• 1 – Amaliy mashg`ulot. Mavzu
  • Jihozlar va reaktivlar
  • Jizzax viloyati arnasoy tumani maktabining 7 – “ ” sinf o`quvchisi




    Download 1,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/29
    Sana12.02.2024
    Hajmi1,65 Mb.
    #155279
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
    Bog'liq
    7-Sinf KIMYO NAZORAT ISHI daftar 2022
    NIMANI EKSANG SHUNI O, O\'zbekistonning muhofaza etiladigan tabiiy hududlari, aylana, Ona tili o’qitish metodikasi fanidan test 500 savolga 500 javob, portal.guldu.uz-Ishchi dastur (1), 209-210-RT tayyor1, Denov TPI 02.06.2023 Aviatsiya — копия, ha (1), tabiatshunoslik-musaqil-ish, Документ Microsoft Word (2), ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH - IQTISOD, Erotosfen elagi - , 144-150



     
    JIZZAX VILOYATI ARNASOY TUMANI
     ____________ MAKTABINING
    7 – “ ” SINF O`QUVCHISI 
    ________________________________NING 
    KIMYO FANIDAN 
    NAZORAT SAVOLLARI 
    VA AMALIY ISH DAFTARI 
     
     
     
     
    2022-2023 



    1 – Amaliy mashg`ulot. 
     
    Mavzu: Kimyo xonasidagi jihozlar hamda moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari bilan tanishish. 
    Darsning maqsadi: Kimyo honasida jihozlar va reaktivlar bilan ishlashdagi xavsizlik qoidalari bilan tanishish. 
    Jihozlardan foydalanish bo`yicha ko`nikmalarga ega bo`lish. Ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun 
    xafvsizlik qoidalariga rioya qilish 

    Jihozlar va reaktivlar: stakanlar, probirka, qisqichlar, plastik taglik, quruq yonilg`i, plita, bug`latish 
    kosachasi, pipetka, gurgut, etil spirit, distirlangan suv. 
    1. Ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun 
    asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani 
    boshlamaslik kerak. 
    2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas. 
    3. Тajribalarni iloji boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish kerak. 
    4. Тajriba davomida termometr sinib qolsa undagi simobni maxsus usullar bilan 
    tezda yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak. 
    5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo‘lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim. 
    6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda 
    saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlashkerak. 
    7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim. 
    8. Yong‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishiga sabab bo‘lgan manba 
    o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alangani yoyilish 
    xavfi bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak. 
    9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda 
    ularning og‘zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
    10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko‘zoynak taqib olish 
    zarur. 
    11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash 
    mumkin emas. 
    12. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo‘ylab suvga quyish kerak. 
    13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o‘lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich 
    yordamida o‘lchab olish lozim. 
    14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to‘kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak. 
    15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko‘rish 
    lozim. 
    16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko‘zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo‘ya 
    harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim. 
    17. Тajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish kerak. Asboblarni o‘chirish kerak. 
    18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim.


    Download 1,65 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




    Download 1,65 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jizzax viloyati arnasoy tumani maktabining 7 – “ ” sinf o`quvchisi

    Download 1,65 Mb.
    Pdf ko'rish