|
Finlandiya oʻquvchilarining PISA dagi natijalariBog'liq raqamli-iqtisodiyot-sharoitida-ta-lim-soxasida-innovatsion-metodlarni-foydalanishFinlandiya oʻquvchilarining PISA dagi natijalari:
Savodxonlik turi
2000
2003
2006
2009
2012
2015
2018
Oʻqish
546 (1)* 543 (1) 547 (2) 536 (2) 524 (3) 526 (2) 520 (5)
Matematika
536 (4) 544 (1) 548 (1) 541 (2) 519 (6) 511 (7) 507 (12)
Tabiiy fanlar
538 (3) 548 (1) 563 (1) 554 (1) 545 (2) 531 (3) 522 (9)
*Qavs ichida Finlyandiyaning PISA tadqiqotidagi reytingi koʻrsatilgan
Maʼlumot uchun: Finlyandiya Respublikasi PIRLS (The Progress in
International Reading Literacy Study – boshlangʻich 4-sinf oʻquvchilarining matnni
oʻqish va tushunish darajasini baholash) tadqiqotida 2011 (568 ball) va 2016 (566
ball) yillarda ishtirok etgan va mos ravishda 3 va 5-oʻrinlarni egallagan. Finlyandiya
taʼlim tizimini batafsil tahlil qilish orqali koʻplab xulosa va takliflar ishlab chiqish
mumkin. Ulardan baʼzilari quyidagilar:
Finlyandiya muvaffaqiyatini bitta omil yordamida tushuntirish mumkin emas,
chunki bir-biri bilan juda bogʻliq boʻlgan omillar tarmogʻi mavjud;
Fin xalqining asosiy qadriyatlari Finlyandiyada taʼlim muvaffaqiyatining
muhim qismidir. Tenglik va hamkorlik Finlyandiya taʼlim tizimini hamjihatlikda
ishlashga majbur qiladi.
Oʻqituvchilarning salohiyati eng muhim omil va bu boshqa koʻplab omillar
bilan, masalan, oʻqituvchilarni tayyorlash taʼlim sifati, oʻqituvchilik kasbining
jamiyatdagi obroʻsi va oʻqituvchilarning mehnat sharoitlari bilan bogʻliq.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar ta’lim tizimidagi zamonaviy yutuqlarni tahlil qilish orqali, yurtimizda
fan yutuqlarini qo‘llashimiz, ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning
asosiy mazmuni ta’lim sifatini boyitishga, ta’lim jarayonida beriladigan bilim va
ko‘nikmalarning tahsil oluvchilar tomonidan to‘laqonli o‘zlashtirilishiga hamda
ularning o‘z ustilarida mustaqil ishlab yuqori marralarga erishishidir. Natijada erkin
fikrli, dunyoqarashi keng, ijodkor, innovatorlar yetishib chiqadi bu esa bizning oily
maqsadimiz.
|
| |