• I-BOB JISMONIY MADANIYAT FANI BO`YICHA O`QUV- TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH TEXNOLOGIYASINING ASOSLARI
  • Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari




    Download 116 Kb.
    bet2/7
    Sana01.12.2023
    Hajmi116 Kb.
    #109426
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    JISMONIY MADANIYAT DARSLARIDA NAZORAT VA REJALASHTIRISH TURLARI

    Kurs ishi maqsadi: Bo‘lajak kadrlarga jahon xalqlarining jismoniy tarbiya va sport tarixi hamda shu sohada erishilgan natijalar to‘g‘risida ma`lumot berish, mamlakatimizda jismoniy tarbiyaning rivojlanishi va uning taraqqiy etish hamda sportni boshqarish yo‘llari haqida bilim berish, ommaviy jismoniy tarbiya harakatida ijtimoiy va davlat idoralari o‘rnini anglatish2. O‘z-o‘zini boshqaruv muassasalari va davlat idoralarini boshqaruv hujjatlar bilan ishlashga o‘rgatish, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Kelajakdagi ish faoliyatlarida kasbiy-amaliy ahamiyat kasb etuvchi jismoniy madaniyat bo‘yicha kasbiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar hamda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalana olish kabi bilimlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutadi.


    I-BOB JISMONIY MADANIYAT FANI BO`YICHA O`QUV- TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH TEXNOLOGIYASINING ASOSLARI
    1.1 Jismoniy tarbiya fani bo`yicha rejalashtirish shartlari
    Olib borilgan pedagogik tadqiqotlar, o`rganilgan nazariy bilim hamda tajribalarning ko`rsatishicha, o`z o`quv-tarbiya jarayonini to`g`ri rejalashtirgan pedagoglar yuqori natijalarga erishadilar. Ishlab chiqilgan rejalar o`qituvchiga uzoqqa qarash imkonini beradi, maqsad va aniq vazifalarni belgilab olishi uchun zamin yaratadi, qo`yilgan vazifalarni hal etish yo`llarini va ko`proq samaradorlik manbalrini ko`zda tutadi.
    Rejalashtirishning aniq hujjatlarini tuzib chiqishda o`qituvchi-pedagog qator talablarga rioya qilishi shart.
    1. Rejalar xalq va hunar- texnika ta`limi, rahbar tashkilotining qarorlari va me`yoriy hujjatlariga muvofiq bo`lishi kerak. Ular davlat rejasi asosida jismoniy tarbiya tizimining bo`g`inlari uchun tuziladi. Hamma o`quv rejalar jismoniy tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq hamda xalq ta`limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodika tavsiyanomalariga muvofiq bo`lishi lozim.
    2. Rejalashtirish jarayonida jismoniy tarbiyaning umumiy va metodik uslubiy asoslaridan kelib chiqish kerak. Rejalashtirish jarayonida asosiy tamoyillar- printsiplarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo`ladi: shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog`liqligi, muntazamlik, qulaylik, mustahkamlik va yuksalish. Shulardan qaysi biri sog`lomlashtirish samarasini bersa va shug`ullanuvchilarga har tomonlama ijobiy ta`sir etsa, shunisiga keng yo`l ochib beriladi. O`rta Osiyo tabiiy iqlim sharoitida yillik dars soatlarining ko`proq qismini ochiq havodan o`tkazishni rejalashtirgan ma`qul.
    3. Rejalashtirishga qo`yilgan asosiy talab uning maqadga muvofiqligi va kelajagi birligidir. Ma`lum sikl rejasi dars seriyalari, yil, chorak oldingi sikllarga asoslanishi va bajariladigan ishga tayyorlashi kerak.
    4. Reja amalga oshiriladigan bo`lishi kerak. Rejalashtirishda o`quvchilar sonini, ularni jismoniy tayyorgarligini, maktabning shart-sharoitini, moddiy texnik ta`minlanganligini, faslni va boshqa talablarni hisobga olish zarur. Shu shart va talablardan qaysi biri mavjud bo`lsa, o`quv dasturidan biroz chetlangan bo`lsa ham, shularni rejalashtirish zarur. Bu yerda ma`lumki, imkoni bo`lmagan materiallar soati imkoni borlarga beriladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, har bir o`qituvchi ish jarayonida asta-sekinlik bilan shug`ullanuvchilarga sharoit va imkoniyat yaratib berishi kerak. Bunday holatlar ko`pincha dastur bo`limiga yangi talablar kiritilganda bo`ladi.
    5. Rejalashtirishning aniqligi o`rgatish bosqichlarini, ularning vazifalariga mosligi bilan ifodalanadi.
    Ko`p mashqlar ichidan eng zaruriysini, har tomonlama mukammal yoki pedagogik samaradorlikni ta`minlaydiganlari tanlab olinishi zarur.
    Rejalarni tuzishdan oldin o`qituvchi zarur axborotlarni to`plab, tayyorgarlik ishlarini bajarishi kerak. Bu axborotlar o`quv materiallarini, manbalarni va ish shakllari, o`tish tartibini belgilab beradi. Har bir jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi jismoniy tarbiya bo`yicha o`quv dasturlarini yaxshilab o`rganishi kerak. Bu shuning uchun har bir sinf uchun, bu mashqlarni o`zlashtirib olishda vazifalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, dasturni o`rganishda o`quv materiallarining sinfdan-sinfga o`tadigan izchilligini ta`minlash imkonini beradi. O`quvchilar tarkibini, sog`ligi darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarligini o`rganish, bunday ma`lumotlarni hujjatlarni o`rganish orqali olish mumkin. Ayniqsa, o`quvchilar bilan suhbatlar boy ma`lumot beradi.
    Jismoniy tarbiya bo`yicha o`tgan yillar davomida qilingan ishlar va maktabning moddiy bazasini hisobga olish, uni rivojlantirish va takomillashtirish yo`llarini aniqlash zarur. Maktab rahbariyati va pedagoglar jamoasining tarbiyaga bo`lgan munosabatini aniqlash uchun maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishish zarur.
    Jismoniy tarbiya darslari bo`yicha o`quv rejasini tuzishda viloyat va tumanning ob-havo sharoitini o`rganish zarur. Ko`pincha bular bir-biridan farq qiladi.
    Tuman va viloyatning ommaviy sport tadbirlarini kalendari bilan tanishish zarur. Bunday axborotlar o`qituvchiga dastur bo`limlarini nabatma-navbat o`tishini aniqlash uchun zarur. Yetakchi jismoniy mashqlar turlarini va ish shakllarini aniqlash uchun o`qituvchi maktab, aholi yashayotgan texnik sport va jismoniy tarbiyaga oid an`analarni o`rganadi, o`quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish yo`llarini belgilaydi.

    Download 116 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 116 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'quv tarbiya jarayonini rejalashtirish texnologiyasining asoslari

    Download 116 Kb.