Tokarlik stanoklari haqida umumiy ma'lumotlar
Tokarlik guruhi stanoklarida aylanish sirtlariga ishlov berish bo'yicha turli operatsiyalar amalga oshiriladi: tashqi va ichki silindrik va ko-nussimon yuzalarni shakllantirish, detal yon yuzalari (tores)ni yo'nish, ariqchalar ochish, teshiklarni parmalash, zenkerlash, razvyortkalash va yo'nib kengaytirish, ichki va tashqi turli profdli rezbalarni kesish, shakldor yuzalarni yo'nib hosil qilish, yuzalarni nakatka qilish, de-talni zagotovkadan kesib ajratish va boshqalar.
Tokarlik guruhiga quyidagi tipdagi stanoklar kiradi (lO.l-jadvalga qarang).
Sanoatda 3 ishlab chiqarilgan stanokIarning asosiy qismini tokarlik guruhi stanoklari egallaydi. Ularda ishlov o'tadigan zagotovkalarning diametri 5000 mm va undan ortiq, uzunligi esa 24000 mm gacha yetadi.
Tokarlik-vintqirqar stanoklari va ularni sozIash
Zamonaviy tokarlik-vintqirqar stanoklaridan biri 16K20 modelli stanokdir. U normal aniqlikkaega (H). Bu asosiy model asosida 16К20П, 16K20T, 16K25, 16К20ФЗ modelli stanoklar chiqarilgan.
16K20 modeUi tokarlik-vintqirqar stanogi yakka buyurtmali va mayda seriyali ishlab chiqarishda, shuningdek asbobsozlik va remont sexlarida harxil tokarlik, parmalash, teshik kengaytirish va rezba ochish ishlarini bajarish uchun mo'ljallangandir. Uning asosiy uzel va qismlari quyi-dagilardir:
Stanina (qutisimon shaklda, jilvirlangan yo'naltiruvchilarga ega).
Oldingi babka (unga tezliklar qutisi o'rnatilgan).
Surishlar qutisi.
Orqa babka (aerostatik tayanchga ega—havo yostiqchasidajoy-lashtirilgan).
Support (unda keskich ushlagich va markaziy asboblar ushlagi-chi joylashgan).
Fartuk (uning ichida supportning surish mexanizmijoylashgan).
7. Ayrim xarakterli detallari: shpindel, yurgizish vinti, yurgizish vali va reyka.
Stanokdagi harakatlar:
Bosh -shpindelning zagotovka bilan birga aylanma harakati. Shpindelning aylanish chastotasi sonlari 22 ta ayl/min, Shpindelning to'g'ri va teskan yo'nalishdagi
aylanishlari quyidagi tenglama orqali ifodalanadi (stanokning kinematik sxemasiga qarang [3, 265-bet]):
Surish —shpindelning bir marta aylanishiga mos keladi-gan supportning bo'ylama va salazkalarning ko'ndalang yo'nalishdagi (sk) siljishidir ayl). Bo'ylama surish kinematik balansi tenglamasi quyidagicha:
Ko'ndalang surish
Rezba kesish. Stanokda metrik, dyumli, modulli va pitch rezba-larini kesish mumkin. Keskich yordamida rezba kesishda support surish harakatini yurgizish vintidan oladi (bunda mufta M5 ulanadi). Rezba kesishda kinematik balans tenglamasi kesilayotgan rezba qadami tr uchun quyidagicha yoziladi:
bundan almashinuvchi g'ildiraklar uzatish nisbati
Bu yerda: shpindel va yurgizish vinti orasidagi o'zgarmas elementlar uzatish nisbati; yurgizish vintining qadami.
Metrik va dyumli rezbalarni kesishda a=40, v=86 va d=6A tishli almashinuvchi g'ildiraklar o'rnatiladi va bu metrik rezbaning qadami
stanokning pasportida ko'rsatilganidek 0,5-112 mm bo'lishini ta'minlaydi.
|