Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57




Download 245,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana05.12.2023
Hajmi245,83 Kb.
#111909
1   2   3
Bog'liq
ozbekistonda-xususiy-mulkchilikning-shakllanishi

Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor 
iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning 
obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, 
suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul 
mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat qobiliyati, 
ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot 
asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subʼyekti unga egalik qiluvchi 
kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi. 
Xususiy mulk mulkchilikning eng koʻhna shakli, bundan bir necha ming yillar 
oldin qabila, urugʻaymoklarning jamoa mulkidan oʻsib chiqqan jamoa mulki ayrim 
kishilar qoʻliga oʻtib Xususiy mulkga aylangan. Xususiy mulk anʼanaviy va bozor 
tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali iqgisodiy tizim xususiy mulkni yoʻqotib 
davlat mulkini oʻrnatgan, isteʼmolga xizmat qiluvchi mulkni, jumladan uyroʻzgor 
buyumlari va tomorqa xoʻjaligini shaxsiy mulk, deb eʼlon qilgan. Rejali tizimdan 
bozor iqgisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi. Bunga quyidagi 
yoʻl bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz mablaga 
xisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan 
xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va xonadon 
molmulkiga Xususiy mulk maqomi beriladi; 5) Xususiy mulk chet eldan kirib keladi, 
mavjud mulkchilik tizimiga qoʻshiladi. 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
xos 
mulkiy 
poliformizmni 
Xususiy 
mulk 
transformatsiyasi yuzaga keltiradi. Xususiy mulk oʻz sohiblari ixtiyori bilan 
birlashganda jamoa mulki hosil boʻladi. Xususiy mulk milliylashtirilganda u davlat 
mulkiga aylanadi. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000 
Page 1/8 
Xususiy mulk bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida bir qator belgilar bilan 
tavsiflanadi: Xususiy mulk iqtisodiy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, 
umuman boylikni yakka tartibda ayrim kishilar yoki oilalar tomonidan 
oʻzlashtirilishini taʼminlaydi. Xususiy mulk sohiblari turli toifadagi kishilar, 
chunonchi tadbirkorlar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, yer egalari va rantyelar 
boʻlishi mumkin. Xususiy mulk oʻz egasiga iqtisodiy hokimiyat beradi, yaʼni uni 
boshqarish funksiyasi bilan taʼminlaydi. Mulk obʼyektini mulqdorning oʻzi yoki 
uning nomidan menejerlar boshqaradi. Xususiy mulk oʻz soxibiga naf keltirishi shart. 
Xususiy mulk oʻz soxibiga iqgasodiy mustaqillik beradi, yaʼni mulk soxibi uni uz 
bilganicha ishlatadi. Mulk egasi muqobil iktisodiy tanlov qoidasiga binoan, nima ish 
qilishini belgilab oladi, u mulkini biznesga qoʻyadi, sotadi, garovga beradi yoki 
merosga qoldiradi. 
Xususiy mulk iqtisodiy roʻyobga chiqishi — oʻz egasiga mulkiy daromad 
keltirishi yoki uning isteʼmol ehtiyojini qondirishi kerak. Davlat qabul qilgan 
qonunlar va yozilmagan qoidalar, yaʼni shakllangan anʼanalar va mulkiy udumlar 
Xususiy mulkga egalik qilishni, mulkiy huquqni taʼminlaydi. Oʻzbekistonda Xususiy 
mulk daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mulk toʻgʻrisidagi 
qonunlarda eʼtirof etilgan. 
Oʻzbekistonda Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish, uni hosil etishga 
ruxsat berilishi natijasida yuzaga keldi va xususiy korxonalar, fermer va dehqon 
xoʻjaliklari, xususiy banklar, tomorqa, xonadondagi molmulk va pul jamgʻarmalari, 
qimmatli qogʻozlar Xususiy mulk obʼyektiga aylandi. 
Xususiy mulk, uni iqtisodiy roʻyobga chiqarish usuli jihatidan 2 turga 
boʻlinadi; 1) ayrim kishilarga qarashli boʻlgan tanho individual Xususiy mulk Bu 
mulkka egalik mulkdorning oʻzining faoliyati orqali yuz beradi, yakka tartibda egasi 
tomonidan boshqariladi, u keltirgan daromad ulushlarga ajralmagan holda toʻlatoʻkis 
egasiga tegadi; 2) korporativ, guruxiy Xususiy mulk Bu ulushbay, sherikchilikka 
asoslangan mulk bulib, aksiyadorlik jamiyatiga xos. Uning egalari aksiyadorlar 
hisoblanadi, ularning mulkiy ulushi qoʻlidagi aksiyalar qiymati bilan oʻlchanadi. 
Xususiy mulkning bu turida mulkning iqtisodiy roʻyobga chiqishi alohida emas, balki 
mulkdorlar guruhi doirasida yuz beradi. Bu mulkni aksiyadorlarning oʻzlari emas, 
balki yollangan menejerlar boshqaradi, undan kelgan daromad aksiyadorlar urtasida 
ulushbaychilik qoidasiga binoan taqsimlanib dividend shakliga kiradi. Mayda 
Xususiy mulk individual bulsa, yirik Xususiy mulk korporativ Xususiy mulk tavsifiga 
ega. 

Download 245,83 Kb.
1   2   3




Download 245,83 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57

Download 245,83 Kb.
Pdf ko'rish