• Kalit so’zlar.
  • Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57




    Download 245,83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana05.12.2023
    Hajmi245,83 Kb.
    #111909
      1   2   3
    Bog'liq
    ozbekistonda-xususiy-mulkchilikning-shakllanishi



    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000 
    Page 1/5 
    O'ZBEKISTONDA XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI 
    Abduraxmonov A.S. 
    SamISI “Bank ishi” kafedrasi assistenti 
    Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini 
    rivojlantirish imkoniyatlari, liberlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida 
    muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, mamlakatimizda xususiy 
    mulkchilikni shakllanishi va rivojlani bo’yicha bog’liq masalalarga alohida e’tibor 
    qaratilgan. 
    Kalit so’zlar. Iqtisodiyot, liberallashtirish, xususiy mulkchilik, mulk shakllari. 
    Annotation: In this article, the author's comments are presented about the 
    possibilities of developing the economy of our country today, and the specific 
    features of liberalization. In addition, special attention is paid to issues related to the 
    formation and development of private ownership in our country. 
    Key words. Economy, liberalization, private ownership, property forms. 
    Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy shartlaridan biri sifatida mulkni davlat 
    tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirish. Bu bilan davlat 
    monopoliyasi tugatilib, ma'muriy buyruqbozlik buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos 
    solindi, mulkdorlar sinfi shakllandi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish 
    samaradorligi oshdi. 
    Mulkni xususiylashtirish va ko'p ukladli iqtisodni shakllantirish O'zbekistonda 
    ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. 
    Bu davrda asosan maishiy xizmat, savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik 
    korxonalari, qayta ishlash korxonalari mulk shakli o'zgartirilib, mulkning ijara, 
    jamoa, aksiadorlik shakllari vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi.
    Ikkinchi bosqich O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 
    21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk 
    manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari 
    to'g'risida»gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq aksiadorlik jamiyatlari 
    tashqil etilib,, korxonalar aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat 
    mulkini shaxslarga sotish, xususiylashtirishni yoppasiga olib borish ko'zda tutildi. 
    O'zbekistonda mashinasozlik sanoatini, ayniqsa, avtomobilsozlik sanoatini 
    rivojlandi. O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasida «UZ-DAEWOO» avto ko'shma 
    korxonasi qurilib, yengil avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. 1993 yili GFR bilan 
    O'zbekiston o'rtasida shartnoma imzolanib, «Mersedes-Bens AT» korporasiyasi 
    Xorazmda «Do'stlik» avtomobil zavodida ish boshladi. 1994 yildan boshlab yuk 
    avtomobillarini ishlab chiqardi. 1995 yili «O'zavtosanoat» uyushmasi bilan 
    Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolanib, 1999 yildan 
    Samarqandning So'g'diyona mavzeida avtobus zavodi qurilib, faoliyat yurita 
    boshladi. 
    Shirkat xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:


    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000 
    Page 1/6 

    Shirkat a'zolariga ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish;

    Shirkatning ish faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishining 
    shart ekanligi;

    Ichki xo'jalik munosabatlarini shartnomalar tuzish yo'li bilan, tenglik 
    tamoyiliga amal qilib, oila pudrati asosida tashqil etish;

    Shirkat a'zolari bilan hisob-kitob qilishda amalda bajarilgan ishlarning hajmi va 
    sifatiga chek usulida haq to'lashni tashqil etish;

    Yakuniy daromadni shirkat a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga 
    muvofiq taqsimlash;

    Yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni 
    muhofaza qilinishi va tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash;

    Shirkatning bir a'zosi bir ovozga ega;

    Shirkat xo'jaligining ish faoliyati ustidan shirkat a'zolari tomonidan shirkat 
    nizomida nazarda tutilgan tartibda nazorat qilish. 
    2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi Amerika Qo‘shma Shtatlarida 
    ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu 
    jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, 
    ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning 
    yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor 
    qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z 
    navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining 
    keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib 
    chiqardi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, 
    shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror 
    hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar 
    yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz. 
    Yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay 2008 yilda 
    iqtisodiyotning nafaqat barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish 
    sur’atlarini izchil ta’minlashga erishildi. O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan 
    xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o‘sib bordi. 2008 yilda 1 milliard 700 
    million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Bu 2007 
    yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p.
    Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 
    yilda iqtisodiyotga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million 
    dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir. 
    Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish 
    borasida strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi 
    navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, 
    bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga 
    ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta 
    ahamiyat berildi.


    JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
    www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 5 (September) ISSN: 2181-3000 
    Page 1/7 
    Yaqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda 
    tutildi. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini 
    moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million 
    AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi. 
    Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi 
    sub’yektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni 
    rag‘batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo‘lib qoldi Birinchi navbatda 
    banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo‘yicha boshlangan 
    ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi miqdorini belgilangan 
    ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim bo’ldi. Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini 
    kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etishga 
    erishildi. Inqirozga qarshi choralar dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan 
    amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib 
    qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta’sirining oldini olish imkonini berdi. 
    O‘zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda 
    maydonga chiqishi, jahon bozorlarida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizni egallash, 
    shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, xalqimizning hayot darajasi va 
    farovonligini yanada oshirish bo‘yicha oldimizda turgan ustuvor vazifalarni 
    muvaffaqiyatli hal etish uchun ishonchli zamin yaratildi. 

    Download 245,83 Kb.
      1   2   3




    Download 245,83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57

    Download 245,83 Kb.
    Pdf ko'rish