• Animatsion roliklar
  • Videoilovalar
  • Web uchun ilovalar
  • Taqdimot/prezentatsiyalar




    Download 47,05 Kb.
    bet3/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi47,05 Kb.
    #231317
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Jalolova Bahora

    Taqdimot/prezentatsiyalar
    Taqdimot (ing. presentation) – audiovizual vositalardan foydalanib ko‘rgazmali shaklda ma‘lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o‘zida mujassa etadi. Odatda taqdimot ma‘lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo‘ladi.
    Animatsion roliklar
    Animatsiya – multimediali texnologiya; tasvirning harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlar- ning almashinishida hosil bo‘ladi.
    O‘yinlar
    O‘yin dam olish, ko‘ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, organizmdagi zo‘riqishni yo‘qotish hamda ma’lum malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan multimedia ilovalaridandir.
    Videoilovalar
    Videoilovalar – harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va namoyishi. Video tasvirlarni o‘qish qurilmalari –videofilmlarni boshqaruvchi dasturlar.

    Multimedia-galereyalar
    Galereyalar – ovoz jo‘rligidagi harakatlanuvchi suratlar to‘plami.
    Audioilovalar
    Ovozli fayllarni o‘quvchi qurilmalar – raqamli tovushlar bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush – bu elektrik signal amplitudasining diskret sonlar bilan ifodalanishi.
    Web uchun ilovalar
    web uchun ilovalar – bu alohida veb-sahifalar, uning tarkibiy qismlari (menyu, navigatsiya v.b.), ma‘lumot uzatish uchun ilovalar, ko‘p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar.
    Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasini o‘rganishda ularning qanday yaratilishini ifodalovchi ssenariy ishlab chiqiladi. Bundan kelib chiqib, har bir multimedia ilovasi turli tarkibiy qismlar (turli mavzular)dan tashkil topadi, degan mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Multimedia ilovalari tarkibini quyidagi qismlarga bo‘lish mumkin: yaratilayotgan multimedia ilovasi uchun mavzu tanlash, ish maydonini belgilash (masshtab va fon), kadrlar, qatlamlardan foydalanish, turli shakllar simvollarini yaratish, dasturlash tilida o‘zgaruvchilar kiritish va skriptlar yozish, tovushli fayllar bilan ishlash, matn qo‘shish, effektlar yaratish, rasmlardan foydalanish va import qilish, kutubxonadagi tayyor komponentlardan foydalanish, navigatsiyani yaratish, matn razmetkasi tillari va skriptlash tillaridan foydalanish.
    O‘z navbatida multimedia ilovalarini quyidagi turosti turlarga bo‘lish mumkin.

    Download 47,05 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 47,05 Kb.