|
-mavzu: Internet va muloqat madaniyati. Internet tizimida axborot xavfsizligi (4 soat ma`ruza)
|
bet | 15/16 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,56 Mb. | | #240853 |
Bog'liq O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi n10-mavzu: Internet va muloqat madaniyati. Internet tizimida axborot xavfsizligi (4 soat ma`ruza)
Reja:
1. Internet va muloqat madaniyati.
2. Internet tizimida axborotlarni himoyalash.
3. Internet tizimida arxivlangan fayllar (saydlar) bilan ishlash.
Bugungi kunda internet jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy xayotining juda muxim va ajralmas bulagiga aylanib bormokda. Veb texnologiyalar prezident saylovlariga uz ta’sirini utkazmokda, xukumatlarning va siyosiy shaxslarning iste’foga chikishiga olib kelmokda, xalkaro va ichki siyosat yunalishlarini belgilab bermokda. Jamiyatning madaniy xayotida keskin uzgarishlarga olib kelmokda, bu soxada yangi shaxslarni va yunalishlarni kashf etmokda. Bularning barchasiga sabab internetdagi forumlarning ommaviylashib ketishidir.
Forum uzi nima? U - ochik tarzda munozara va baxs utkazish vositasi. Lekin kupchilik uni bir yoki bir necha kishi tomonidan tutilgan kundalikka uxshatishadi va undan shu maksadda foydalanishadi. Oddiy kundalik kabi u xam birdaniga yozilmaydi, aksincha unda xar kuni yoki oyda, yilda bir necha yozuvlar paydo buladi. Bu yozuvlar bir necha suzdan yoki bir necha varakdan iborat bulishi mumkin.
Oddiy kundalikdan farkli ravishda forumda kundalikni xamma ukishi, nafakat ukishi, balki unda uzining izoxlarini koldirishi, uz taassurotlarini yozishi, xatto muallif bilan birga uni yozishda barobar katnashishi mumkin.
Albatta, forumlarda mamlakat raxbarlarining uchrashuvi, futbol buyicha kit’a chempionati, MM&TVA mukofotlarini topshirish marosimi, orolbuyi xududining ekologik axvoli kabi global va mamlakat mikyosidagi vokealar kizgin muxokama kilinadi. Lekin forumdagi mavzular bozordagi narxlar, fotoshopda fotosuratlarni kayta ishlash, akvarium baliklarini bokish, kushni kizning oxu kuzlari, kursdoshning tuyi, yangi kinofil’mning syujeti, avtomobil t’yuningi va boshka minglab vokea va jarayonlarga bagishlangan bulishi mumkin. Albatta mavzularni tanlashda bir kator cheklovlar bulishi kerak. Masalan, forumlarda bexayolik yoki zuravonlikni targib kiluvchi mavzularga urin yuk.
Forumning jamiyatning ijtimoiy xayotida inkilobiy uzgarishlarga olib kelgan jixati, bu uning, ma’lum ma’noda, barcha xoxlovchilarga uz fikrlarini bayon kilish va, eng asosiyi, uz ukuvchilariga ega bulish imkonini berishidir.
Endilikda xar bir odam uz ukuvchilari va muxlislariga ega bulishi mumkin. Buning uchun teleboshlovchi, gazeta muxbiri, shoir yoki yozuvchi bulish shart emas. Kupchilik uchun kizik bulgan mavzuni tanlash va uni maxorat bilan yorita olish forumda muvaffakiyat kozonish uchun etarlidir.
Bir tomondan, forumda yangi nomlar kashf etilib, ular ommaviy axborot vositalari, matbuot va nashriyotlar tomonidan ishga taklif etilayotgan bulsa, ikkinchi tomondan ommaviy axborot vositalarning uzlari xam forumga kirib kelmokda.
Forumlar boshidan uchragan muammo, ularga kanday kilib ukuvchilarni jalb kilish edi. Bu muammoni xam kilish yulidagi urinishlardan biri RSS (Really Simple Syndication - xakikatdan oson birlashish) texnologiyasining yaratilishiga olib keldi. Forumning biror mavzusida yangi yozuvlar paydo bulganda bu xakida boshkalarga xabar berish forumdan foydalanishni juda osonlashtirdi. Oldinlari forumda yangi yozuvlar paydo bulganligini bilish uchun unga kirishdan boshka yul yuk edi.
RSS ning ukiydigan kismi forumlarga kirmasdan bir vaktda kuplab forumlarga yangi yozuvlar kelganligi xakida xabardor bulish va ularni ukish imkonini beradi. Bundan tashkari, RSS texnologiyasi kelgan xabarlarga javob yozish yoki xech bir sababsiz forumga yangi yozuvlar kiritish imkonini xam yaratadi. Bular esa, forum yaratish va uni olib borish, ularni ukish va ularda ishtirok etish kabi ishlarni juda osonlashtirdi.
Kompyuter tarmoqlarida axborot himoyasining xususiyatlari
Axborot himoyasi nuqtai nazaridan kompyuter tarmoqlarini korporativ va umumfoydalanuvchi tarmoqlarga ajratish mumkin. Korporativ tarmoqlarda barcha elementlar (aloqa kanallari bundan istisno bo`lishi mumkin) bitta korxonaga taalluqli bo`ladi. Bunday tarmoqlarda butun tarmoq bo`yicha axborot himoyasining yagona siyosatini yuritish mumkin. Davlat va harbiy boshqarish tarmoqlari, aviatsiya va temir yo`l kompaniyalari tarmoqlari korporativ tarmoqlarga misol bulaoladi.
Umumfoydalanuvchi kommertsiya tarmoqlarida asosiy maqsad axborotni tarqatish bo`lib, shaxsiy informatsion resurslarni himoyalash, asosan, foydalanuvchilar sathida amalga oshiriladi. Bunday tarmoqqa misol tariqasida Internet tarmoғini ko`rsatish mumkin.
Korporativ tarmoqlar umumfoydalanuvchi tarmoqlar bilan boғlanishi mumkin. Bu holda korporativ tarmoqning ma’muriyati (egasi) umumfoydalanuvchi tarmoq tomonidan keluvchi xavfni to`sish maqsadida qo`shimcha ehtiyot choralarini ko`rishga majbur.
Har qanday tarmoq uchun axborotni himoyalovchi tizimni yaratishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
tizimnining murakkabligi. Tizimning murakkabligi qism tizimlarining soni, turli-tumanliligi va bajaruvchi vazifalari bilan aniqlanadi;
katta masofalarda taqsimlangan resurslardan foydalanish ustidan samarali nazoratni ta’minlash mumkin emasligi;
resurslarning turli egalarga mansubligi.
Kompyuter tarmoqlarida axborotni kommunikatsion qism tizim orqali kafolatli uzatishni ta’minlash maqsadida axborotlarni etkazishning ikkilangan marshrutlari hamda aloqa kanallarida axborotning buzilishi va yo`qolishiga qarshi choralar ko`zda tutilishi lozim. Bunday murakkab tizimlar adaptiv bo`lishi, ya’ni bu tizimlardagi elementlarni nazorati doimo ta’minlanishi va xatto, alohida qism tizim ishdan chiqqanda ham tizim ishlashini davom ettirish imkoniyatiga ega bo`lishi shart.
Himoyalangan kompyuter tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi barcha metod va vositalar quyidagi guruxlarga ajratilishi mumkin:
foydalanuvchi qism tizimsida va ixtisoslashtirilgan komunikatsion kompyuter tizimlarida axborot himoyasini ta’minlash;
tarmoqni boshqarish qism tizimsida axborotni himoyalash;
aloqa kanallarida axborotni himoyalash;
o`zaro aloqada bo`lgan jarayonlarning haqiqiy ekanligining nazoratini ta’minlash;
kommunikatsion qism tarmoq orqali olinuvchi axborotning haqiqiyligini tasdiqlash.
|
| |