• Identiv o’quv maqsadlari
  • 2 - asosiy savolning bayoni
  • Жалолидин Румий




    Download 0,99 Mb.
    bet64/70
    Sana09.01.2024
    Hajmi0,99 Mb.
    #133190
    TuriУчебное пособие
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

    Muhokama uchun savollar:

    1. Shoirning hayoti haqida so’zlang.


    2. Shoirning 20-yillardagi she’rlariga baho bering.
    3. 30-yillarda yozilgan she’rlarini tahlil qiling.


    2 - asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
    B. Kerboboevning nasr sohasidagi ijodi xususida tushuncha berish va
    asarlarini tahlil qilish.


    Identiv o’quv maqsadlari:

    1. B.Kerboboevning dastlabki hikoyalari haqida so’zlaydi.


    2. Yozuvchining adabiy-tanqidiy maqolalari va tarjimonlik
    faoliyatini tahlil qiladi.
    3. Adibning dramaturgiya janridagi ijodiga sharh beradi.
    4. Yozuvchining qissa va roman janridagi ijodini baholaydi.


    2 - asosiy savolning bayoni:

    B. Kerboboev turkman adabiyotining turli masalalari bo’yicha adabiy-tanqidiy maqolalar bilan ham ko’p chiqishlar qildi. U 1926 yili Maxtumquli she’rlarini birinchi marta bosmaga tayyorlab, alohida kitob shaklida nashr ettirdi. Yozuvchining "Turkman badiiy adabiyoti","Mulla murt Xo’janiyoz o’g’li", "So’z va obraz", "Yosh yozuvchilarning ijodi haqida", "Maxtumquli va unga bo’lgan qarashlar", "Turkman adabiyotining yirik janrlari", "Zehn, yurak, o’quv va mehnat kerak" kabi maqolalari turkman adabiy tanqidchiligi taraqqiyotiga katta hissa bo’lib qo’shildi.


    U ancha yillar sho’ro yozuvchilar uyushmasining kotibi, Turkmaniston Yozuvchilar uyushmasining boshlig’i, Turkmaniston Oliy Kengashining deputati sifatida ulkan jamoatchilik ishlarini olib bordi. Tinchlik uchun kurashuvchi sifatida qator konferensiyalarda, xalqaro forumlarda qatnashdi. Shu tariqa turkman adabiyotini "Yo’l xotiralari" nomli yangi janr bilan boyitdi.
    U tarjimon sifatida Pushkinning ko’pgina she’rlarini, "Evgeniy Onegin" romanidan parchani, M.Ibrohimovning "Shunday kun keladi", Oybekning "Navoiy" romanlarini, Musa Jalilning she’rlarini, Umar Xayyom ruboiylarini turkman tiliga tarjima qilgan.
    B.Kerboboev dramaturgiya janrida ham qalam tebratib, turli yillarda "Yolg’onchi", "Bobolaqqi", "Hurliqo va Hamro", "Ona", "Birodarlar", "Xalq shoiri" singari sahna asarlari yaratdi.
    Adibning ilk pesasi "Taryoqqash va tabiblar" 1926 yilda yozilgan bo’lib, satirik ruhga ega. Unda o’tmishning zararli sarqiti - giyohvandlikka berilgan shaxslarning turmush fojiasi nashavand Xo’jaberdi, Geldi, Annajamol kabi timsollar orqali ochib beriladi. Adib 1942 yil vatan urushida turkman yigitlaridan Qurbon- Durdievning qahramonliklarini tasvirlashga bag’ishlangan "Qurbon Durdi" qissasiini yozdi. Qissaning birinchi qismida Qurbonning jamoa dalasidagi fidokorona mehnati, armiya safidagi halol xizmati, urushning dastlabki kunlaridanoq jangga otlanganligi hikoya qilingan.
    1936 yilda adib "Dadil qadam" romanini yozishga kirishdi va 1937 yilda uning birinchi kitobini tugalladi. B.Kerboboev urush yillarida romanning ikkinchi va uchinchi kitoblari ustida ish olib bordi va 1944 yilda uning ikkinchi kitobini yozib tamomladi.
    B.Kerboboev 1957 yilda yozilgan "Nebitdog’" romanida Turkmaniston neftchilari hayoti va mehnatini tasvirlashga harakat qilgan. Asar ustida ishlar ekan muallif ikki yildan ko’proq bevosita Nebitdog’da yashab, bo’lg’usi roman qahramonlarining turmushi, mehnatini yaqindan kuzatgan.
    Berdi Kerboboevga "Turkmaniston xalq yozuvchisi", "Sotsialistik Mehnat Qahramoni" unvonlari berilgan.



    Download 0,99 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




    Download 0,99 Mb.