|
Jizzax politexnika instituti “servis” fakulteti
|
bet | 1/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 88,84 Kb. | | #145593 |
Bog'liq menejmentning funksiyalari, tamoyillari amal qilishi tahlili O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
“SERVIS” FAKULTETI
“____________________________________________” KAFEDRASI
KURS ISHI
Маvzu: “Jizzax neft baza” MCHJda boshqaruvning funksiyalari, tamoyillari amal qilishi tahlili (kamida 3 yillik ma’lumotlari asosida)
Bajardi: Xujamkulov X.
Ilmiy rahbar: Norboyeva D.
2023-yil
REJA:
KIRISH
I. Korxonaning boshqaruv funksiyalari, tamoyillari.
1.1. Korxonaning boshqaruv jarayoni haqida tushuncha.
1.2. Korxona boshqaruvining qonun-qoidalari, tamoyillarining boshqaruvdagi ro’li.
II.Korxona faoliyatining tizimi.
2.1. “Jizzax neft baza” MCHJ korxona boshqaruv tamoyillarining tarkibi va ularning iqtisodiy tavsifi.
2.2. “Jizzax neft baza” MCHJda 2020-2030 yillarda korxonaning strategik rivojlanish istiqbollari.
III.Korxonaning strategiyasini tanlash.
3.1. “Jizzax neft baza” MCHJ faoliyatining 2022-yil bo‘yicha asosiy ko`rsatkichlariga oid ma`lumotlar
3.2. Korxona strategiyasini tanlash.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Mundarija
Kirish
Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish. 2000-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda korxona yurituvchi sub’yektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularga nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002-yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi.
Bunda eksport tarkibini diversifikatsiyalash va xomashyo mahsulotlari hamda materiallarini eksport qilishdan qochib, qo‘shilgan qiymat ulushi ko‘proq bo‘lgan tayyor mahsulotlar chiqarish, yangi texnologiyalar olib kelish va mamlakat eksport salohiyatini orttirishga ko‘maklashadigan chet el investorlari ishtirokida qo‘shma korxonalar qurish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Shuningdek, import o‘rnini bosadigan tovarlar siyosatini, ya’ni tovarlar import qilish o‘rniga mashinalar va sanoat hamda qishloq xo‘jaligi uchun uskunalar import qilishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Eksportda tovar tarkibini diversifikatsiya qilish natijasida mamlakatimiz neft mahsulotlari yakkahokimligi oqibati bo‘lgan neft mahsulotlari eksportiga qaramlikdan xalos bo‘ldi.
Strategik boshqaruvning mohiyati uning o'ziga xos tabiatining innovatsion xususiyati, istiqbolli maqsadlarga yo'naltirilganligi, ko'plab alternativalarning mavjudligi, sub'ektivlik, qaytarilmaslik va oqibatlarning uzoq vaqt davomida paydo bo'lishi kabi xususiyatlarni aks ettiradi. Strategik boshqaruvning mohiyatini ifodalovchi asosiy g'oya bo'lajak o'zgarishlar va muammolarga tezda javob berish qobiliyatini yaratish uchun boshqaruvning asosiy e'tiborini atrof-muhitga o'tkazish zarurati hisoblanadi. Strategik boshqaruv tushunchasi va mohiyati strategiya orqali ifodalanadi - yetakchilik va tashkiliy ierarxiyaning eng yuqori darajasida murakkab strategik qarorlarni qabul qilish jarayoni. Bu korxona va uning barcha bo'linmalari ishiga samarali va samarali ta'sir ko'rsatishga imkon beradigan resurslarni oqilona taqsimlash orqali korxona yoki korxonaning tanlangan maqsadni amalga oshirish uchun bevosita muhiti bilan aloqani aniqlash va o'rnatishda ifodalanadi. Lekin hozirgi bozor sharoitida ko`pgina korxona va korxonalarda, xususan loyihalar korxonalarida hamon boshqaruv tuzilmasida ortiqcha bo`g`inlar mavjud bo`lib, bular o`z navbatida yuqorida ta`kidlaganimizdek, strategik boshqaruvda mehnat unumdorligining pasayishiga va pirovard natijada korxonaning yakuniy faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shu sababli bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida korxonalarda strategik boshqaruv tizimini bozor talablariga moslashtirish, ya`ni takomillashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Boshqaruv jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko’rinadi. Boshqaruv funksiyasi deganda boshqaruvga doir malum masalani yechishga yo’naltirilgan bir turliy ishlar yig’indisi tushiniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar masulyati boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funksional bo’lim to’g’risidagi nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko’rsatmalarda o’z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayoning funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarni tashkil etadi, boshqaruvchilar sononi belgilaydi va boshqaruv tizimini loyhalashtiradi.
Boshqaruv organlari asosiy va aniq funksiyalarga bo’linadi. Asosiy funksiya ham ishlab chiqarish jarayonida, ham muomila va noishlabchiqarishda amalga oshiriladi.
Shunday qilib boshqaruv jarayoni qo’yilgan ma’sala yechimiga erishish uchun boshqaruv aparati rahbari va kishilarning kelishilgan holda hamohang faoliyat ko’rsatishdir.
|
| |