4. J. Rumiy. Ichingdagi ichingdadir. -T.: « Yozuvchi» 1997 y, 6-b.
3-mavzu: YuNUS EMRO
|