|
MAN TARMOG’IDA QO’LLANILADIGAN ASOSIY QURILMALAR
|
bet | 29/29 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 49,59 Kb. | | #236292 |
Bog'liq Javob Kompyuter tàðmîg‘i topologiyasiMAN TARMOG’IDA QO’LLANILADIGAN ASOSIY QURILMALAR.
Javob:
MAN tarmoqlarida katta sig’imli, yuqori o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan tarmoq qurilmalaridan foydalaniladi. Ushbu tarmoq - turli xil tarmoqlarning qismlarini (simsiz, DSL va boshqalari) bir-biriga bog'laydigan, turli xil lokal tarmoqlar yoki quyi tarmoqlar o'rtasida ma'lumot almashish yo'lini ta'minlaydigan kompyuter tarmog'ining bir turidir. MAN tarmoqlarida PDH, SDH/SONET, WiMax, LTE texnologiyalarini qo’llab quvvatlaydigan barcha qurilmalar ishlatiladi: IP kommutator (IP switch), L3 router, IMS kommutator, shlyuz qurilmalari.
IP kommutator (IP switch). Ushbu qurilma bir nechta lokal tarmog’i kommutatorlarini (LAN switch) global MAN tarmoqlariga ulanishini ta’minlaydi. Shuningdek, u katta o’lchamli tarmoqlar orasida ham ko’prik vazifasini o’taydi.
L3 marshrutizator. An'anaviy kommutatsiya jarayoni OSI modelining 2-pog’onasida ishlatilsa, paketlar belgilangan MAC manzillari asosida ma'lum bir o'tish portiga yuboriladi. Marshrutlash jarayonida esa, OSI 3-pog’onada, paketlar belgilangan IP-adresiga muvofiq manzilga marshrutlanadi. Belgilangan IP-adresiga muvofiq manzilga marshrutlanish jarayoni L3 marshrutizatorlar orqali amalga oshiriladi.
Shahar tarmoqlari turli tarmoq qurilamalarini bir biri bilan bog’lanish jarayonini nazorat qiladi va turli modellar (DSL, PON, 3G/4G) asosida qurilgan IP tarmoqlari bo’ylan IP multimedia xizmatlari (ovoz, video, matn)ni taqdim etishning arxitekturali freymvork hisoblanadi. IMS qurilmasini ishlab chiqishdan maqsad - operatorning joriy server tarmog'i arxitekturasini to'liq IP-ga asoslangan tizim bilan almashtirish, bu dasturiy ilovalarni joriy etishni soddalashtiradi.
Shlyuz qurilmasidan turli standartlarga asoslangan tarmoqlar bilan o’zaro bog’lanishni amalga oshirish uchun foydalaniladi. Masalan telefon tarmog’i orqali kompyuter tarmog’i foydalanuvchilari bilan bog’lanishni amalga oshirish. Bunda uy telefonidan Skype foydalanuvchisiga qo’ng’iroqni amalga oshirish yoki 3G foydalanuvchisi bilan bog’lanishni amalga oshirishga holatiga o’xshash jarayondir. Bunday jarayonlarni amalga oshirgani uchun shlyuz qurilmasi tarmoq tarjimoni termini bilan ham ataladi. Sababi 2 yoki undan ortiq bo’lgan formarni bir biriga moslashtirib beradi. Misol tariqasida 7ta raqamdan tashkil topgan uy telefon nomeri IP adresga moslashtiradi yoki teskarisi, agar Skype foydalanuvchisiga qo’ng’iroq qilishni amalga oshiradigan bo’lsa.
|
| |