156
darajali risklarga zudlik bilan chora ko‘rish talab etilmasada, himoyani
dastlabki vaqtda o‘rnatish talab etiladi.
Past darajali risklar
odatda e’tibor bermasa bo‘ladigan yoki
keyingi baholashlarda e’tibor bersa bo‘ladigan risklar toifasi bo‘lib,
ularni bartaraf etish qisqa muddatda amalga oshirilishni talab qilmaydi
yoki ortiqcha sarf xarajatga sabab bo‘lmaydi.
Risk matritsasi
risklarni paydo bo‘lish ehtimolini ularning natijasi
va ta’siri orqali aniqlaydi hamda risk jiddiyligini va unga qarshi himoya
chorasi sathini grafik taqdim etadi. Risk matritsasi riskning ortib
boruvchi ko‘rinishi uchun foydalaniluvchi sodda jarayon bo‘lib, qarshi
choralarni ko‘rishda yordam beradi. Risk matritsasi risklarni turli
darajalarda aniqlash va jiddiylik nuqtai nazaridan guruhlash imkonini
beradi
(5.4-jadval).
5.4-jadval