• Sensorli texnologiyalar, Buyumlar internet (IoT), robototexnikalar va boshqa shu kabilardan ishlab
  • Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 28




    Download 42,94 Kb.
    bet2/2
    Sana08.12.2023
    Hajmi42,94 Kb.
    #113697
    1   2
    Bog'liq
    Aniq qishloq xo\'jaligi va dehqonchilik amaliyotida AKTdan foydalanish

    Ishlab chiqarishjarayoniniraqamlashtirish






    Rejalashtirish, bashoratlash, korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish jarayonida Big datani qayta ishlash




    Sensorli texnologiyalar, Buyumlar internet (IoT),
    robototexnikalar va boshqa shu
    kabilardan ishlab



    1-rasm. Qishloq xo‘jaligida raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari1.


    Yaqin yillargacha tarmoqning eng asosiy resursi hisoblangan yerning hisobini yuritishda juda katta kamchiliklar mavjud bo‘lgan. Jumladan, yer resursining toifalari bo‘yicha aniq hisob-kitobini yuritishda noaniqliklar kuzatilgan. Mazkur holat yer resurslaridan foydalanishni samarali tashkil etishga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatgan. Ushbu muammoni inobatga olib, 2020-yil 7-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6061-sonli farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi


    qoshida Kadastr agentligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish, qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish, tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, qishloq xo‘jaligi yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishga doir vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi. Ushbu farmonga ko‘ra 2021-yil 1-oktabrdan boshlab yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlar Milliy geografik axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi. Bundan tashqari, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

    • yer turi, konturi, chegarasi va huquq egalari haqidagi barcha ma’lumotlar Kadastr agentligining onlayn geoportaliga kiritilishi;

    • onlayn geoportal Milliy geoaxborot tizimiga integratsiya qilinishi;

    • yer balansi va uning hisoboti, tuman (shahar) yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida yuritilishi;

    • Davlat kadastrlari yagona tizimi Milliy geoaxborot tizimida shakllantirilishi belgilab qo‘yilgan.

    Mamlakatimizning iqlim sharoitiga ko‘ra tabiiy namlik darajasi dehqonchilik bilan shug‘ullanish va chorvachilikni ozuqa bazasi bilan to‘liq ta’minlash uchun yetarli emas. Shu sababli qishloq xo‘jaligida suv resursining ham ahamiyati juda katta. Respublikamizda sug‘oriladigan yerlar maydoni 4,2 mln. gektardan ortiq bo‘lib, jami suv resurslarining 90-91 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida foydalaniladi.
    So‘nggi yillarda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi, global isish, qurg‘oqchilik kabi holatlar suv resurslarining taqchillashuvini keltirib chiqarmoqda. Bu turli tadqiqot institutlari tomonidan berilayotgan prognozlaarda ham o‘z aksini topmoqda. Jumladan, jahon resurslari institutining prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta mamlakatning biriga aylanadi. Bunday holatda oldimizda turgan asosiy vazifa mavjud suv resurslaridan samarali foydalanishdir.
    Suv resurslaridan foydalanishdagi asosiy muammolardan biri – suv hisobining aniq yuritilmasligidir. Bizda amalda bo‘lib turgan tartibga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga suv vakolatli organ, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ajratiladigan limit bo‘yicha beriladi. Bunda Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi suvdan foydalanish bashoratini umumlashtirib, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga suv olish limitlari bo‘yicha takliflar kiritib, tasdiqlangan limitlar asosida magistral kanallar, suv xo‘jaligi obyektlari, irrigatsiya tizimlari, viloyat va tumanlar bo‘yicha suv olish limitlarini belgilaydi. Ushbu tartib suvdan tejamkorlik asosida foydalanishga rag‘batlantirmaydi. Chunki, qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyekti qancha suv sarflanishidan qat’i nazar, yani limitda
    ko‘rsatilganidan oz sarflasa ham, ko‘p sarflansa ham unga ajratilgan limitda ko‘rsatilgan miqdordagi suv uchun haq to‘laydi. Aslida hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sarflangan suvning aniq miqdorini hisoblash ham imkonsizdir. Qachonki sarflangan aniq suv miqdori uchun to‘lov qilinadigan bo‘lsa, o‘shanda suvdan foydalanuvchilar tejamkorlik bilan foydalanishga harakat qiladi.
    Ushbu muammoning yechimlaridan biri – suvdan foydalanish jarayonini to‘liq raqamlashtirish orqali suv sarfining aniq hisob-kitobini yo‘lga qo‘yishdir. Bu borada ham hukumatimiz tomonidan chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6024-sonli farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga Konsepsiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2030-yilga qadar suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish sohasida quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan:

    • barcha irrigatsiya tizimi obyektlariga “Smart Water” (“Aqlli suv”) suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;

    • 100 ta yirik suv xo‘jaligi obyektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.

    2021-yil 24-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Strategiya mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini o‘z ichiga oladi, uning doirasida:

    • daryo va soylarda 6 ta gidrologik post qurilishi va qayta tiklanishi, 6 ta gidrologik post raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi;

    • “Smart Water” (“Aqlli suv”) raqamli texnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv xo‘jaligi obyektlari soni 18576 tagacha yetkazilishi;

    • 60 ta yirik suv xo‘jaligi obyekti raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga o‘tkazilishi;

    • Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 1688 ta nasos stansiyasidagi 5231 ta nasos agregatining elektr energiyasi iste’moli va suv sarfi hisobining monitoringi “onlayn” rejimda olib borilishi;

    • mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarining 2100 tasida raqamli texnologiyalar orqali monitoring olib borilishi belgilab berilgan.

    So‘nggi yillarda tobora tanqislashib borayotgan suv resursidan samarali foydalanishni tashkil etish uchun yuqoridagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish talab etiladi.
    Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida mavjud resurslardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun ulardan foydalanish jarayonini to‘liq raqamlashtirishga imkon qadar tezroq o‘tish talab etiladi.















    Download 42,94 Kb.
    1   2




    Download 42,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 28

    Download 42,94 Kb.