|
“Jizzax neft baza” MCHJ bo‘yicha 2022 yilning yanvar-iyun oylarida o‘zlashtirilgan investitsiya o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida MA’LUMOT
|
bet | 7/9 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 101,45 Kb. | | #133088 |
Bog'liq korxonasining mehnat resurslari va ularni boshqarish “Jizzax neft baza” MCHJ bo‘yicha 2022 yilning yanvar-iyun oylarida o‘zlashtirilgan investitsiya o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida MA’LUMOT Asosiy prognoz ko‘rsatkichlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ–72-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat investitsiya dasturiga asosan, joriy yilning yanvar-iyun oylarida “Jizzax neft baza” MCHJ bo‘yicha 10 ta investitsiya loyihalari doirasida 374,9 mln. dollar miqdorda investitsiyalar o‘zlashtirildi (prognozga nisbatan 124,6%). Jumladan:
o‘z mablag‘lari hisobidan 124,5 mln. dollar (101,5%);
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan 250,4 mln. dollar (140,5%).
Yangi quvvatlarni ishga tushirish
2022 yilda umumiy qiymati 128,5 mln. dollarga teng bo‘lgan 2 ta ob’ekt bo‘yicha qurilish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan. Jumladan:
Dengizko‘l konida siquv kompressor stansiyalarini qurish. Umumiy qiymati 87,8 mln. dollar. Ishga tushirish muddati – iyul. (loyiha 2017-2021 yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha Dastur doirasida amalga oshiriladi);
Sho‘rtan neftgaz qazib chiqarish boshqarmasi "Sho‘rtan" Bosh inshootidan "Sho‘rtan GKM" va "Uzbekistan GTL" zavodigacha diametri d=1020x18mm.li 33 km uzunlikdagi gaz kuvurini qurish. Umumiy qiymati 40,7 mln. dollar. Ishga tushirish muddati – dekabr.
Ushbu ob’ektlarni ishga tushirish natijasida yiliga qo‘shimcha 290 mln. kub.m. tabiiy gaz qazib chiqarishga va 14,0 mln. kub.m. tozalangan tabiiy gazni transport qilishga erishiladi hamda 27 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Xulosa
Mehnat motivatsiyasining asosiy omillari ehtiyojlar va qiziqishlar bo‘lib, ular moddiy va nomoddiy bo‘lishi mumkin.
Mehnat motivatsiyasi jarayonining eng muhim elementlari qadriyatlar - sub’ektning, ijtimoiy guruhning hayot va ishlashning asosiy va muhim maqsadlari to‘g‘risidagi tassavurlaridir, qadriyatli yo‘nalishlar esa, inson xulq-atvoridagi yo‘nalish, mo‘ljaldir.
Agar rahbarlar kommunikatsiyaning mazmuni va mohiyatini tushunmasalar va unga ahamiyat bermasalar, tashkilotning strukturasida uzilishlar yuz berishi mumkin.Shu sababli kommunikatsiya jarayonining har bir bosqichida informatsiya o’z mahnosini o’zgartirmay tezkor harakat qilishini tahminlash zarur.Faqat teskari aloqa vositasi orqaligina rahbarlar tashkilotning turli bo’limlari, quyi boshqarish pog’onalari, ishlab chiqarish jarayoni va umuman turli xil xatti harakatlar to’g’risida informatsiyaga ega bo’ladilar.Bularsiz tashkilotning keyingi holatini aniqlab bo’lmaydi. Teskari aloqada qabul qiluvchi va uzatuvchi o’z o’rinlari bilan almashadilar va bunda qabul qiluvchi yetkazilgan informatsiyani qanday tushungani, unga munosabati (reaksiyasi)ni bildiradi.Teskari aloqa yordamida informatsiya almashish jarayoni samaradorligi oshadi va shovqinlar kamayadi. Yomon o’rnatilgan teskari aloqa va informatsiyani qabul qilishni bilmaslik (masalan, tinglashni) samarali kommunikatsiyaga to’siq bo’ladi. Odatda kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirish uchun teskari aloqaning shakllanishi rag’batlantiriladi. Teskari aloqada bo’ysunuvchilar rahbariyatning xatti-harakatlari, tashkilot maqsadlariga erishish yo’llari, mahsulot sifatini oshirish, tarkibiy o’zgarishlar va boshqa masalalarga o’z fikr va mulohazalarini yuqoriga bildirish imkoniga ega bo’lishlari kerak.
Hozirgi kunda har bir ishlab chiqarish korxonasi Respublikamiz xalq xo’jaligining bir bo’g’ini bo’lib, ular faoliyatining natijalari mamlakat iqtisodiyotiga, xalqimizning farovon turmush kechirishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Shu sababli xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish asosida ishlab chiqarishni jadal sur’atlarda rivojlantirib borish zarur. Korxona o’zining bozordagi raqobat vaziyatini pozitsiyasini tashkil etish va sharoitlarni aniqlash orqali baholashi mumkin. Baholash ishlari korxonaning tarmoq bozoridagi holatini aniqlash, yangi bozorlarga mahsulot sotish rejasini ishlab chiqish va istiqbolli ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun, investorlar mablag’larini jalb qilish maqsadida olib boriladi.
Iqtisodiyotda raqobatning mavjudligi uning rivojlanishini ta’minlovchi omillardan biridir. Korxonalarning raqobat kurashida yengib chiqishi uchun korxonalar bir qator faoliyatlarni amalga oshirishlari lozim, zeroki, bu kabi faoliyatlar korxonalar uchun raqobat ustunliklari hisoblanadi. Ular quyidagilardan tashkil topadi:
1. Korxona faoliyatiga yangiliklar (innovatsiyalar) ni jioriy etish. Hozirda «Jizzax neft baza» MCHJ da ja’mi 178 nafar ishchi – mutaxassis xodimlar mehnat qilmoqda. Ular tomonidan 2022-yilda 7 milliard 981 million 933 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo’lsa, joriy yilda ushbu ko’rsatkich 10 milliard 500 million so’mga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.Aytish joizki, har qanday sanoat korxonasi muvaffaqiyatlariga baho berganda, uning daromadlari miqdori alohida e’tiborga olinadi. Zero, daromad faoliyat rivojini ta’minlovchi eng muhim manbadir. Shu ma’noda, «Jizzax neft baza» MCHJ ning mahalliylashtirish dasturiga kiritilishi va bu orqali qator imtiyozlar berilishi korxona imtiyozlarini yanada kengaytirdi. Pirovardida korxonada modernizatsiyalash ishlari olib borildi va olib borilmoqda. Shu asnoda, korxonada 735 million 772 ming so’mlik texnologik yangilanishlar amalga oshirilib, mavjud uskuna va dastgohlar quvvati 1,75 barobarga oshirildi. O’z navbatida, qo’shimcha ish o’rinlari ham yuzaga keladi.
2.Mahsulot tannarxini pasaytirish. Bu borada «Jizzax neft baza» MCHJ faoliyatida ham yuqorida aytib o’tilgan korxona faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish hamda zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida mahsulot ishlab chiqarish korxonada xarajatlarning kamayishiga hamda mehnat unumdorligining oshishiga erishilib, mahsulotlarning tannarxi nisbatan kamytirilishiga erishilmoqda.
3. Mahsulotlarni differentsiatsiyalash, ya’ni mahsulotlarning alohida dizaynga ega, yuqori sifatli va boshqa-boshqa turlarini ishlab chiqarish. Bu borada «Jizzax neft baza» MCHJ bir qator faoliyatlarni amalga oshirib kelmoqda.Ya’ni bu tashkilot tarkibida Neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “NDIZ” MCHJ hamda neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Forish neft” MCHJ faoliyat olib bormoqda.
4. Tovar sifatini oshirish - milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxona raqobatbardoshligini oshirishning asosiy talabi. Bu vazifani hal qilish ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, umumdavlat boyligini ko`paytirish va mehnatkashlarning ehtiyojini qondirishga imkon beradi. «Jizzax neft baza» MCHJ da mahsulot sifatini oshirish har bir tashkiliy korxona va uning bo`limlarining muhim vazifasidir. Ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan tovarlar jahon standartlari talablarini qondira oladi. “Jizzax neft baza” MCHJ da mahsulotlarning eksportbop turlarini tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Chunki tashqi bozordan mustahkam joy egallash uchun korxona texnologiyalarini muntazam takomillashtirib borish talab etiladi. Respublikamizda korxonalar faoliyatini tashkil etish va samarali boshqarish, ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishda ularning raqobatbardoshligini oshirish borasida quyidagitakliflarni bersak, maqsadga muvofiq bo’ladi:
Birinchidan,asosiy ishlab chiqarish faoliyatiga qo’shimcha faoliyat va xizmat turlarini ko`rsatish yo`nalishida tashkil etishda olinadigan foyda miqdori ko`payadi. Bu esa, o`z navbatida, asosiy sohani yanada rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash va qo`shimcha faoliyat turlarini yaratish yo`nalishidagi tadbirlarni ichki manbalar hisobidan moliyalashtirishimkonini beradi.
Ikkinchidan, qo`shimcha faoliyat sifatidagi xizmatlar ko`rsatish ishlariningasosiy ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritilishi iste`molchilar uchun mahsulot tannarxini pasayishiga, ishlab chiqaruvchilar uchun foydani oshishiga olib kelib, ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobat muhitining kuchayishiga, pirovardida esa ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko’rsatish sifatining yaxshilanishi va narxining pasayishiga olib keladi.
Uchinchidan, korxonalarda mahsulotlar yetishtirishni diversifikatsiyalash mahalliy va tashqi bozorlarni yangi texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan, raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta`minlanish imkonini yanada yaxshilaydi. Bu esa, o`z navbatida, xalqimiz turmush farovonligini yuksalishiga xizmat qiladi.
To`rtinchidan, ishlab chiqarish korxonalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy texnikalar bilan ta`minlash, istiqbolda ularni ishlab chiqarish faoliyatini yanada barqarorlashtirishga yordam beradi. Ushbu tadbirning amalga oshirilishi korxonada, bir tomondan, foyda miqdorining oshishiga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish bo`yicha xo`jalik mustaqilligini beradi. Beshinchidan, ishlab chiqarish korxonalarining istiqbolli yo`nalishlari doirasida ularni bozor bilan to`g`ridan-to`g`ri bog`lanishi va bu orqali o`zlari ishlab chiqargan mahsulotlaridan ko`proq manfaatdor bo`lishini ta`minlaydigan tadbirlarni amalga oshirish ishlari mujassamlashgan. Bu esa pirovardida, ishlabchiqaruvchi korxonalarni iqtisodiyotimizdagi raqobatbardosh sub`ekt sifatida shakllantirishga yordam beradi. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi ishlab chiqaruvchi korxonalarning barqaror rivojlanishiga, aholini ehtiyojlarini qondiruvchi turli-tuman mahsulotlar bilan ta`minlashni yaxshilashga olib keladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
“Jizzax neft baza” MCHJ bo‘yicha 2022 yilning yanvar-iyun oylarida o‘zlashtirilgan investitsiya o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida MA’LUMOT
|