Key words:
Innovation, innovative technology, digital economy, distance
learning, artificial intelligence, Khan academy, Knewton, PISA, PIRLS, MOOC.
Dunyo bizning ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib bormoqda. Raqamli texnologiyalar
asta-sekin kundalik hayotning har bir sohasini ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
O‘tkan yillarni barcha sohalarda elektron, kompyuter, tarmoq va boshqa ko‘plab
muhim avtomatlashtirilgan texnologiyalar yordamida tasavvur qilish qiyin edi.
Hozirgi kunda “Raqamli iqtisodiyot” tushunchasi juda ko‘p marta qo‘llanilmoqda.
Darhaqiqat, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot ularning
rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli
iqtisodiyot muhim rol o‘ynaydi, ta’limda aloqada, sotib olishdan-to tovar ishlab
chiqarishgacha va iqtisodiyotning barcha bo‘g’inlari raqamli muhitga o‘zgardi.
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM)
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 4 (June) ISSN: 2181-3000
Page 269
Jamiyatining asrlar davomida to'plangan tajribasi inson intelektual salohiyati
muhim ahamiyat kasb etayotgan hozirgi davrda yana bir bor shuni isbotlamoqdaki,
davlat va jamiyat ertasini belgilab beradigan yosh avlodni tarbiyalashga, el-yurt
taraqqiyotiga xizmat qiladigan asosiy vositalardan biri-ta'limdir.
Ta’lim biz umurguzaronlik qilayotgan dunyoning ajralmas qismi bo’lib, inson
ma’naviy ehtiyojlarini bevosita qondirish orqali moddiy farovonlikni ta’minlaydi.
Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishga katta
e’tibor qaratiladi. Chunki ularda butun ta’lim tizimiga qilingan sarmoya jamiyatga
kelajakda 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda mazkur ko’rsatkich 4
barobarni tashkil etadi. AQSH YaIMning 7.5%ini, Norvegiya 7.6%ini, Xitoy esa
4%ini ta'limga sarflaydi. Shuningdek,iqtisodiyotni rivojlantirishda bilimlarni va inson
resurslarini asosiy omil sifatida qaraydigan rivojlangan mamlakatlar asosan boy
tabiiy resurslarga ega bo‘lmagan davlatlar(Yaponiya, Shvetsiya va b.)dir. BMT
taraqqiyot dasturi o'tkazgan tadqiqot natijalari yer yuzasida hozirgi kunga qadar
to‘plangan jami kapitalning 16%i moddiy ko‘rinishdagi kapitalga, 20%i tabiiy
boyliklarga va qolgan 64%i inson kapitaliga to‘g’ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Ta’lim jarayonida inson bilimini shakllantiradi, rivojlantiradi, aqliy va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlanadi, insonni kuchli, irodali professional kadr bo‘lishi uchun
ta’lim birinchi o‘rinni egallaydi. Ammo, fan-texnika taraqqiy etgan bugungi kunda
innovatsion texnika- texnologiyalarni ya’ni, kompuyterlar, planshetlar, electron
doskalar, electron darsliklar, interaktiv o'quv qo'llanmalari, o‘qitishning interfaol
(klaster, keys stadi, venn diagrammasi va h.) metodlarini ta’limga joriy etmay turib,
yuqori intellekual salohiyatli, ijodkor, jahon mehnat bozorida o‘z o‘rniga ega
raqobatbardosh kadrlarni shakllantirib bo'lmaydi.
Yurtimizda ta‘lim sohasini modernizatsiya qilish, ta’limga innovatsiyalarni,
raqamli texnologiyalarni keng targ’ib qilish, talaba yoshlarni sifatli ta’lim materiallari
bilan ta’minlash, yoshlarni ta’lim qamrovini oshirish yuzasidan ko‘plab chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-yilda oily ta’limga qabul parametrlari
2016-yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sdi, yoshlarni oily ta’lim bilan qamrab olish
darajasi 9%dan 25%ga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
tomonidan “Ta’lim tizmida innovatsiyalarni shu jumladan, o‘qitishning interaktiv va
ijodiy uslublarini joriy etish orqali targ’ib qilishga ko‘maklashish, raqamli
texnologiyalardan foydalanishni nazarda tutuvchi innovatsion o‘quv dasturlarni
ishlab chiqishni ta’minlash” vazifalari belgilab berildi.
Innovatsiyalar hayotimizning barcha soha va tarmoqlariga yangi texnik,
texnologik vositalarning, boshqarish, tashkillashtirishning yangi usullarini,
shakllarini, turlarini joriy etilishini va amaliyotda foydalanishni anglatadi.
Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiya bu - ta’lim-tarbiya shakllari,
metodlari va usullariga yangicha yondashish, ta’limda yangi dasturiy- texnik
vositalardan foydalanishdir.
Ta’limda raqamli innovatsion texnologiyalardan foydalanish pedagog-
o’qituvchi tomonidan qo'llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalarga qaraganda
samaradorligi yuqori hisoblanadi. Masalan, online ta’limni ushbu ko‘rinishida ish
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM)
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 4 (June) ISSN: 2181-3000
Page 270
faoliyati va kundalik yumushlaridan ajralmagan holda ta’lim olish imkonini beruvchi
sun’iy intellektga asoslangan-ochiq masofaviy talim tizimi
(massive open distance
education sistem)
. Bu tizim internetda sun’iy intellect orqali ma’ruzalar tinglash
imkonini beradi, uning afzalliklarini quydagicha ifodalash mumkin:
vaqt yo‘qotishlarning oldini oladi, sarf-xarajatlarni kamaytiradi.
fanlarni chuqur o‘zlashtirishga sharoit yaratadi. Chunki berilgan mavzuni
o‘zlashtirmasdan turib, boshqasiga o‘tib bo‘lmaydi.
dunyoning istalgan joyida yashovchi xatto, eng chekka qishloqda
yashovchilarning ham zamonaviy va sifatli ta’lim olish imkoniyati paydo boladi.
Ushbu tizimning salbiy tomoni shundaki, o‘quvchi yoki talaba AT - axborot
texnologiyalari bilan taminlangan bo‘lishi kerak, ya’ni internet, kompiyuter (planshet,
gadjet, telefon, va boshqalar).
Bunday dasturiy - texnik vositaga asoslangan tizimlardan yana biri-Khan
academy. Ushbu tizimda o‘quvchi-talabalar ma’ruzalarni uyda, ko‘chada ketayotgan
vaqtda va shunga o‘xshash joylarda tinglash imkoniga ega bo‘lib, auditoriyaga
kelganlarida esa, o‘qituvchi bilan birgalikda vazifalarini bajarishadi. O‘quv
jarayonida ushbu tizimdan foydalanish orqali o‘qituvchi o‘quvchining qaysi mavzuni
o‘zlashtirgan yoki qaysisini o‘zlashtira olmagan, qaysisini o‘zlashtirishda
qiyinchilikka duch kelganligini aniqlay oladi va o‘quvchini mavzu yuzasidan
qiynayotgan masalalarni tezkorlik bilan hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘quvchi
esa, o‘z vaqtida mavzularni puxta egallashga erishadi.
Knewton o‘quv tizimi har bir o‘quvchi-talabaga maxsus o‘quv dasturi tuzib
berishda o‘quvchi bilimining bo‘sh va sayoz joylarini aniqlash, unga o‘qitishning
qaysi usulda(matn, video, avdio) amalga oshirish yaxshiroq samara berishini inobatga
olgan holda yondoshadi. Qolaversa, o‘quvchi-talaba berilgan mavzuni qay darajada
o‘rgandi, yangi mavzuga o‘tish kerakmi yoki yo‘q degan tomonlarini ham o‘z ichiga
oladi. Talaba yoshlarning individual xususiyatlarini, ularning kamchiliklarini hisobga
olgan holda yondashish ularni berilayotgan bilimlarni chuqur o‘zlashtirishining
kafolatidir.
Ta’limda yana bir raqamli innovatsion texnologiya-video o‘yinlari orqali ta’lim
olish. Uni ta’lim jarayonida qo’llash ta’lim oluvchilarga boshqa turdagi media
vositalariga qaraganda mavjud bilim va ko‘nikmalarni virtual dunyoga kirgan holda
yaxshiroq egallash imkonini yaratadi. Agarda oddiy tarix kitoblarini olib qaraydigan
bo‘lsak, ulardan o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar to‘g’risida ma’lumot
olamiz. Ammo, katta miqyosdagi va yaxshi tashkil qilingan o‘yin simuliyatorlari
undan ko‘ra ko‘proq va muhimroq ma’lumotlarni aniqlash va anglash imkonini
beradi.
Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (PISA – The Programme for
International Student Assessment) PISA tadqiqotlarida 2015-yilda 72 ta mamlakatdan
500000 nafardan ortiq va 2018-yilda 79 ta davlatdan 600000 nafardan koʻproq 15
yoshli yigit-qizlar ishtirok etishgan. PISAning oʻziga xos xususiyati shundaki, u sof
bilimni emas, balki turli sohalarda savodxonlikni baholaydi. Savodxonlik -
“oʻquvchilarning asosiy mavzular boʻyicha bilim va koʻnikmalarni qoʻllash
JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT (JMBM)
www.jmbm.uz VOLUME 1, ISSUE 4 (June) ISSN: 2181-3000
Page 271
qobiliyati, turli vaziyatlarda muammolarni aniqlash, talqin qilish va hal qilishda
samarali tahlil qilish, mulohaza yuritish va muloqot qilish qobiliyati” sifatida
izohlanadi. PISA dasturi doirasida har 3 yilda takrorlanuvchi sikllarda
oʻquvchilarning matematik, tabiiy fanlar va oʻqish fanlari savodxonligi baholanadi.
PISA dasturi 2000-yilda tashkil etilgandan buyon Finlyandiya unda muntazam
qatnashib kelmoqda va erishgan natijalari bilan fin taʼlim tizimi dunyodagi koʻplab
mamlakatlarining eʼtiborini oʻziga jalb qilmoqda. Oʻtkazilgan yettita PISA siklining
natijalarida ozgina tebranishlar va soʻnggi ikki siklda biroz pasayish kuzatilsada,
Finlyandiya taʼlim tizimi PISA tadqiqotlari natijalari boʻyicha uzoq davrda eng
yaxshi natijalarga erishgan davlatlardan biri hisoblanadi.
|