• 2. Virusga qarshi dasturlarning xillari.
  • Mustahkamlash uchun topshiriqlar
  • 1. Virusga qarshi dasturlarning xillari. Virusga qarshi manitoring




    Download 19,64 Kb.
    Sana03.02.2024
    Hajmi19,64 Kb.
    #150904

    Mavzu: Virusga qarshi himoya tizimi haqida tushuncha. Viruslardan himoya qiluvchi qurilma.
    Reja:
    1. Virusga qarshi dasturlar
    2. Virusga qarshi dasturlarning xillari.
    3. Virusga qarshi manitoring


    1. Virusga qarshi dasturlar
    Kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus
    dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo‘lib, bu dasturlar Kompyuter
    viruslarini aniqlash va yo‘qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi
    dasturlar deb yuritiladi. Umuman, barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan
    dasturlarning va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi.
    Viruslarga qarshi dasturlar foydalanadigan viruslarni aniqlashning asosiy usullari quyidagilar:
    - etalon bilan taqqoslash usuli;
    - evristik taxlil;
    - virusga qarshi monitoring;
    - o‘zgarishlarni aniqlovchi usul;
    - kompyuterning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga
    qarshi vositalarni o‘rnatish va h.
    Etalon bilan taqqoslash usuli eng oddiy usul bo‘lib, ma’lum viruslarni
    qidirishda niqoblardan foydalanadi. Virusning niqobi-mana shu muayyan virusga
    xos kodning qandaydir o‘zgarmas ketma-ketligidir. Virusga qarshi dastur ma’lum
    virus niqoblarini qidirishda tekshiriluvchi fayllarni ketma-ket ko‘rib chiqadi
    (skanerlaydi).
    Evristik tahlil. Kompyuter virusi ko’ayishi uchun xotirada nusxalanish,
    sektorga yozilish kabi qandaydir muayyan xarakatlarni amalga oshirishilozim.
    Virusga qarshi monitoring. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki,
    Kompyuter xotirasida boshqa dasturlar tomonidan bajariluvchi shubhali
    harakatlarni monitoringlovchi virusga qarshi dastur doimo bo’ladi. Virusga qarshi
    monitoring barcha ishga tushiriluvchi dasturlarni, yaratiluvchi,ochiluvchi va
    saqlanuvchi xujjatlarni, Internet orqali olingan yoki disketdan yoki har qanday
    kom’akt-diskdan nushalangan dastur va xujjatlarning fayllarini tekshirishga imkon beradi. Agar qandaydir dastur xavfli harakatni qilishga urinmoqchi bo‘lsa, virusga qarshi monitor foydalanuvchiga xabar beradi.
    O‘zgarishlarni aniqlovchi usul. Diskni taftish qiluvchi deb ataluvchi ushbu
    usulni amalga oshirishda virusga qarshi dastur diskning xujumga duchor bo‘lishi
    mumkin bo‘lgan barcha sohalarini oldindan xotirlaydi, so‘ngra ularnivaqti-vaqti
    bilan tekshiradi.
    Virus Kompyuterlarni zaharlaganida qattiq disk tarkibini o‘zgartiradi: masalan, dastur yoki xujjat fayliga o‘zining kodini qo‘shib qo‘yadi, Autoexec.bat fayliga dastur-virusni chaqirishni qo‘shadi, yuklama sektorni o‘zgartiradi, faylyo‘ldosh yaratadi. Disk sohalari xarakteristikalarining qiymatlari solishtirilganida virusga qarshi dastur ma’lum va no‘malum viruslar tomonidan
    qilingan o‘zgarishlarni aniqlashi mumkin.
    Kompyuterlarning kiritish/chiqarish bazaviy tizimiga (BIOSga) virusga
    qarshi vositalarni o‘rnatish. Kompyuterlarning tizimli platasiga viruslardan
    himoyalashning oddiy vositalari o‘rnatiladi. Bu vositalar qattiq disklarning bosh
    yuklama yozuviga hamda disklar va disketlarning yuklama sektorlariga barcha murojaatlarni nazoratlashga imkon beradi. Agar qandaydir dastur yuklama sektorlar tarkibini o‘zgartirishga urinsa, himoya ishga tushadi va foydalanuvchi ogohlantiriladi. Ammo bu himoya juda ham ishonchli emas.
    2. Virusga qarshi dasturlarning xillari.
    Virusga qarshi dasturlarning quyidagi xillari farqlanadi:
    - dastur-faglar (virusga qarshi skanerlar);
    - dastur-taftishchilar (CRC-skanerlar);
    - dastur-blokirovka qiluvchilar;
    - dastur-immunizatorlar.
    Dr.Web—Rossiyaning virusga qarshi ommaviy dasturi, Windows 9x/NT/ 2000/XP/7/8 uchun mo‘ljallangan bo‘lib, faylli, yuklama, va fayl- uklama viruslarni qidiradi va zararsizlantiradi.
    AVP (Antivirus Kasperskogo personal) — Rossiyaning virusga qarshi
    paketi. Eset Nod32 Antivirus Symantec Antivirus — Symantec kompaniyasining korporativ foydalanuvchilarga taklif etgan virusga qarshi mahsuloti to‘plami.
    Mustahkamlash uchun topshiriqlar
    1. Etalon bilan taqqoslash usuli;
    2. Evristik taxlil;
    3. Virusga qarshi monitoring;
    4. O‘zgarishlarni aniqlovchi usul;
    Uyga vazifa
    1. Virusga qarshi dasturlar
    2. Virusga qarshi dasturlarning xillari.
    3. Virusga qarshi monitoring
    Download 19,64 Kb.




    Download 19,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Virusga qarshi dasturlarning xillari. Virusga qarshi manitoring

    Download 19,64 Kb.